|
Namangan muxandislik-texnologiya instituti
|
bet | 88/104 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 13,19 Mb. | | #158020 |
Bog'liq JIXOZ majmua oxirgi variyanti Kirish
O’zbekiton Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to’g’risida” gi qonunlarga muvofiq Oliy ta’limning asosiy vazifalari quydagilardan iborat.
davlat ta’lim standarlariga muvofiq ilg’or, zamonaviy ta’lim va kasb-hunar dasturlari asosida yuqori samarali o’qitishni tashkil qilish va malakali kadrlar tayyorlashni tahminlash;
mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanish istiqbollari, jamiyat talablariga binoan fan, texnika, ilg’or texnologiya, iqtisodiyot va madaniyatning zamonaviy yutuqlari asosida o’qitishni tashkil qilish va uning uslublarini muntazam takomillashtirish;
yoshlarni milliy tikanish mafkurasi va umuminsoniy qadryatlarni bilish asosida, mustaqillik g’oyalari, Vatan, oila, tabiatga mehr va insonparvarlik ruhida tarbiyalash;
ta’lim, fan va ishlab chiqarish birlashuvining amaliy tizimlarini ishlab chiqarish va amaliyotga kiritish;
ilmiy-pedagogik kadrlar va talabalarning ilmiy tadqiqotlar va ijodiy faoliyatlari orqali fan, texnika va texnologiyani rivojlantirish.
Kadrlar tayyorlash tizimi ilohini muvoffaqiyatli amalga oshirish eng avvalo oliy ta’limning barqaror va aniq maqsadli rivojlanishini tahminlovchi, islohotlarni amalga oshirishning muayyan yo’l-yo’riqlarini qamrab olgan mehyoriy hujjatlarni o’z vaqtida ishlab chiqarish va tadbiq etishni ko’zda tutadi.
Keyingi yillarda har bir talaba o’quv fanlaridan ma’ruza matnlariga ega bo’lishi ularga chuqur bilim olishlariga imkoniyatni yanada oshirdi. Shu bilan birga ushbu ma’ruzalar va boshqa tarqatma materiallardan samarali foydalanish uchun o’rganiladigan bilim hajmini avvaldan savollar, test va boshqa shakllardan talabalarga yetkazish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ushbu fan materiallar tuzulishini o’rganishning qanday bilish ussulari, ularni fizik kimyoviy xossalari, xomashyoni qayta ishlashda turli jarayonlari, laboratoriya va sanoat miqyosida olinish usullari va xossalari bilan tanishishni, metall va nometall mahsulotlarini tarkibi va tuzilishini aniqlashning zamonaviy tadqiqot usullarining rivojlanish tendensiyalari, hamda respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalariga ta`sirini qamrab oladi.
“Yuqori molekulali birikmalar ishlab chiqarish” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 4-kursda o`qitilishi maqsadga muvofiq. “Yuqori molekulali birikmalar ishlab chiqarish” fani mutaxassislik fanlar turkumiga kiradi va kimyoviy texnologiya bakalavriat ta`lim yo`nalishlarida ham o`qitiladi. Mazkur fan boshqa tabiiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o`z rivojida aniq yo`nalishdagi kimyo va texnika fanlari uchun zamin bo`lib xizmat qiladi.
|
| |