|
ST – 315 markali quritish uskunasining vakuumli transportyori tasnifi
|
bet | 85/104 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 13,19 Mb. | | #158020 |
Bog'liq JIXOZ majmua oxirgi variyantiST – 315 markali quritish uskunasining vakuumli transportyori tasnifi.
Kontaktsiz kalit yordamida talab qilingan qo`shimcha materiallar miqdorini yetkazib berilishi xaqida transportyor boshqaruv sistemasiga signal beradi. Ventilyator stantsiyasi yoqiladi. Transportyorda joylashgan vakuumli klapan ochiladi. Ikkala kirish klapanlari pnevmatik xolatda yopiq. Vakuum chizig`ida kuchlanish paydo bo`ladi, natijada kiritish klapani ochiladi. Quvur yo`lagi sistemasida kuchlanish o`sadi. U tarqalgach butun uskunadan so`rish nuqtasigacha va shu bilan transportyor PND donachalari va masterbatch qurituvchi A va V ( sig`imi 315 l ) bunkerlarga ko`chiriladi.
Quritish uskunasi 2ta bir xil A va V bunkerlardan iborat. A bunkeri PND polietilen donachalarini quritish uchun. V bunkeri masterbatchni quritish uchun. Quritish jarayoni pastki konus qismida amalga oshiriladi. U yerda donachalar issiq havoda (130 pudalib bunkerlar ventilyator separatori tomonidan kuchaytirilgan qizdirilgan spirallar orasidan o`tadi. Polietilen donachalari u yerdan shnekli silindrga tushadi va ekstruziya jarayonidan o`tadi.
SJ 1.90.33 markali ekstruderning texnik xarakteristikasi:
1. Burg`uning aylanish chastotasi boshqaruv displey paneli orqali boshqarib boriladi – 7dan 145 aylana/min;
2. SHnek diametri - 90 mm;
3. Uzatish kuchlanishi – 185 kVt;
4. Xarakatni nazorat qilish – elektron boshqaruv displeyida kuzatiladi.
5. Boshqaruv oralig`i – 1 : 20;
6. Yuk oluvchi bunker - 250 dm3;
7. Burg`uning aylanish vaqti -10400 Nm;
8. Ishlab chiqarish quvvati – 450kg/soat;
9. Quvurning tashqi diametri – 75dan 250mm gacha;
10. Devor qalinligi – 22,7 mm gacha;
SHundan so`ng filg’tr orqali erigan massa ekstruzion golovkaga uzatiladi va bir turdagi kerakli shakldagi erigan massa oqimi paydo bo`ladi va ekstruziv mundshtuk boshiga kelib tushadi. Mundshtuk boshiga kerakli o`lchamdagi qolip o`rnatiladi va shu o`lchamdagi diametr hosil qilinadi. Qolipdan chiqqan quvurlar vakuum vanna va sovutish vannalarida sovutish jarayonlaridan o`tadi.
|
| |