|
Sochma mahsulotlar uchun pnevmatik aralashtirgichlar
|
bet | 23/104 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 13,19 Mb. | | #158020 |
Bog'liq JIXOZ majmua oxirgi variyantiSochma mahsulotlar uchun pnevmatik aralashtirgichlar
Yuqorida keltirilgan aralashtiriluvchi, mahsulotga bevosita ta’sir ko‘rsatish orqali ishlovchi qurilmalardan tashqari, so‘nggi vaqtlarda, agar mahsulot o‘z tarkibida kislorodga ega bo‘lmasa, havo va inert gazlarping kinetik energiyasidan foydalapib ishlovchi aralashtirgichlar qo‘llanila boshlandi.
Bupday mashinalar sanoatda turli fizikaviy-kimyoviy jarayonlarni o‘tkazish uchup qo‘llaniladigan sochma mahsulotlarning "qaynoq qatlam" yoki psevdo qisilgan holatini yaratish prinsipida ishlaydi.
Sochma mahsulotlarni psevdo-qisilgan holatga o‘tkazish uchun, uning qatlamlari orasidan gazni qurilmaning perforatsiyalangan tubidan pastdan yuqoriga yo‘nalishda o‘tkazish kerak. Bunda gaz kinetik energimsi va sochma donalariping og‘irlik kuchlari orasida o‘zaro ta’sir yuzaga keladi. O‘zining kichik tezliklarida, gaz sochma donalari orasidan o‘tishda filtrlanadi, chunki gaznipg sochma donalariga ishqalaiishi kuchi, donalarning ogirlik kuchi bilan muvofiqlashadi.
Gaz va sochmaning bu holati quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
(6)
(gazniig ishqalanish kuchi, n) (sochma zarrachaning ogirligi, n) bunda
— donning muhitga nisbatan harakatidagi ishqalanishining qarshilik koeffitsiyenti, o‘lchovsiz;
gz — gaz va donning zichliklari, kg/sm3;
w1 — gazning sochmaning qo‘zgalmas filtrlovchi qatlamidagi
tezligi , m/sek (bu yerda wg — qurilmaning to‘la kesimiga
qo‘yilgan gazning tezligi, m/sek, 1 — sochma qatlamida gazning egallagan hajmi, d3 — don diametri, m.
Ko‘tarilgan (vzveshennmy) qatlamda, qatlam gidravlik qarshiligi o‘zgarmagan holda, havo tezligining ortishi bilan uning balandligi ortadi. Bunda zarralar uzluksiz harakatda bo‘ladi, bu esa ularning aralashishiga olib keladi. Gaz va qattiq moddadan iborat sistemaning bunday holati asosida sochma mahsulotlarni aralashtirish jarayoni amalga oshiriladi. Biroq, faqatgina sochma mahsulotlarni havo oqimi bilap turbulizatsiya qilish orqali, ayniqsa, aralashtiriluvchi mahsulotlar donalarining shakli, o‘lchamlari va zichliklari bir-biridan ko‘p farq qilsa yetarlicha tekis aralashtirishga erishib bo‘lmaydi. Bunday hollarda, sochma mahsulotlarni suyuqlikda aralashtirishdagi kabi, havo oqimini turbulizatsiya qilishdan tashqari, oqimnipg maqbul yo‘nalishini ta’minlovchi qo‘shimcha ta’sir zarur bo‘ladi. Qattiq modda - suyuqlik sistemasida bunday ta’sir maxsus aralashtirgichlar hisobiga vujudga keltiriladi (proiyellerli, turbinali, kurakli (lopastli) va h.k.). Shuningdek suyuqlik qatlami orasiga kiritiluvchi gaz oqimiping kinetik energiyasi hisobiga ham bunday ta’sir yuzaga keltirilishi mumkin (barbotaj, erlift va h.k.).
Ko‘rinib turibdiki, ko‘tarilgan qatlam holatiga keltirilgan gaz - qattik jism sistemasiga xuddi shu usul bilai ta’sir etish orqali havolangan (aerirovannty) sochma mahsulotlarni aralashtirish mumkin. Bunda hatto, sistemaning yopishkoqligi va zichligining kichikligi hisobiga energiya sarfi ham kamroq bo‘ladi.
Biroq, ta’kidlash lozimki, hamma sochma mahsulotlar ham bir hil darajada havolanmaydi va muntazam ko‘tarilgan holatga o‘tmaydi. Xatto, gaz oqimi donli mahsulot bilan to‘ldirilgan apparat kesimi bo‘ylab tekis taqsimlangan takdirda ham, qator hollarda gazning turg‘un o‘tish yo‘llari hosil qiliga orkali mahalliy ko‘chishlari kulatiladi, gaz oqimi bu yo‘llardan o‘tib ketadi. Natijada donli qatlam filtrlovchi katlam holatiga o‘tib o‘z xarakatchanligini yo‘qotadi. Bu xolatga karshi kurash ancha murakkab va ba’zai yechilishi qiyin bo‘lgan muommodir.
O‘tish yo‘llari hosil bo‘lishini oldini olish yoki hosil bo‘lgap iullarni yo‘qotishning ma’qul yullari:
1) donli mahsulot qatlamining balandligi va diametri bilan havo oqimining apparat kesimi bo‘yicha tekis taqsimlanishini ta’minlaydigan havolovchi panjarani to‘g‘ri tanlash;
2) havo oqimining qatlamning o‘zida tekis taksimlanishi va yo‘nalishini ta’mishyuvchi turli qo‘shimcha usullarning qo‘llanilishi;
Bir vaqtnipg o‘zida, bu choralar ko‘tarilgan qatlam holatiga keltirilgan sochma maxsulotlarni aralashtirishda asosiy omil hisoblanadi.
Ko‘tarilgan katlamga ko‘shimcha ta’sirlar kuyidagicha amalga oshirilali:
a) kurak va yondirgichlar bevosita havolovchi panjara tepasiga o‘rnatilgan kurakli aralashtirgichlar yordamida mexanik aralashtirish;
b) havo yoki gaznipg erlift pripsipi bo‘yicha ko‘shimcha oqimi yoki bu oqimni panjara va aylanuvchi o‘q ostila joylashgan yarim val va yukorigi plastinasi perforatsiya kilingan kuraklar yuzasi orqali uzluksiz uzatish yordamida ko‘tarilgan qatlamga ta’sir etish.
U yoki bu usulni tanlash tajriba yo‘li bilan hal qilinadi va bu asosan, aralashtiriladigan sochma mahsulotnipg hususiyatiga bog‘liq.
Ko‘zda tutilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan plastmassalar olish uchun polimer eritmasiga to‘ldiruvchilar, bo‘yovchi moddalar, plastiklovchilar, stabilizatsiyalovchilarni kiritish konfeksiyalash jarayoni deb ataladi. Bu jarayon komponentlarini aralashtirish, ekstruziyalash va eritmani fanulyatsiyalashni o‘z ichiga oladi.
8.1-rasm. Bo‘yalgan optik polikarbonatni hosil qilish uchun konfeksiyalash liniyasining bir qismi (fragmenti) 1-dozalovchi; 2-markazdan kochiruvchi aralashtirgich; 3-avtomatik tarozilar; 4-aralashtirgich; 5-dozalagich; 6-pereklyuchatel; 7,8 - taralovchi moslama; 9-bunker; 10-ekstruder; 11-sovutuvchi vanna; 12-granulyator.
8.1-rasmda bo‘lgan optik polikarbonatni hosil qiluvchi liniyaning fragmenti berilgan. Polikarbonat kukuni dozator (1)ga (DSS-20NP) uzatiladi. Dozatordan kukunning ma’lum bir porsiyasi hajmii 0,4m3 li (SL-400 VRK) kelib tushadi. Shu aralashtirgichning o‘ziga taraluvchi moslama (7) dagi avtomatlashgan tarozi (3) bilan polikabonat, stabilizator va buyovchi moddadan iborat konsentratsiyalashgan aralashma ham dozalashtiriladi. Boshqa bir konsentratsiyalashgan aralashma hajmii 0,1 m3 bo‘lgan (SL-100VRK) markazdan qochiruvchi aralashtirgichda tayyorlanadi. Dozator (1) polikarbonat kukunini ulchab aralashtirgich (4) ga to‘ladi. DSS-1-markazdan qochiruvchi dozatorlar (5) esa taraluvchi moslamadagi (8) stabilizator kukuni va buyovchi moddani dozalab to‘qadi. Komponentlar yuklangandai keyin pereklyuchatel (yo‘nalish o‘zgartirgich) (6) yana polikarbonat kukunini aralashtirgich (2)ga uzatish holatiga qo‘yiladi. Konsentratsiyalashgan aralashma esa aralashtirilib bo‘lgandan taxminan 10 minut o‘tgandan keyin aralashmani to‘qib yana taralovchi moslama (7)ga qaytadi. Konsentratsiyalangan aralashma aralashtirgich (2) da polikarbonatning asosiy massasi va suyuq stabilizator bilan aralashadi. Aralashtirgich (2) dagi aralashma aralashtirish, gomogenlash, vakuumlash va eritmani shakllantirish uchun mo‘ljallangan ekstruder (ZSK-83) (10) ning ustida joylashgan idishga tushiriladi. Ekstruderdan chiqayotgan shakllantirilgan strenglar demineralizatsiya qilingan suv bilan vanna (11)da sovutiladi va granulyator (12)da maydalab granulalanadi. Granulyator qizdirilgan havo bilan quritilib vibrotogoraga uzatiladi va undan konditsiyalangan granulalar pnevmotransport orqali qadoklashga, konditsiyalanmaganlari esa chiqindilar sexiga navbatdagi qayta ishlashga yuboriladi.
|
| |