|
Bevosita issiqlik almashinishda
|
bet | 83/104 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 13,19 Mb. | | #158020 |
Bog'liq JIXOZ majmua oxirgi variyantiBevosita issiqlik almashinishda aralashma va issiqlik eltkich quyidagi variantlardan birida issiqlik uzatiladi.
1) issiqlik bevosita reaktorda beriladi, masalan, ekzotermik reaksiya yoki elektrik razryad yo`li bilan;
2) issiqlikning uzatilishi reaksion aralashmaning birorta komponentini qisman yoki to`liq bug`latish orqali yoki endotermik reaksiya yo`li bilan;
3) reaksion hajmda issiqlik eltkichning sirkulatsiyasi hisobiga issiqlik uzatish;
Bevosita issiqlik almashinishda issiqlik eltkich va regentlar qo`zg`almas devor yordamida ajratilgan bo`ladi. Issiqlik almashinish yuzalari turli geometrik shaklda (zmeevik, g`ilof, halqa va hokazo) bo`lishi mumkin. Odatda reaktorni isitish yoki sovutish unung tashqarisidagi g`ilof orqali amalga oshiriladi. 3-4 rasmlarda issiqlik almashinishni tashkil etish va issiqlik almashinish moslamalari hamda reagentlarni aralashtirish uchun mo`ljallanagan ayrim moslamalar keltirilgan.
Rasm-3. Aralashish reaktorining issiqlik almashinish moslamalari.
I-boshlang`ich moddalar, II-reaksiya mahsuloti, III-issiqlik eltkich; a-g`ilofli qurilma; b-ichki zmeevikli qurilma; d- tashqi deflegmatorli qurilma; e- tashqi issiqlik almashinish qurilmalari; f- ichki issiqlik almashinish qurilmalari;
Rasm-4. Siqib chiqarish reaktorining issiqlik almashinish moslamalari.
I-Boshlang`ich moddalar; II-reaksiya mahsuloti; III-issiqlik eltkich; a- ichki issiqlik almashinish moslamalari; b- tashqi issiqlik almashinish moslamalari; d- trubalarda katalizator to`ldirilgan qurilma; e- trubalararo bo`shlig`i katalizator bilan to`ldirilgan qurilma; f- kombinatsiyalangan tipdagi qurilma; g- tokchali va katalizator qatlamlari orasida sovutish moslamali qurilma; h- katalizator qatlami orasiga suv purkovchi moslamali qurilma;
13-TAJRIBA MASHG`ULOTI
Polimerlar asosida plastik buyumlar ishlab chiqarish jarayonini o`rganish
Quvur ishlab chiqarish jarayonining texnologik sxemasi va parametrlari.
|
| |