Namangan muxandislik-texnologiya instituti




Download 13,19 Mb.
bet26/104
Sana17.02.2024
Hajmi13,19 Mb.
#158020
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104
Bog'liq
JIXOZ majmua oxirgi variyanti

Ekstruzion jixozlar
Ekstruziyalash usullarini plastmassadan tayyor maxsulotlar olish, hamda komponentlarni to‘ldirish va gomogenezatsiya qilish polimer eritmalarini gazsizlantirish, buyash, granulyatsiyalash va boshqa jarayonlarni o‘tkazishda qo‘llaniladi. Shu maqsadlarda unumdorligi, uzatmasining quvvati chervyaklarning soni va konstro‘qtsiyalari (silindrsimon, konussimon, yig‘ma chevyaklar bo‘ladi), qizdirish usuli, shakl beruvchi asbobning konstro‘qtsiyasi va boshqalar bilan bir-biridan farqdanadigan chervyaklar qo‘llanadi. Ekstruderlarning o‘lchami va unumdorligi chervyakning diametri va uzunligi bilan bog‘liq. Standartga muvofiq tayyorlangan chervyaklarning diametri GOST 14773—80 standartiga buysundiriladi va 20, 32, 45, 63, 90, 125, 160, 200, 250, 320, 450 va 630 mm ni tashkil etishi mumkin. Ular asosan yumshok plastmassalar: polietilen, polistirol, polipropilen, polivinilxlorid va boshqalar uchun mo‘ljallangan. Universal bir chervyakli ekstruderlar chervyaklari uzunligi L ning diametri D ga nisbati odatda 15-35 tashkil qiladi. Maxsus maqsadlar uchun L/D 35 va 40 ga teng bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida aralashtirish, gomogenlash, plastikatsiyalash, gazsizlantirish va granulyatsiyalash jarayonlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan ikki chervyakli ekstruderlarning samaradorligi ancha yuqori darajada bo‘ladi. «Bolshevik» zavodi polikarbonat, poliformaldegid va poliamidlarni ishlab chiqdruvchi texnologik liniyalar uchun quvvati 500 i 250 kg/s, bo‘lgan fanulyatsiyalash uchun mo‘ljallangan texnologik liniyalarni ishlab chiqdrdi. Kuyida ularning texnologik tavsifi keltirilgan:

Liniyalarning tarkibiga tortuvchi vakuum bilan ta’minlangan chervyakli ekstruder, bunkerli dozator, sovituvchi vanna, granulyator liniyaning tarkibiy qismlaridir
Shisha tola to‘ldirilgan polikarbonatni granulyatsiyalash liniyasi ikkita granulyator bilan ta’minlangan. Plastmassalarni ekstruziyalash va granulyatsiyalash uchun «Sinsinati Milakron» (Avstriya), firmasining ikki chervyakli ekstruderi, «Kraus Maffey» (Avstriya) firmasining konussimon chervyaklarga ega ikki chervyakli ekstruderi, «Anduard» (Fransiya) firmasining kaskad (tizma) tipidagi ekstruziyalash agregatlari, «Tissen Plastik», «Rayfenxoyzer», «Berstdorf» (Germaniya), «Sterling» (SShA) firmalarining bir chervyakli ekstruderlari, «Verner Pflyayderer» (Germaniya) firmasining kulachokli aralashtiruvchi unsurli ikki chervyakli aralashtiruvchi unsurli ikki chervyakli ekstruderlari, «Buss» (Shveysariya) firmasinig chervyakli tebrantiruvchi (ossilyatsiyalovchi) ekstruderlari va boshqa bir qator ekstruderlar qo‘llanadi.
«Verner Pflyayderer» (FRG) firmasining 28 K tipidagi ekstruderi uchta asosiy o‘zeldan: uzatma, texnologik qism va fanulyatsiyalovchi moslamadan tashkil topgan. Bu ekstruderlarda o‘z-o‘zini tozalovchi chervyaklar, maxsus aralashtiruvchi unsurlar mavjud aralashtiruvchi unsurlar mavjud, korpus va chervyaklar qismlarga ajratiladigan tuzilishga ega. Ekstruderlar ikki xil tipdagi uzatmalar bilan ta’minlangan: o‘zgarmas aylanish chastotasiga ega bo‘lgan uch fazali elektrodvigatelli va aylanish chastotasi tartibga solinadigan doimiy tokda ishlovchi elektrodvigatelni tartibga solish va boshqarish shnekning aylanish chastotasini bosqichsiz tartibga solishni ta’minlovchi generator-dvigatel sxemasi asosida amalga oshiriladi. O‘zgaruvchan tokda ishlovchi asinxron elektrodvigatel bilan doimiy tok generatorlari qayta tashkil qiluvchi sifatida xizmat qiladi. Elektrodvigatel aylantiruvchi momentning cheklovchi muftasi, reduktor va tarqatuvchi korobka bilan birlashtirilgan.
Uzatma peredachasiga ta’sir o‘tkazadigan kuchlanishni maxsus tirgakli podshipnik qabul qiladi. 25K ekstruderlarinipg polivinilxlorid bo‘yicha unumdorligi chervyaklarning o‘lchamlariga bog‘liq, ravishda 20 dan 20 000 kg/s. gacha o‘zgaradi.
Ekstruderning texnologik qismi ichida chervyaklar, ikkita yig‘ma chervyaklar aylanadigan, aralashtiruvchi lappaq yuk tashuvchi moslama va filtrlarni almashtiruvchi moslamalardan iborat yig‘ma korpusdan tashkil topgan. Korpus va chervyaklar uzunligi va diametrining nisbati 3 yoki ba’zi hollarda 6 ga teng bo‘lgan aloxida seksiyalar bilan tayyorlangan. Korpusda komponentlarni yuklash va polimer eritmasini gazsizlantirilganda ajralib chiqqan uchuvchan modda chiqarib tashlash uchun tirkashlar mavjud. Korpusning har bitta seksiyasi termoparalar va bosim datchiklarini o‘rnatish uchun parmalangan tuyno‘qlarga ega. Korpus odatda elektr kdodiruvchi qarshilik unsurlari bilan qizdiriladi. Chervyaklar esa tirkish orqali korpus seksiyalarida Ekstruderning ichi kovak vallarida aylanib yuradigan suv bilan sovutiladi. Maxsus to‘zilishga ega bo‘lgan ekstruderlarda moy bilan qizdirish ko‘zda tutilgan. 8.11-rasmda shponkalar yordamida istalgan kombinatsiyada chervyakli va aralashtiruvchi unsurlar o‘rnatiladigan vallardan tashkil topgan yig‘ma shneklar tasvirlangan. Yig‘ma shneklar navbatma-navbat ekstruziya, plastifikatsiya, aralashtirish va gazsizlantirix zonalarini yig‘ishga imkon beradi. Ekstruder korpusi va korpusning chervyakli val, aralashtirish elementlari, hamda korpusning yuklovchi elementlari mustaxkamligi yuqori darajada bo‘lgan yemirilishga bardoshli (tarkibida xrom va nikel bo‘lgan azotlashtirilgan) po‘latlardan tayyorlanadi.
Chervyakli va aralashtiruvchi unsurlarning mustaxkamligini oshirish uchun, xususan abraziv va agressiv materiallarni qayta ishlashda, polimerlarni to‘ldirishda (masalan shisha tola bilan) ularga maxsus kalishshgi 1 mm bo‘lgan, yemirilishga bardoshli va zanglamaydigan materialning qatlamini suriladi (changlantirish va qizdirib biriktirish usuli bilan).
Yuklash va to‘ldiruvchi shishani maydalash zonasida chervyak taroqlariga yemirilishiga bardoshli material eritilib 4 mm qalinlikda qo‘yiladi. Bu uchastka (soxa)larda shuningdek maxsus tez kesuvchi qotishmalardan tayyorlangan elementlar ham qo‘llanadi.

8.11-rasm. Yig‘ma shneklar va shnek korpuslarining elementlari:
1—val; 2 — chervyakli unsurlar; 3 —aralashtiruvchi lapnaklar; 4 — yuklash tuynugiga ega bo‘lgan unsurlar; 5—devorida tirqishi yo‘q unsur; 6—gazsizlantirish uchun tirkishi bor unsur
Plastmassalarni qayta ishlashga mo‘ljallangan zamonaviy chervyaklar ikki va uch urinishli bo‘ladi.
Har ikkala val o‘qlarining orasidagi masofa ikki va uch urinishli chervyaklarda ularning tashqi diametrlari turlicha bo‘lganda ham bir xilda saqlanib qoladi va bu ikkala varianda ham bitta uzatmadan foydalanish imkonini beradi. Ikki urinishli profilga ega bo‘lgan chervyaklar oquvchanligi kam va katta uyirma zichlikka ega bo‘lgan materiallarni qayta ishlashda qo‘llaniladi. Ulardan xususan, polimer eritmasidan (polistirolni qayta ishlashdagi kabi) yoki eritmadan (formaldegidning polimerdoshi Qayta ishlashda benzin ajratib tashlangani kabi) monomerlarni chiqarib tashlashda foydalaniladi. Oxirgi misoldagi jarayonda gazsizlantirishning turtta zonasi mavjud bo‘lgan ekstruder qo‘llanadi. Ikki urinishli chervyakning erkin solitirma hajmii uning yurish chuqurligi katta ekani tufayli boshqa shunga o‘xshash uch urinishli chervyaklarnikiga nisbatan katta. Bir chervyakning o‘zining tarogi bilan u aylanayotgan yo‘nalishda aylanayotgan boshqa chervyakning chuqurchasiga juda tor tirkish koldirib kirishi tufayliularning majburiy tozalanishi sodir bo‘ladi. Komponentlarning aralashishi uchun aralashtiradigan seksiyada yig‘ilgan, chervyakning valiga ma’lum kema-ketlikda o‘rnatilgan turli kshshnlikdagi aralashtirgichli lappaklar mavjud. Lappaklar yon tarafining ko‘ndalang kesimining shakli, chervyaki unsurlarning shakliga mos tushadi va bu ularda materialning yig‘ilib qolishga mos tushadi. Aralashtiruvchi lappaklarning ishlash prinsipi 8.12-rasmda ko‘rsatilgan. Materialning ponasimon tirkishda aralashishida aylanib harakat qilish bilan birgalikda Komponentlarning unumli aralashishini ta’minlaydigan aylanma harakat vujudga keladi. Disklarning aylana yo‘nalishida joy o‘zgartirishi tufayli bo‘ymasiga aralashish ham sodir bo‘ladi.

8.12-rasm. Uch urinishli (a) ikki urinishli (b) aralashtiruvchi lappaklarning harakatlanish prinsipi.
Ekstruderlarning yuklovchi moslamalarning to‘zilishi materialning to‘zilishi materialning turiga bog‘liq bo‘ladi. Uyirma massasi unchalik katta bo‘lmagan (100—400 kg/m3) sochiluvchan aralashmani yuklash uchun zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan, aralashtiruvchi-kavlovchi moslamali voronkasimon bunkerlar qo‘llanadi. Kavlagich qiyalangan kuraklar payvandlangan, materialni yumshatish uchun chervyakka o‘xshash uzun-uzun o‘ramlar paydo qiluvchi vertikal valdan iborat. Valning pastki qismi chervyak ta’minlovchisi bilan yakunlanadi. Bunker ekstruderning korpusiga ko‘tarib turish va bunkerni boshqa tarafga olib o‘tishga yorham beruvchi poyalar yordamida maxkamlanadi. Kavlagichning kengayishi reduktor orqali uch fazali elektrodvigatel bilan amalga oshiriladi. Yuqori adgeziyaga ega bo‘lgan pastasimon xul va kukunsimon materiallarni yuklash uchun bir chervyakli va ikki chervyakli yuklash moslamalari qo‘llanadi. Chervyaklarni harakatga keltirish reduktor orqali vertikal elektrodvigatel yordamida amalga oshiriladi. Qator hollarda aralashtiruvchi moslamani harakatga keltirish uchun 1:50 rakamli planetarli reduktor KPO-0625 qo‘llanadi. Kavlagichning aylanish chastotasi 15-30 ob/min, ni tashkil qiladi.
Ekstruderning unumdorlik darajasini bilgan holda uzatmaning ma’lum quvvatda ishlangandagi eng ko‘p unumdorligi yoki berilgan unumdorlikka qarab-uzatmaning quvvati qancha bo‘lishi kerakligini aniqlash mumkin. Ekstruderning unumdorlik darajasini har bir yangi termoplastni qayta ishlaganda aniqlanadi.
Turli mashinalarning bir xil materialni qayta ishlashdagi unumdorlik darajalarini taqkrslash ekstruderning eng ko‘pay konstro‘qtsiyasini tanlab olish imkonini beradi. Quvvat iste’mol qilish uzatmaning tipiga bog‘liq,. Bitta fazadagi tokning kuchi va kuchlanishini bilgan holda ekstruderning quvvatini N = VI (bu yerda V—kuchlanish, I—tok kuchi) formulasi asosida hisoblab chiqish mumkin.
Ekstruziyalovchi mashinalardagi jarayonlarni keng kulamda modellashtirishda (chervyaklarning geometrik shaklida), laboratoriyada qo‘llaniladigan va sanoatda qo‘llaniladigan qurilmalarning solishtirma aylantiruvchi laxzalarning doimiyligidan kelib chiqiladi. ZSK seriyali ekstruderlar uchun aylantiruvchi laxza mashinaning o‘lchamlaRiga deyarli bog‘liq emas.

Download 13,19 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104




Download 13,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muxandislik-texnologiya instituti

Download 13,19 Mb.