• Tez ishlaydigan aralashtirgichlar
  • Aralashtirish uchun jixozlar




    Download 13,19 Mb.
    bet24/104
    Sana17.02.2024
    Hajmi13,19 Mb.
    #158020
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   104
    Bog'liq
    JIXOZ majmua oxirgi variyanti

    Aralashtirish uchun jixozlar
    Polimerga kiritilgan qo‘shimchalarning miqdori ko‘p hollarda ularning massasining 0,1% idan oshmaydi, shuning uchun ham ularning aralashish sifati yuqori darajada bo‘lishi talab qilinadi. Aralashishning sifati tadqiqot ma’lumotlari asosida aniqlangan bir jinsli emaslik koeffitsiyenti bilan baholanadi. Aralashtirish jarayonida ma’lum vaqt oraliqlarida aralashtirgichning har xil no‘qtalaridan na’muna olib, ulardagi aralashmada miqdori eng kam bo‘lgan komponent masalan, pigment, stabilizator va boshqalarning yalpi konsentratsiyasi aniqlanadi.
    Plastmassalar ishlab chiqarishda turli-tuman aralashtirgichlardan-sanoatning boshqa sohalarida foydalanilayotganlaridan ham, materiallarni aralashtirish uchun maxsus konstro‘qtsiya qilingan, zichlikning granulometrik tarkibi, mustaxkamligi, eritish harorati, jismoniy holati va boshqa jismoniy xususiyatlari bilan ajralib turadigan [47] aralashtirgichlardan ham foydalaniladi. Aralashtirgichlarni odatda, ishlash prinsipi, tezlik harakteristikalari va konstro‘qtiv belgilariga qarab tabaqalashtiriladi (klassifikatsiya qilinadi). Ishlash prinsipiga ko‘ra barcha aralashtirgichlar davriy va uzlo‘qsiz ravishda ishlovchi aralashtirgichlarni barabanli-tasmali, moki (begunok)li, markazdan kochib harakat qiluvchi, aylanuvchi rotorli, chervyakli, kurakchali, plunjerli pnevmoaralashtirgich va psevdosuyuqdantirilgan aralashtirgichlarga ajratish mumkin.
    Vibroaralashtirgichlar, hamda, barabanlar, chervyakli-kurakchalilar, rotorlilar, markazdan qochma harakat qiladigai aralashtirgichlar uzlo‘qsiz ravishda ishlaydigan arshgashtirgichlar qatoriga kiradi.
    Tezlik harakteristikasi bo‘yicha aralashtirgichlar sekin ishlaydigan va tez ishlaydigan aralashtirgichlarga bo‘linadi.
    Tez ishlaydigan aralashtirgichlar. Plastmassa sanoatida
    konsentratsiyalashgan aralashmalar va to‘ldirilgan polimerlarni hosil
    qilishda tez ishlovchi sirkulyatsiyali aralashtirgichlar va sochiluvchan
    materialni tez aylanadigan rotor yordamida psevdosuyuqlantirish nrinsipiga asoslanib ishlovchi tez ishlovchi sirkulyatsiyali aralashtirgichlar keng qo‘llaniladi. Rotorning konstro‘qtsiyasiga ko‘ra tez ishlovchiaralashtirgichlar kurakchali, lappakli va shnekli aralashtirgichlarga bo‘linadi. MDXda sochiluvchan materiallarni aralashtirish uchun SSB tipidagi kurakchali va SVL tipidagi pildiroqdi markazdan qochma aralashtirgichlar, hamda qizdiriladigan va sovutiladigan bosqichlardan iborat suyuq, plastifiqatorli termoplast materiallarni aralashtiruvchi
    Kombinatsiyalashgan aralashtirgichlar SS6-10VKR/SS6-25VKR ishlab chiqariladi.
    Kombinatsiyalashgan aralashtirgichning ustki qizdirilgan pog‘onasida ikkita soyabonli eshik oldi pillapoyasi (krыlo) ko‘rinishida yasalgan aralashtiruvchi moslama, sovutiladigan pog‘onada esa bitta soyabonli eshik oldi pillapoyasi ko‘rinishdagi keng kurakchali aralashtirgich joylashgan. Kurakchalar elektrodvigatel bilan remen peredachasi orqali harakatga keltiriladi.
    Dastlabki komponentlarni aralashtirgichning massa qizdirilib aralashtiriladigan yuqoridagi pog‘onasining qopqog‘i orqali aralashtirgichga yuklanadi. Shundan so‘ng har ikkala pog‘onani birlashtiruvchi klapan ochilib massa aralashtirgichning pastki sovutiladigan pog‘onasiga o‘tib ketadi. Maxsulotni aralashtiruvchi moslama ishlab turganda pastki klapan orqali aralashtirgichdan tushiriladi. Aralashtirgichning ishlov berilayotgan material bilan bevosita aloqada bo‘ladigan qismi zanglamaydigan po‘latdan yasalgan. Kombinatsiyalashgan aralashtirgichning pastki pog‘onasining hajmii 0,037 m3 ga va ustki pog‘onasining hajmii 0,013 m3 ga teng. Harorat ustki pog‘onada 150°S ga, pastkisida esa 40 °S ga ko‘tariladi. Ishchi a’zolarning aylanish chastotasi muvofiq ravishda 608/3000 va 175 ob/min. Moslamaning umumiy massasi 470 kg. Iste’mol qilinadigan quvvat 5 kVt dan ortiq. 8.1-jadvalda MDH da ishlab chiqariladigan SSb va SVl tez ishlaydigan aralashtirgichlarning texnik tavsiflari berilgan.
    «Truzioma» (Germaniya) firmasi aralashmani qizdirish va sovutish uchun qobiq (rubashka)ga ega bo‘lgan hajmii 2,5 m3 gacha bo‘lgan zanglamaydigan materiallardan tayyorlangan markazdan ko‘chuvchi aralashtirgichlarni ishlab chiqaradi. Uzatmaning quvvati 50 kVt dan ortiq emas. Aralashtirgichlarni polietilen konsentratlarini turli qo‘shimchalar qo‘shib tayyorlashda ishlatiladi.
    Polivinilxloridga stabilizator, pigment, plastiklovchi va boshqa qo‘shimchalarni kiritish uchun bir va ikki pog‘onali turboaralashtirgichlar (8.1-rasm)larni ishlatiladi. Ularda qizdiruvchi quvur bilan birlashtirilgan ikkita aralashish pog‘onasi mavjud. Birinchi pog‘onasida aralashma gomogenizatsiya qilinadi (bu pog‘ona odatda qizdiriladigan), ikkinchisi esa sovutiladigan pog‘ona hisoblanadi. Birinchi aralashtirgichning korpusi pnevmosilindr bilan harakatga keltiriladigan qaytarma qopkrq bilan yopiladi. Changni tutib krlish uchun aralashtirgichiing qopqog‘iga yeng pnevmosilindri o‘rnatilgan. Aralashtirgichda uch kurakchali krrishtirgich va pichoqlar kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan tez harakatli kombinatsiyalashgan rotor aylanadi (8.4-rasm). Aralashtirgichning korpusida deflektor joylashgan, uning yordamida materialning harakat yo‘nalishini o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. Aralashtirgich harorat regulyatori bilan ta’minlangan. Ikkinchi pog‘ona aralashtirgich korpusidagi kobiq (rubashka) va aralashtirgichning korpusidagi aralashish zonasida bevosita joylashtirilgan oltita segmentli unsurlardan tashkil topgan. Issiqlik tarkatuvchi sifatida suvdan foydalaniladi. Aralashtirgichning qopqog‘ida yeng filtri o‘rnatilgan. Aralashma ikki yoki turt kurakchali rotor bilan aralashtiriladi. Sovutilgan tayyor aralashma pnevmosilindr bilan boshqariluvchi pastki zatvor orqali aralashtirgichdan tushiriladi. Aralashtiruvchi rotorlar remen peredachasi orqali elektrodvigatel bilan aylantiriladi. 1,1 t. gacha material yuklanadigan truboaralashtirgichlarning hajmi 3,5 m3 ga yetadi. Unumdorlik 1,7 t/s.gacha tashkil qiladi.

    8.3-rasm. «Papenmayer» (Germaniya) firmasining kombinatsiyalashgan
    turboaralashtirgichi:
    1—rom; 2—elektrodvigatel; 3—rotor; 4—korpus; 5—qizdiriladigan qobiq (rubashka); 6— deflektor; 7—filtr; 8—burilish qopqog‘i; 9 — qopqoqni buriltiradigan moslama; 10—qizdirish moslamasi; 11—sovutilayotgan segmentlar; 12—aralashtiruvchi moslama.



    8.4-rasm. «Papenmaiyer» (Germaniya) firmasining ishchi a’zosi
    «Xenshel» firmasining tez ishlovchi aralashtirgichi konsentratlar olish uchun polietilen, polipropilen ishlab chiqarishda, yumshoq va qattiq, polivinilxlorid ishlab chiqarishda changsimon, kukunsimon va sugok komponentlarni aralashtirish va gomogenizatsiya qiliщda ishlatiladi.
    Polietilen konsentrati granulangan polietilen, stabilizator va buyovchi moddadan iborat. Qorishma sovutuvchi rubashkali hajmii 100 l bo‘lgan aralashtirgichlarda tayyorlanadi. Polipropilen ishlab chiqdriщda «Xenshel» firmasining hajmii 75, 500, 600 l bo‘lgan uch xil tip va o‘lchamli aralashtirgichlari ishlatiladi. Sigdirish hajmii 75 l bo‘lgan aralashtirgichga 40-45 kg qo‘shimcha sifatida esa 10-15 kg mateial yuklanishi mumkin. Aralashish harorati 60—80 °S ni tashkil qiladi. Aralashishidan so‘ng aralashtirgich suv bilan sovutiladi. Aralashish muddati 1-2 minut.
    Aralashtirgichlarning ishlash prinsipi aralashtirilayotgan materialni tez aylanayotgan rotor yordamida psevdosuyuqdantirishga asoslangan.
    Hajmi 0,009—2,9 m3 oralig‘ida bo‘lgan aralashtirgichning turli modellari ishchi a’zolarining aylanish chastotasi 1800/3800 dan 300/600 ob/min, gacha, iste’mol qilinadigan quvvat 2,2 dan 2000 kVt gacha.
    Ishchi organning aylanish paytida material aralashtirgichning devoriga uloqtiriladi, bunda 8.5-rasmda ko‘rsatilganiday sirkulyatsiyali bo‘ladi. Devor bo‘ylab ko‘tarilayotgan girdobli harakat devorga nam materialni chaplashiga to‘sqinlik qiladi. Ishchi a’zo harakatsiz zonalar paydo bo‘lmaydigan qilib yasalgan. Uning konstro‘qtsiyasi rotor kurakchalarining o‘z-o‘zini tozalashini ta’minlaydi. Odatda ishchi a’zo yotik yoki yuqoriga qaytarilgan ikki yoki uch qatorli pichoqdi kurakchalardan iborat. «Xenshel» firmasining aralashtirgichlari qizdiriladigan va sovutiladigan korpus bilan, hamda kombinatsiyalashgan (masalan, qizdiriladigan ustki va sovutiladigan pastki) korpusli qilib tayyorlanadi. Katta miqdorda issiqlik olish talab qilinganda aralashtirgichni issiqlik almashinuvchi korpus bilan ta’minlanadi.
    Zamonaviy aralashtirgichlarning hajmi 1,0—3,0 m3, ularga o‘rnatilgan elektrodvigatellarning quvvati 180 kVt. Aralashtirgichlarning quvvat sig‘imi uning kanday vazifa bajarishiga mo‘ljallanganligi va qayta ishlanayotgan materialniig xususiyatlariga bog‘liq.

    Download 13,19 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   104




    Download 13,19 Mb.