|
-MA’RUZA
MAVZU: POLIMER MATERIALLARNI TRANSPORLASHTIRISH VA DOZALASH UCHUN JIXOZLAR
|
bet | 18/104 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 13,19 Mb. | | #158020 |
Bog'liq JIXOZ majmua oxirgi variyanti6-MA’RUZA
MAVZU: POLIMER MATERIALLARNI TRANSPORLASHTIRISH VA DOZALASH UCHUN JIXOZLAR
Reja:
1. Sochiluvchan materiallarni transportlashtirish uchun jixozlar.
2. Sochiluvchan materiallarni uzatish va dozalash uchun jixozlar.
3. Dozalovchi sitemalar.
4. Polimerlarning suspenziyalari, qorishmalari va eritmalarini dozalash va uzatish uchun jixozlar.
Plastmassa sanoatida granulangan va kukunsimon qattiq sochiluvchan materiallarni ham suyuq va gazsimon materiallarni ham polimerlar hosil qilish bosklchlarida transportlash va dozalashga to‘g‘ri keladi. Transportlash va dozalash uchun asosan standart jixozlar qo‘llanadi, biroq, ba’zi bir hollarda, masalan, suspenziyalarni va polimer eritmalarini transportlashtirish va dozalash uchun maxsus jixozlarning bo‘lishi talab qilinadi. Sochiladigan qattiq materiallarni transportlashtirish sistemasini tanlab olish materialning miqdori, uning sochiluvchanligi, maxsulotning tozaligiga bo‘lgan talab, aralashtirish operatsiyalarining mavjudligiga, bo‘yash va boshqa mahsulotni transportlashtiriladigan masofa va xokazolarga bog‘liq,. Bunda parvarishlashiing osonligi, jixozning mustaxkamligi va baxosi ham hisobga olinadi.
Sochiluvchan materiallarni transportlashtirish uchun jixozlar. Sochiluvchan materiallarni transportlashtirish mexanik va pnevmatik sistemalariga ajratiladi. (42).
Cho‘michli, tasmali va shnekli mexanik sistemalar asosan materiallarni to‘g‘ri kanallar bo‘ylab transportlashtirishda qo‘llaniladi. Bu sistemalar germetiklikka ega emas (shneklisidan boshqalari), kukunsimon materiallarni transporlashtirishda havoni ifloslantiradi, portlash va yong‘inga olib keladigan sharoitlarni yuzaga keltirishlari mumkin. Bundan tashqari ular polimerlarni mexanik yeyilish maxsullari va moylashdan qolgan qoldiqlar bilan ifloslantiradi. Cho‘michli transportlashituvchilar granula va tabletka ko‘rinishidagi polimerlarni vertikal joy almashtirishi uchun, tasmalar - polimerlarni yotiq tekislikda joy o‘zgartirishi uchun qo‘llanadi. Bu transportlashtiruvchilarning asosiy kamchiligi - ularda tashilgan materialning sezilarli darajada to‘kilib isrof bo‘lishidir.
Shnekli qurilmalar yuqorida aytib o‘tilganlardan, xususan, keng joylarda tartibga solinuvchi yuqori samaradorlik bilan yuksak baholanadi. Biroq, shneklar bilan transportlashtirishda polimer ishqalanishi shnekning yeyilishi natijasida vujudga kelgan maxsullar va chang tufayli ifloslanishi mumkin. Shneklarni tozalash qiyin va ularning bahosi nisbatan qimmat. Ularni asosan polimerlarni yuklash va tushirish sistemalarida qo‘llanadi.
Pnevmatik sistemalar sanoatda sochiluvchan polimerlarni transportlashtirishning asosiy sistemalari hisoblanadi. Ular suyultirilgan psevdosuyultirilgan qatlamli sistemalarga mansub. Pnevmatik sistemalarning ishlash prinsipi granula yoki kukunsimon materialni gaz oqimi bilan psevdosuyultirishga asoslangan.
Bunday sistemalarda bo‘sh hajm koeffitsiyenti «bir»ga yaqinlashishi mumkin. Tashuvchi gaz sifatida ko‘p hollarda havodan foydalaniladi. Oksidlanishga moyil polimerlarni, masalan poliamidlarni, polikarbonatni va boshqalarni tashishda kislorodsizlantirilgan azot qo‘llanadi. Pnevmatik sistemalar materialni istalgan yo‘nalishda 2 km gacha bo‘lgan masofaga 50 day 500 kg/soat. tashish imkonini beradi. Bunday sistemalar germetiklashgan, avtomatlashtirilishi mumkin, materialni berilgan dastur bo‘yicha bunkerlarga taqsimlash imkoniyati bilan ta’minlaydi. Ular uchun maxsus estakadalar qurishining keragi yo‘q. Uch tipdagi pnevmatik sistemalar mavjud.
Vakuumli yoki surib oluvchilar, ularda trakt oxirida vakuum hosil qilish hisobiga material liniyaga havo bilan birgalikda surib olinadi.Bunday sistemalar materialni bir nechta ta’minlash no‘qtalaridan bita yuklash nuqtasiga uzatishda qo‘llaniladi. Tashish yo‘li 300 mga teng va tekislik o‘zgarishlari 10 m gacha bo‘lgan holda vakuum liniyalarining unumdorligi materialning xususiyatlarga qarab 50-7500 kg/soatni tashkil etadi. Shuni ham aytish kerakki, vakuum sistemalari inert gazda ishlay olmaydilar.
Bosim ortiriladigan, bunda sochiluvchan material ortirilgan bosim ostida turgan gaz yordamida tashiladi. Bosim orttiriladigan sistemalarni ko‘p hollarda materiallarni bitta ta’minlovchi no‘qtadan bir nechta iste’mol nuqtalariga tashish uchun qo‘llanadi. Masalan, bunday sistemalarni tayyor ko‘qnsimon materiallarni purkagichli quritish apparatlaridan silos-bunker (bostiruvchi bunker)lariga tashish uchun qo‘llanadi. Material truboprovod (o‘tkazuvchi quvur)ga sistemaning germetikligini bo‘zilishini istesno qiladigan sektorli yoki boshqa ta’minlovchining yordamida uzatiladi. Buning uchun ba’zi hollarda oqimga ikkita dona sektorli ta’minlovchilar o‘rnatiladi. Tashuvchi omil (havo yoki inert gaz gazpurkagich yoki kompressorlik 200 dan va undan ortiq 300 kPa bosim ostida sistema to‘ldiriladi. Siqilgan gazdan foydalanilganda vakuum sistemalaridagiga nisbatan pnevmotraktda kattaroq bosim o‘zgarishlari hosil qilinadi, bu esa bunday sistemalarda sochiluvchan polimerlarni ancha uzoq masofalarga tashish imkonini beradi. Tashuvchi liniyaning yukini tushirish uchun materialning tashuvchi gazdan ajralishi sodir bo‘ladigan siklonlar o‘rnatiladi. Siklonlarda ajratish darajasi 99,9% gachani tashkil etadi. Siklonlarni odatda qabul qilish bunkerlarining ustiga o‘rnatiladi.
3. Vakuumli va bosim ortirish sistemalarinig turli unsurlarini o‘z ichiga olgan aralash pnevmovakuumli tashuvchi sistemalar. Ular moslashuvchanligi bilan, universalligi bilan ajralib turadi va har ikkala sistemaning yutuqlarini o‘zida birlashtiradi.
Odatda suruvchi vakuumli magistral sochiluvchan materiallarni statsionar yoki oraliq bunkerlarga uzatish uchun, bosim orttiriladiganlari esa materialni silos-bunkerlardan iste’mol joylariga uzatish uchun xizmat qiladi. Pnevmatik yopik sirkulyatsiyali sistemalar tashuvchi omil sifatida inert gazdan foydalanilganda qo‘llanadi.
Pnevmosistemalarning unumdorligi tashuvchi traktdagi bosim o‘zgarishlariga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi. Tashuvchi traktdagi gidrodinamik qarshilik trakt bo‘ylab bosimning yo‘qotilishlari va mahalliy qarshiliklaridan tashkil topadi. Bosimning yo‘qotilishi asosan, tashilayotgan materialning massasining truboprovod devoriga ishqalanishi hisobiga vujudga keladi va tashuvchi traktning o‘zayishiga, materialning konsentratsiyasiga va truboprovoddagi mahalliy qarshiliklarning soniga qarab o‘sib boradi. Orttirilgan bosim yoki vakuum hosil qilish uchun pnevmosistemalarda kerakli bosim va unumdorlikni ta’minlovchi standart gaz puflagichlar, kompressorlar, vakuum-nasoslaridan foydalaniladi. [46].
|
| |