• Rotorli aralashtirgichlar
  • Tasmali aralashtirgichlar




    Download 13,19 Mb.
    bet25/104
    Sana17.02.2024
    Hajmi13,19 Mb.
    #158020
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104
    Bog'liq
    JIXOZ majmua oxirgi variyanti

    Tasmali aralashtirgichlar. Xozirgi paytda MDX da plastmassa ishlab chiqarishda sekin ishlovchi aralashtirgichlardan asosan tasmalilari ishlatiladi. Sochiluvchan va nam materiallarni aralashtirishga mo‘ljallangan SLN tipidagi lentali aralashtirgich yon taraflari va ustidan qopqoqlar bilan yopilgan silindrsimon yoki tog‘orasimon shakldagi korpusdan tashkil topgan. Korpusning ichida qalin spiral kurakchalari bor val joylashgan. Materialni jadallik bilan aralashtirish uchun kurakchalar ung va chap navivka (o‘ram)lar bilan ta’minlangan.

    8.5-rasm. «Xenshel» firmasining aralashtirgichida aralashtirilayotgan materialning umumiy ko‘rinishi (aralashtiruvchi a’zo aloxida ko‘rsatilgan)
    Valni keltirish quvvati 5,5 dan 10 kVt gacha bo‘lgan VAO tipidagi elektrodvigatel bilan klinli-remenli peredacha orqali amalga oshiriladi. Valning aylanish chastotasi aralashtirgichning hajmiidan kelib chiqkan holda 15,5 dan 54,5 ob/min, gacha.
    Tasmali aralashtiruvchilarning ish hajmii 10 m3 ga yetadi.
    MDXda hajmii 1,0 dan 3,2 m3 gacha bo‘lgan va zanglamaydigan tasmali aralashtirgichlar ishlab chiqariladi. Aralashtirgichning og‘irligi 3 tonnaga boradi. Tasmali aralashtirgichlar tez ishlaydigan aralashtirgichlardagiga qaraganda 5 barobar quvvatli elektrodvigatel bilan jixozlangan, biroq ulardagi aralashish muddati tez ishlovchi aralashtirgichlardagiga nisbatan ancha ko‘proq vaqtni tashkil etadi.
    Rotorli aralashtirgichlar. Konsentratlarni tayyorlash, hamda polietilen ishlab chiqarishda fanulangan materialni konsentrat bilan gomogenizatsiya qilish uchun «Banburi» (Angliya) rotorli aralashtirgichlaridan foydalaniladi. Aralashtirgich korpusinig ichida ikkita ichi kovaksimon rotor bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda 80 ob/min tezlik bilan aylanadi. Har bitta rotor (tuxumsimon shakl kesmasida) ishga tushirish paytida sovutish va qizdirishga mo‘ljallangan bo‘shliq mavjud. Rotorlarning o‘qlari orasidagi masofa 600 mm, z-simon unsurlar o‘rtasidagi tirqish esa 2-5 mm ni tashkil etadi. Aralashtiruvchi bo‘lmaning ustida yuk shaxtasi joylashgan. Shaxtaga dozalovchilar orqali komponentlar yuklanadi. Xuddi shu aralashtirgichga suyuq qo‘shimchalarni, masalan texnik uglerod pastasini, benzolni yuklash mumkin. Material massasi aralashtirilayotganda porshenli pnevmosilindr bilan hosil qilingan bosim ostida bo‘ladi. Porshenning pastki qismida ponasimon shakldagi aralashtirish kamerasining qopqog‘i maxkamlangan shtok joylashgan.
    Yuklash paytida porshen (diametri 600 mm) shtok va aralashtirish kamerasining qopqog‘i bilan birga gokrrigi vaziyatda turadi. Aralashtirgichga yuk yuklab bo‘lingandan keyin porshen siqilgan havoning bosimi ostida aralashtirgich rotoriga uzatiladi. Aralashtirish paytida ajralib chiqkan issiklik hisobiga granula va qo‘shimchalar eritiladi. Aralashish vaqti 1-2 minutni tashkil qiladi

    8.6-rasm. Rotorli aralashtirgich:
    1—aralashtirish kamerasi; 2—ichi kovakli rotor; 3 —issiqlik tashuvchi uzatish uchun bo‘shliqlar; 4—aralashtirish kasmerasining qopqog‘i; 5— shtok; 6 —siqilgan havoni keltirish uchun quvurlar; 7 — porshen; 5 — pnevmosilindr; 9 —yuklash voronkasi; 10—yuk tushiriladigan lyukning zatvor (lo‘kidon)ni; 11—lyukning pnevmosilindri
    Kompozitsiya (qotishma)ning eritmasi 135 °S da konussimon shakldagi aralashtirgichning pastki shtutseri orqali shaxtaga tushiriladi va granulyatsiyalash uchun bir chervyakli ekstruderga kelib tushadi. Rotorli aralashtirgichlarning unumdorligi polietilenning kora konsentratsiyasi tayyorlash uchun 100—120 kg/s, dan ko‘proqni tashkil etadi.
    Chervyakli va kurakchali aralashtirgichlar. Polietilenning va polipropilenning rangli konsentratlarini aralashtirish va gomogenizatsiya qilish va keyin granulyatsiyalash uchun «Buss» (Shveysariya) firmasining vertikal chervyakli va granulyatsiyalovchi moslamali kaskad (pog‘ona)li aralashtirgichlari ishlatiladi.

    8.7-rasm. «Buss» firmasi aralashtirgichining ko‘ndalang kesimi:
    1 —ko‘tarma korpus; 2 — issiqlik almashinish kobigi (rubashka); 3 —
    aralashtiruvchim tish; 4 — shnek; 5 — kisuvchi moslama.
    «Buss» aralashtirgichi uzlo‘qsiz ravishda ishlovchi bir chevyakli aralashtirgichlar qatoriga kiritiladi. Aralashtirgich chervyagi aylanma va oldinga intilib-orqaga qaytib harakatlar qiladi, buning natijasida aralashishning yuqori sifatiga erishiladi. Aralashtirgich chervyagida bir qadamga uchtadan tirkish to‘g‘ri keladi. (8.7-rasm). Valning bitta to‘liq, oboroti bilan bir vaqtda uning bitta oldinga-orqaga aksial yurishi sodir bo‘ladi. Aralashtirgichning korpusida (1)da aralashtiruvchi tishlarning joylashishi bilan muvofiqlashtirilgan. Valning murakkab aksial va aylanma harakati natijasida chervyakning tarog‘i bilan aralashtiruvchi tishlar o‘rtasida nisbiy harakat sodir bo‘ladi. Bu joyda joylashgan material kesuvchi kuchlarning ta’sir doirasiga tushib kdladi. Kesish paytida ajralib chiqkan issiqlik ta’sirida material eriydi. Valning orqaga-oldinga intilib qilgan va aylanma harakatlari paytida chervyak taroklari aralashtiruvchi tishlar orasidagi oraliqda kiradi. Bu oraliqda turgan material o‘q yo‘nalishida siljib aralashadi.
    Bunda eritilgan materialning tirqishlarda hosil bo‘lgan laminar qatlamlari aralashadi. Harakatning so‘nggi fazasida chervyak dastlabki holatga qaytadi.

    8.8-rasm. SGND-1200 aralashtiruvchi - granulovchi agregat:
    1 —aralashtirish kamerasi; 2 —kurakchalar; 3 —qizdiruvchi patrubka; 4 -fanulovchi moslama; 5 —yuki tushiriladigan patrubka.
    Oddiy bir chervyakli aralashtirgichlardan farqli o‘laroq bu aralashtirgichda valnig orqaga-oldinga intilib qilgan va aylanma harakatlari paytida aralashtirish maydonchasi erigan material bilan to‘lib yuzalarning o‘z-o‘zini tozalash jarayoni sodir bo‘ladi va buning natijasida zonalardagi harakatning susayishi edtimolini mustasno qiladi. Bundan tashsari «Buss» firmasining aralashtirgichining uzunligi boxhka chervyakli aralashtirgichlarning uzunligidan ancha qisqaroq bo‘ladi. Aralashtirgich moy bilan qizdiriladi; chervyaklarining ichi bo‘sh (kovak) ularni qizdirish mumkin 46 dan 700 mm gacha diametrli qilib yasaladi; diametri va uzunligining o‘zaro nisbati unumdorlikka bog‘liq; holda 7 dan 19 gachani tashkil qiladi. Shuni aytib o‘tish kerakki suyuq, qushimchalarni dozalagich moslamalari bilan kovakli aralashtiruvchi tishlar orqali aralashtirgich korpusining hoxlagan yerida uzatish mumkin. «Buss» firmasining aralashtirgichlari polimerlarni buyovchi moddalar va boshqa qo‘shimchalar bilan aralashtirish; polimerlarni, xususan, polikarbonat, polipropilen, poliamid va boshqalarni to‘ldirish, hamda polimerlash va polikondensatsiyalash jarayonlarida keng qo‘llanadi.
    MDH mamlakatlari sanoatida kukunsimon materiallarni suyuq, materiallar bilan aralashtirish va granulash uchun mo‘ljallangan SGND-1200 (8.8-rasm) tipidagi uzlo‘qsiz ravishda ishlovchi ikki kurakchali aralashtirgichlar ishlab chiqariladi. Aralashtirgich yon devorlari olinadigan (echiladigan) va ko‘tarma qopkrkli korpusdan iborat. Korpusning ichida massaning aralashtirgichda turishi uchun zarur bo‘lgan vaqtni ta’minlash uchun oborotlarining soni tartibga solib turiladigan ikkita kurakchali rotorlar (2) joylashgan. Rotorlar 7,5 kVt quvvatga ega bo‘lgan elektrodvigatel yordamida klinoremenli peredacha orqali reduktor va bir juft tishli gildiraklar ko‘magida harakatga keltiriladi. Material aralashtirilgandan so‘ng patrubka (3) orqali tirkishlari bor aylanuvchi matritsa va uning ichiga o‘rnatilgan roliklardan iborat presslash no‘qtasiga kelib tushadi. Roliklar materialni ezib matritsaning tirkishlari orasidan o‘tkazishga mo‘ljallangan. Material patrubka (5) orqali aralashtirgichdan tushiriladi. Aralashtirish o‘zelining uzatmasi quvvati 17 kVt bo‘lgan elektrodvigatel va tishli peredachadan iborat. Aralashtirgichning unumdorligi 2000 kg/s, gacha kamerasining harorati 30 °C gacha, presslash zonasining harorati 50 °C gacha; aralashtirgichning og‘irligi 2t.
    Katta partiyadagi materiallar tarkibini standartlarga yaqinlashritishga mo‘ljallangan aralashtirgichlar. Katta partiyadagi materiallarni standarlarga yaqinlashtirish uchun SPN tipidagi pnevmatik aralashtirgichlar qo‘llanadi. Aralashtirgich konussimon tubga ega bo‘lgan silindrli korpus va rotatsiya chang ajratgichlari o‘rnatilgan qopqoqdan iborat. Tubning pastki qismiga siqilgan gazni uzatish kollektori bilan birlashadigan soplolar maxkamlangan.
    Material qopqoqda joylashgan yuklovchi klapanlar orqali yuklanadi, materialni aralashtirgichdan tushirish esa tubning pastki qismida joylashgan tushirish klapani amalga oshiriladi. Klapan pnevmatik silindrlar yordamida ishga tushiriladi. Materialning aralashishi golovkaning 3,0 Mpa gacha bo‘lgan bosimi ostida siqilgan gazni shiddat bilan kameraga kiritish hisobiga amalga oshiriladi. Gaz yuborilganda ko‘tariluvchi spiral bo‘ylab aralashtirgichning pereferiyadagi halkali zonasida va markaziy silindrli zonada girdobli chang-gaz oqimlari vujudga keladi. Material zarralarining harakati natijasida kesishuvchi trayektoriylar bo‘ylab uning aralashishi sodir bo‘ladi.
    Polietilen ishlab chiqarishda va standartlarga yaqinlashtirilishda hajmii 90 va 120 m3 bo‘lgan vertikal silindrli-po‘lat gomogenizatorlar ishlaydi. Ulardagi kukun sig‘imi muvofiq, ravishda 54 va 72 m3 ni tashkil qiladi. Kukunni gomogenizatsiyalash ichki bo‘shliqka sopol va po‘latdan tublar orasidan yuboriluvchi azot yordamida hosil qilingan psevdosuyultirilgan qatlamda amalga oshiriladi. Tublar orasidagi ichki bo‘shliq konsentrik (bitta umumiy markazga ega) to‘siqlar bilan tashqi va ichki halkalarga ajratilgan. Azotning sarflanishi 1400 m3/s ni tashkil etadi. Bunda tashqi xalqaga yuboriganiga nisbatan ikki marta ko‘p azot yuboriladi. Psevdosuyultirilgan qatlamni hosil qilib bo‘lingandan keyin azot sarflanishini 600—900 m3/s. gacha qisqartiriladi. Ichki va tashqi xalqalarga yuborilayotgan azot miqdoridagi farq hisobiga aralashtirgichda kukunning periferiyadan apparat tomon materialni gomogenizatsiyalashga zamin yaratadigan yo‘naltirilgan sirkulyatsiyasi vujudga keladi. Aralashtirish muddati 2 s.
    Puflovchi jixozni tanlash uchun psevdosuyuqlantirilgan qatlamni hosil qilishga mo‘ljallangan gazpuflagichning bosim kuchi va unumdorligini bilish talab qilinadi.

    Download 13,19 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104




    Download 13,19 Mb.