|
Namangan muxandislik-texnologiya instituti
|
bet | 79/104 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 13,19 Mb. | | #158020 |
Bog'liq JIXOZ majmua oxirgi variyantiOrqa klapan.
Injektsiya paytida nazorat oynasi polimer eritmasining teskari oqimining paydo bo'lishining oldini oladi va pistonning samaradorligini oshiradi. Termoplastlarni qayta ishlash uchun mo'ljallangan injektsion quyish mashinalarida, asosan, halqali klapanlar ishlatiladi. 6 -rasmda bunday nazorat klapanining ishlash printsipi ko'rsatilgan.
Mundshtuk.
Mundshtuk - material silindrining old qismi va qarshi qoliplari orasidagi bog'lovchi bo'g'in xisoblanadi. Mundshtuk ning material silindriga biriktirilishi tishli qurilmalar yoki tez ochiladigan yopilish orqali amalga oshiriladi.
R asm-6. Halqa tipli nazorat klapani
a- plastifikatsiya; b- siqib chiqarish va qayta yuklash;
1-material silindri; 2- shnek uchi; 3- klapanlangan halqa; 4- shnek;
10 - TAJRIBA MASHG`ULOTI
Reaktorlar tipini aniqlash
Ishdan maqsad: Talabalarga polimerlovchi qurilma- reaktorlar tipini to`g`ri tanlash va aniqlashni o`rgatishdan iborat.
Sintez jarayonini tashkil etish printsipiga ko’ra reaktorlar to’xtovsiz yoki davriy harakatlanuvchi bo’lishi mumkin. To’xtovsiz harakatlanuvchi sintez uzeli bitta reaktordan yoki bir-biriga ketma-ket birlashtirilgan reaktorlar majmuasidan iborat bo’lishi mumkin. Reaktorlar qorishtiruvchi moslamalar bilan yoki ularsiz ishlaydi; reaktsiya muhitini qorishtirish uchun mexanik aralashtirgichlardan, nasos yordamida oqim tsirkulyatsiyasidan va statik qorishtirgichlardan foydalaniladi.
Gidromexanik jarayonlar dispersiyalash, emulsiyalash, suspenziyalashni hamda suyuqlik-suyuqlik, gaz-suyuqlik, gaz-suyuqlik-qattiq jism sistemalaridagi issiqlik-massa almashtiruvi va kimyoviy jarayonlarni tezlashtirish uchun asosan mexanik aralashtiruv qo’llaniladi. Polimer materiallar sintezida ishlatiladigan barcha aralashtiruvchi moslamalarni uch guruhga ajratish mumkin: 1) kurakli; 2) turbinali va propellerli (parrakli); 3) maxsus aralashtirgichlar. Uchinchi, so’nggi guruhga polimerlarning yuqori darajada yopishqoq (500 Pa s gacha) eritmalarni aralashtirish uchun qo’llaniladigan vintli, shnekli, lentali, romli aralashtirgichlar kiradi. Kurakli, vintli, lentali va shnekli aralashtirgichlar sekin harakatlanuvchi aralashtirgichlardir: bunday aralashtirgichlarning aylanish soni (chastotasi) 30-90 ayl/min ga teng; yopishqoq suyukliklarni aralashtirio’da qo’llaniladigan kuraklar uchining aylanish tezligi 2-3 m/s ga teng. Propellerli va turbinali aralashtirgichlar tez xarakatlanuvchi hisoblanadi: ularning aylanish chastotasi 100 dan 3000 ayl/min gacha bo’lib, aylanish tezligi 3-30 m/sek. ga teng.
Propellerli aralashtirgichlar odatda uchta parrakli kilib yasaladi. Ular nasos ta`sirchanligiga ega bo’lib, suyuqlikning intensiv sirkulyatsiyasini yuzaga keltirish uchun qo’llaniladi.
Turbinali aralashtirgichlar turli konstruktsiyalarga ega bo’lib, ochiq yoki yopiq tipda bo’lishi mumkin. Bir vaqtning o’zida ham radial, ham o’q bo’yicha oqimni paydo qilish uchun, qiya parrakli turbinali aralashtirgichlardan foydalaniladi.
Ish hajmida temperaturalar kontsentratsiyasining taqsimlanishiga ko’ra reaktorlar mutloq qorishtiruvchi, mutloq siqib chiqaruvchi va oraliq tipda bo’lishi mumkin. Oraliq tipdagi reaktorlarda kontsentratsiyalar maydoni № ko’rsatgichining mutloq qorishtiruv yoki siqib chiqaruv reaktorlaridagi maydon ko’rsatgichlariga yaqinlashuv darajasi oqimga kiritilayotgan q’alayonga aks javobni ko’rsatuvchi efi chizikdar asosida anikdanadi. № = 1 bo’lganida reaktor mutloq qorishtiruv rejimida, № -> so bo’lganida esa mutlaq siqib chiqaruv rejimida ishlaydi.
Polimerlar sintezi uchun hajmdor va truba shakli tipidagi umumqo’llanishli reaktorlar ishlatiladi, ko’pgina hollarda esa maxsus reaktorlar yaratish talab qilinadi.
Yopishqokdik darajasi yuqori bo’lgan suyuqliklarni, shuningdek gaz bilan suyuqlikni aralashtirish uchun so’nggi vaqtlarda statik qorishtirgichlar qo’llanilmokda. Bularda qorishtirish jarayoni suyuklik yoki gazlarning kinetik energiyasi hisobiga amalga oshiriladi.
Statik qorishtirgichlar reaktor yoki boshqa apparatura oldida truboprovodlarga yoki bevosita reaktsiya apparaturasi ichiga o’rnatiladi.
Vint shaklidagi qo’shimchalar bilan tahminlangan turli hil konstruktsiyali moslamalar eng oddiy statik qorishtirgichlar deb hisoblanadi.
Statik qorishtirgichda o’rnatilgan elementlar soni aralashtirilayotgan suyukliklarning yopishqoqlik darajasiga hamda ularning yopishqoqlik darajasiga ko’ra o’zaro nisbatiga boq’likdir. Yopishqoqlik va suyuqliklar yopishqoqligi o’rtasidagi farq qanchalik yuqori bo’lsa, shuncha ko’p qo’shimcha elementlar o’rnatiladi.
"Bran-Lyubbe" firmasi turli tipdagi statik qorishtirgichlar chiqaradi; bulardagi qo’shimcha elementlar soni 6, 11, 16, 21 ga teng bo’lib, uzunligi 140 mm dan 173 mm gachadir.
1- rasmda korpusi ichiga dorn o’rnatilgan statik qorishtirgich konstruktsiyasi ko’rsatilgan. Sozlash vinti 1 ichki qo’shimcha 3 bilan dorn 4 o’rtasidagi o’tish kesimini o’zgartiradi; shu yo’l bilan qo’shimcha qarshilik yuzaga keltiriladi va aralashtiruv ta’sirchanligi o’zgartiriladi. Zazor 0,5 mm dan 1,0 mm ga qadar sozlab turiladi. Bunday konstruktsiyali statik qorishtirgich 2500 kg/soat poliaminni 6300 kg/soat fosgen va xlorbenzol qorishmasi bilan aralashtirish uchun qo’llaniladi.
Savollar.
Plastmassa sanoatida qo’llaniladigan aralashtirgichlar qanday guruxlarga ajratish mumkin?
Olinadigan mexanik aralashmalarni sifati nima bilan aniqlanadi?
|
| |