Polimerlarning suspenziyalari, qorishmalari va




Download 13,19 Mb.
bet21/104
Sana17.02.2024
Hajmi13,19 Mb.
#158020
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   104
Bog'liq
JIXOZ majmua oxirgi variyanti

Polimerlarning suspenziyalari, qorishmalari va eritmalarini dozalash va uzatish uchun jixozlar
Suyuqlik va gazlarni uzatish va dozalash uchun standart jihozlar qo‘llanadi. Bilvosita va bevosita ishlovchi dozatorlar dozalovchi moslamalar sirasiga kiradi.
Bevosita ishlovchi dozatorlarda berilgan kirim-chiqim turli po‘qaklar va cheklovchi moslamalar yordamida muvozanatlashtiriladi.
Bilvosita ishlovchi dozatorlar kirim-chiqim datchiklari, tenglashtirish bloki, ijrochi va boshqa ishchi a’zolarni o‘z ichiga oladi. Kirim-chiqimni kesishish maydonini, oqim tezligini o‘zgartirish yoki kombinatsiyalashgan usul orqali tartibga solinadi. Kirim-chiqim datchigidan tenglashtirish blokiga signal kelib tushadi, tenglashtirish bloki esa tartibga soluvchi a’zoga signal beradi.
Qovushqoq suyuqliklar va suspenziyalar uchun nasos-dozatorlar sifatida ishchi a’zosi aylanma va oldinga intilib-orqaga qaytib harakat qiladigan turli tuzilmalari qo‘llanadi. Polimerlarnig qovushqoqligi 4-103 Pa-s bo‘lgan qorishma va eritmalarni va qovushqoq qorishmalarnini dozalash uchun «Xerminoks» tipidagi qizdirilgan tester pyal i nasolardan foydalaniladi. Surish uchun bosim vakuumdan 1,5 Mpa gacha, kiritilgan bosim esa qovushqoqlikka qarab 10 Mpa gacha o‘zgarishi mumkin. Nasoslar unumdorligi 128 dan 1342 sm3/ob ni tashkil qiladi.
Unumdorlik oborotlar soniga bog‘liq va kiritilgan bosimni o‘zgarishi bilan almashinadi. Nasoslar oborotlar sonini pog‘onasiz tartibga solish uzatmasi bilan ta’minlangan. Shesternyalar va nasoslar korpusi yuqori sifatli, zanglamaydigan, issiqlikka chihamli po‘latdan yasalgan.
Poliamid eritmalarini yigiruv mashinalariga uzatish uchun mo‘ljallangan NSh tipidagi shesternyali nasoslar bosimli va dozalovchi nasoslar sifatida keng qo‘llana boshladi.
Shesternyali nasosning bir soatlik unumdorligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Bu yerda dcp — shesteryonkalarning taqsimlovchi aylanasining diametri; b -shesteryonkalarning kengligi; rr — eritmaning zichligi; η| — nasosni eritma bilan to‘ldirish koeffitsiyenti.
Polimer suspenziyalarni uzatish va dozalash uchun shesteryonkali uyurma harakatli girdobli nasoslar ishlatiladi. Qovushqoqligi 104 Pa-s gacha bo‘lgan polimerlarni 340 °S gacha bo‘lgan haroratlarda uzatish va tushirish uchun "MAAG" (Shveysariya) fimasining "Vakoreks" tipidagi egri tishli shesternyali nasoslari qo‘llanadi. Nasoslar 2,5 Mpa bosimga mo‘ljallangan isituvchi qobiq (rubashkaga) ega. Suv, moy va suv bug‘i issiqlik tarqatuvchi sifatida xizmat qiladi. Nasosga kirishdagi bosim vakuumdan 7 Mpa gacha o‘zgarishi mumkin. Kiritilgan bosim esa 25 Mpa gachani tashkil qiladi. Nasos oborotlarining soni nasos bilan o‘tkazilayotgan muxitning qovushqoqdigi va kirishdagi bosimga bog‘liq.

7.2 - Rasm. "MAAG' (Shveysariya) firmasining "Vakoreks" tipidagi
shesternyali nasosi:
1—korpus; 2—egri tishli shesternyalar; 3—zichlik; 4 — val
Unumdorlik 60 ob/min dan 350 l/min. gacha. Quvvat iste’mol qilish eritmaning qovushqoqligi va kiritilgan bosim bilan belgilanadi. Iste’mol qilingan quvvatning eritmaning qovushqoqligi va oborotlar soniga bog‘liq ekanini 7.3-rasmdagi sikib chiqarish hajmi 46,3 sm3/ob bo‘lgan nasos uchun nomagrammada ko‘rishimiz mumkin. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, ist’mol qilingan quvvat eritmaning qovushqokligi va oborotlar sonining oshishiga bog‘liq holda o‘sib boradi.
Bunday nasoslarning unumdorligi 6100 sm3/ob. ni tashkil qiladi. Nasoslar dvigatel bilan maxsus xavfsiz mufta orqali birlashtiriladi. Reaktorga ulash uchun nasoslar flansli birlashtiruvchi bilan ta’minlangan. Shesternyalar nikelli po‘latdan, ichki podshipniklar esa toblangan po‘latdan yasalgan. Bunday nasoslar poliamidlar, poliefirlar, polistirol, polietilen, polipropilen, turli tolalarni ishlab chiqarishda keng qo‘llanadi.
Qattik zarralarning o‘lchami 630 mkm bo‘lgan turli konsentratsiyadagi qattiq moddalar suspenziyasini, hamda qovushqoq suyuqliklarni dozalash uchun «Sand-Paype» pnevmatik germetik diafragmali nasoslardan foydalaniladi. Nasos siqilgan davoni maxsulotdan ajratib turuvchi membranadan iborat egiluvchan diafragmaga yuboriladigan davo orqali harakatga keltiriladi. Siqilgan havoning sarfi suyuqlik uzatishning tezligiga to‘g‘ri proporsional. Keng joylardagi uzatish tezligini tartibga solish nasosga tushgan siqilgan havoning sarfini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Bosimni oshirish va siqilgan havoning sarflanishi ko‘paygan sari nasosning bosimi oshadi.

7.3-rasm. Iste’mol qilinadigan quvvatning polimer eritmasining qovushqoqligi va "Vakoreks" tipidagi nasosning oborotlari soniga
bog‘liqligi

7.4-rasm. O‘chiruvchi-trankvilizatorning konstro‘qtsiyasi:
1—korpus; 2—shtok; 3, 5—kamera; 4—tenglashtiruvchi liniya; 6—o‘tish kesmasi; 7—diafragma; 8—plastina; 9—klapan; 10—truboprovod
Difragmali nasosning ishini porshenli ikki yurishli nasosning ishi bilan takdoslash mumkin. Bu holda diafragma porshen rolini o‘ynaydi. Navbatma-navbat barcha kameralarga suyuqlik suriladi, hamda boshqasidan ham bosim kiritiladi. Oqim pulsini rivojlantirish uchun bosim kiritish quvurida o‘chiruvchi-trankvilizator (7.4 -Rasm) o‘rnatiladi. O‘chiruvchi-trankvilizator amalda akkumulyatsiyalovchi idish o‘rnida ishlatiladi. Suyuqlik sarflanishida odatda o‘tish kesimi (6) kengayadi. Diafragma (7) shtok (2) bilan birgalikda yuqoriga siljiydi. Plastina (8) klapanga (9) qadalib uni ochadi. Siqilgan havo sikilgan havo sistemasidan truboprovoddan (10) kamera (3)ga tushadi va tenglashtiruvchi liniya (4) orqali - kamera (5) ga tushadi. Bunda o‘chiruvchida bosim ko‘tariladi va o‘tish kesmasi kirim-chiqimni tekislab torayadi.
"ROU" (GFR) qoyamembranali nasoslari 0,7 PA s gacha bo‘lgan qovushqoqlikdagi suspenziyalar va agressiv suyuqliklarni dozalash uchun xizmat qiladi. Bu nasoslarning membranalari teflondan tayyorlanadi. Talab qilingan aniqlikda dozalash siqib chiqarish kamerasidagi gidravlik suyuqlikning miqdori xar yurishda o‘zgarvermasagina mumkin bo‘ladi. Bunga siqib chiqarish kamerasiii klapan yordamida gidravlik suyuqlikning idishi bilan har bir surish yurishidan keyin va plunjerni to‘ldirish yurishning boshlanishida birlashtirish bilan erishiladi.
Membranali nasoslar polikarbonat ishlab chiqarishda faollashtirilgan ko‘mir suspenziyalarini hamda polimer qorishmasini sorbsiyalab tozalash moslamasiga uzatishda qo‘llaniladi.

Download 13,19 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   104




Download 13,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Polimerlarning suspenziyalari, qorishmalari va

Download 13,19 Mb.