• 2-MA’RUZA MAVZU: MAXSUS QO‘LLASHGA MOSLASHTIRILGAN REAKTORLAR Reja
  • Namangan muxandislik-texnologiya instituti




    Download 13,19 Mb.
    bet4/104
    Sana17.02.2024
    Hajmi13,19 Mb.
    #158020
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
    Bog'liq
    JIXOZ majmua oxirgi variyanti
    Документ Microsoft Word, 1-Amaliy ish (2), 1-Amaliyot ishi (2), 2-Laboratoriya ishi. Krivoship-shatun va gaz taqsimlash mexanizmlari., реферат, ЮМБ КУРС ЛОЙИХА МАВЗУЛАРИ — копия (охри), 9au, vazira, 01-MA’RUZA KIRISh ILM VA ILMIY TUShUNChALAR, tilchilar, 141-149, Asosiy uzatma. differentsial va yarim o`qlar., Atom tuzilishi, Защита информации в компьютерных системах и сетях железнодорожного транспорта (1)
    Qaytarish uchun savollar

    1. Plastmassa sanoatida qo‘llaniladigan aralashtirgichlar qanday guruxlarga ajratish mumkin?

    2. Olinadigan mexanik aralashmalarni sifati nima bilan aniqlanadi?

    3. Zichligi bir-biriga yaqin bo‘lgan materiallarni aralashtirish uchun qanday aralashtirgichlar ishlatilishi kerak?

    4. Zichligi bir-biridan katta farq qiluvchi materiallarni aralashtirishda qanday aralashtirgichlar ishlatiladi?

    5. Pnevmatik aralashtirgichlarda sochma maxsulotlar qanday xolatga o‘tadi?

    6. Gaz va sochmaning xolat tenglamasini ifodalab bering.



    2-MA’RUZA
    MAVZU: MAXSUS QO‘LLASHGA MOSLASHTIRILGAN REAKTORLAR
    Reja:

    1. Maxsus qo’llaniladigan reaktorlar tasnifi.

    2. Polimer materiallari olishda qo’llaniladigan reaktorlar.

    3. Reaktorlarning sanoat maxsulotlari olishdagi o’rni.

    Bir qator polimerlarni, masalan, polisufanlarni, poliamidlarni, polikarbonat va boshqalarni sintezlashda qorishmalarning qovushqokdigi 103 dan 500 Pa s gacha o‘zgaradi. Ko‘p hollarda sintez jarayonlarining fizik va ximiyaviy xususiyatlari yuksak darajada yaxshilangan (legirlangan) po‘lat, titan, xastellat kabi metallardan uskunalarni tayyorlashni talab qiluvchi tajovuzkor (agressiv) muhitlarda o‘tkaziladi.
    Maxsus qo‘llashga moslashtirilgan reaktorlarni texnologik jarayonlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida boshlang‘ich belgilariga asoslanib ishlab chikariladi.
    Aralashtiruvchi moslamaning ustki (kurak) qismi suyuq propan-propilen fraksiyani ximiyaviy reaksiyani tezlashtiruvchi qattiq modda (katalizator) bilan aralashtirish uchun mo‘ljallangan.
    Polimerlash natijasida 70 °C da ataktik va izotaktik qismlardan iborat kukunsimon polimer hosil bo‘ladi. Ataktik polimer yuvuvchi-reaktorga chiqib ketadigan qo‘shimcha mahsulot hisoblanadi. Reaksiyaning issiklik effekti 2000 kj/kg ni tashkil etadi. Issikdikni olib tashlash issiklik almashtiruvchi qobiq, hamda propilen fraksiyasining buglanishi natijasida amalga oshiriladi.

    2.8 - rasm. Polipropilenni sintez qilishga moslashtirilgan reaktor: 1 - reaktorning korpusi; 2 - qobiq (ustki parda); 3 - kurakchali aralashtirgichlar; 4 - yakorli aralashtirgich.
    2.8-rasmda polipropilen olish uchun moslashtirilgan 25m3 hajmli reaktor tasvirlangan issiklik almashtiruvchi qobiq va yakor-kurakcha nusxasidagi aralashtiruvchi moslama (aylanish chastotasi minutiga 32 marta) bilan ta’minlangan. Dvigatelning quvvati 25 kVt. Uskunaning ishchi bosimi 4,0 MPa, 30 m2 li issiklik alamashinish yuzasiga ega bo‘lgan qobiqtsa esa 0,5 MPa.
    Ostki (romli) aralashtirgich polimerning quyqalanib qolgan eritma (suspenziya)larni aralashtirish uchun xizmat qiladi. Polimerlash reaksiyasining tugaganligi aralashtirgich validagi maydonchadagi kuchlanishning ortishiga qarab belgilanadi. Kuchlanish 15-45 A ga yetganida reaksiya to‘xtatiladi. Turli gidrodinamik sharoitlarda jarayonning bir nechta bosqichlarini o‘tkazish zarurati tugilsa aylanish tezligini tartibga soluvchi bir nechta aralashtiruvchi moslamalar o‘rnatiladi yoki jarayonni ketma-ket bir nechta reaktorlarda amalga oshiriladi.
    Turli gidrodinamik sharoitlarda jarayonning katalizatorni parchalash, neytrallash, polipropilen quyqum eritmalari (suspenziya)larni ataktik polimerdan va katalizatorning aynigan mahsulotlaridan yuvib tozalash, polipropilen kukunini filtrlash kabi bir nechta bosqichlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan turli vazifalarni bajarishga moslashtirilgan reaktorning tasviri berilgan.

    2.9 - rasm. Polisulfonni sintez qilish uchun moslashtirilgan tajriba - sanoat reaktori: 1 - uzatma; 2 - aralashtirgich; 3 - qobiq (rubashka); 4 - jo‘mrak.
    25 m3 hajmli reaktor birlashtirilgan (kombinatsiyalashgan) yakor -kurakchali aralashtirgich (aylanish tezligi minutiga 20 marta) va ikkita kiya joylashtirilgan turbinali aralashtirgich (aylanish tezligiga minutiga 380 marta) dan iborat markaziy aralashtiruvchi moslama bilan ta’minlangan. Dvigatelning quvvati muvofiq ravishda 50 va 2x11 kVt ni tashkil etadi. Aralashtirgichlarning vallari kombinatsiyalashgan ko‘ndalang zidlovchi moslamaga ega.
    Katalizatorni parchalash, neytrallash va polipropilen suspenziyalarini propan-propilen fraksiya bilan yuvish turbinali aralashmalar ishlab turgan vaqtda, filtrlash orqali tozalash va polipropilen kukunini to‘kish yakorli - kurakchali aralashtirgich aylanib turgan paytda amalga oshiriladi.
    Reaksiyaga kirishgan aralashmani 70 °C gacha qizdirish uchun reaktor issikdik almashtiruvchi qobiq (ustki parda) bilan ta’minlangan. Bosim reaktorda 4,0 MPa, qobiqda 0,5 MPa.
    Tarkibida katalizatorning aynigan maxsulotlari va ataktik polimer mavjud bo‘lgan kukunni propanpropilen fraksiyalaridan filtrlash orqali tozalash uchun reaktorning tubiga umumiy sathi 3,8 m2 bo‘lgan filtrlovchi unsurlar o‘rnatilgan.
    Kombinatsiyalashgan tez xarakat qiluvchi va sekin xarakat qiluvchi aralashtiruvchi moslamali reaktorlarni reaksion muhitning 10~3 dan 500 Pa s gacha o‘suvchan qovushqokdigi bilan bog‘liq jarayonlarni o‘tkazishda ham qo‘llaniladi.
    Polusulfon hosil qilish uchun kombinatsiyalashgan tasmali aralashtirgichni hajmi 63-10"3 m3 ga teng bo‘lgan tajriba - sanoat reaktorlari ishlab chiqilgan (2.10 - rayem). Reaktor VT-1 markali titandan tayyorlangan.
    Reaksion aralashmani qizdirish uchun reaktor VOT ni qabul qilib oladigan issikdik almashtiruvchi qobiq (rubashka) bilan ta’minlangan. Reaktorning ostki kismi konussimon bo‘lib uning eng tubida kopqoq (klapan) mavjud.
    Asosiy moddalar - defimolpropan qorishmalarini va dimetilsulfoksiddagi 4,4 - dixlordifenilsulfon forreaktorda aralashtirilgandan so‘ng polikondensatsiyalash reaktoriga kelib tushadi. Reaksion aralashmaning boshlang‘ich qovushqokdigi 10"3 Pa s. 180 °C haroratda polikondensiatsiyalash jarayonida DMSO bilan birgalikda suv haydab chiqariladi. Reaksiya paytida hosil bo‘lgan tuz NaCl polimerda qoladi.
    Qovushqokdigi 500 Pa s bo‘lgan polimerii reaktordan chiqarib olish qo‘l bilan ochiladigan ostki klapan orqali amalga oshiriladi. Reaksiyadan so‘ng polimer xlorbenzolda eritiladi va NaCl hamda DMSO dan ekstraksion yuvish orkali tozalashga yuboriladi.
    Poliamidlarni sintezlash yakorli va jo‘mrakli aralashtirgichli 6 -15m3 hajmdagi zichlangan qopqoqli idish (avtoklav)larda 8 soat mobaynida amalga oshiriladi. Reaksion aralashmani reaksiya haroratigacha qizdirish vaqti 2-3 soatni tashkil etadi.
    Bosimni tutib turish va tushirishdan so‘ng polikondensatsiya 6 soat mobaynida davom etadi.
    Donalashtirilgan (graunalashtirilgan) poliamid olish uchun donalashtiruvchi moslama reaktorning chiqarish quvuri (shtutser) bilan bevosita ulangan bo‘ladi. Reaktorning tirqishidan chiqayotgan poliamidlarni donalashtirish bir nechta davriy faoliyat ko‘rsatuvchi reaktorlarga xizmat ko‘rsatish maqsadida aravachaga birlashtirilgan keltiruvchi quvurlar orqali donalashtiruvchi moslamalar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
    Poliefir, poliamid va boshka termoplastlarning kublar shaklidagi donachalari (granulalari)ni "Kondykc" firmasining granulyatorida ham olish mumkin. Reaktorda hosil qilingan polimer eritmasi kengligi 800 mm va kalinligi 3-5 mm bo‘lgan barg ko‘rinishdagi yassi tirqishli darcha (filera)dan siqib chiqariladi va suvda sovutiladi. Tasmani granulyatorda maydalash ikkita ketma-ket bosqichlarda amalga oshiriladi: birinchi boskichda yumaloq pichoklar tasmani kengligi 3-5 mm li uzun tilimlarga ajratib kesadi, ikkinchi boskichda esa chuvalchangga o‘xshash freza ko‘rinishidagi silindrsimon pichoq tilimlarni ko‘ngdalangiga chopib donalarga ajratiladi.
    Zichligi kam polietilenni yuqori bosimlar va 75 – 280 °C li haroratlar ostida to‘xtovsiz xarakat qiluvchi quvursimon reaktorlarda olinadi.
    Kuvursimon reaktor "quvur ichida quvur kurinishidagi alohida bulimlardan iborat. Kuvurlarning ichki diametri gazsimon etilenning siljishi natijasida asta sekin 24 mm dan 70 mm gacha o‘sib boradi. Quvurlarning umumiy uzunligi 1500 m gacha bo‘ladi.
    Reaktor texnologik jihatdan ikkita zona (doira)ga bulinadi: birinchi zonada qobiq (rubashka) orqali suvning kattiq isitilishi natijasida qisilgan etilen 180 – 200 °C gacha qizdiriladi, ikkinchi zonada esa etilenning 180 – 200 °C haroratda polimerlanishi sodir buladi. Reaksiyaning issikdigi taxminan 92 kDj/mol ni tashkil etadi.
    Reaktordagi etilenning konversiyalanish darajasi 20 dan 30% gacha uzgarib turadi. Jarayonda o‘zgarishga uchramagan etilen reaktorning kirish qismiga qaytadi. Reaktorlarning yagona quvvati yiliga 20-60 tonnani tashkil
    NIIMPning "Plastmassalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida 12-rakamli poliamid olishga moslashtirilgan uzuluksiz xarakatlanuvchi quvursimon reaktor ishlab chiqilgan. Jarayon 280 – 290 °C darajadagi haroratda va 5,0 - 8,0 MPa bosim ostida o‘tkaziladi. Bosimning tushishi orka tarafdagi tik xolatda joylashgan reaktorda sodir bo‘ladi. Reaktorni qizdirish dinil bug‘lari orqali amalga oshiriladi.
    Eritilgan monomer (e - dodekalakitam va adinik ishqori eritgichlaridan reaktorga to‘xtovsiz quyilib turadi. Suvli qorishma H3PO4 maxsus idishdan uzatiladi. Tarkibiy kismlarining aralashuvi reaktorning boshlangich aralashtiruvchi qismida sodir bo‘ladi.


    Download 13,19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




    Download 13,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muxandislik-texnologiya instituti

    Download 13,19 Mb.