|
Namangan muxandislik-texnologiya instituti
|
bet | 89/104 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 13,19 Mb. | | #158020 |
Bog'liq JIXOZ majmua oxirgi variyantiMUSTAQIL ISH
Mustaqil ish tashkil etish shakli
Talabalarning ma’ruza va amaliy mashg’ulotlariga tayyorlanib kelishi va o’tilgan materiallarni mustaqil o’zlashtirishlari uchun kafedra o’qituvchilari tomonidan ma’ruza matnlari, fan bo’yicha darslik ishlab chiqilgan, har bir talabaga ushbu materiallardan foydalanish tavsiya etaladi. Talabaning fanni mustaqil tarzda qanday o’zlashtirganligi joriy, oraliq va yakuniy baholashlarda o’z aksini topadi. Mustaqil ish uchun ajratilgan reyting ballari JN va OB lar tarkibiga kiritilgan.
Talaba mustaqil ishni asosiy qismini semestr davomida ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorlanishi orqali bajarishi ko’zda tutilgan, shuningdek fan o’qituvchisi tomonidan ko’rsatilgan ayrim mavzularni quyidagi shakllardan birida topshirishi lozim:
mavzularni o’rganib konspekt qilish;
mavzularni o’rganib tarqatma materiallar tayyorlash;
mavzularni o’rganib taxliliy uslubdagi referat tayyorlash;
mavzularni o’rganib testlar tayyorlash;
mavzularni o’rganib masalalar tayyorlash;
ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil uzlashtirish;
mavzularni o’rganib interfaol va muammoli o’qitish uslublaridan birida tayyorlash;
mavzularni o’rganib ko’rgazmali qurollar tayyorlash (plakat, maket, multimediyaviy taqdimot namoyishlar va boshqa shakllarda);
ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tayyorlash va x.k..
Mustaqil ishni oxirgi topshirish muddati tegishli baxolash turidan chiqariladigan so’nggi nazorat muddati xisoblanadi. Talabaning fanni mustaqil tarzda qanday o’zlashtirganligi joriy va oraliq baholashlarda o’z aksini to’adi.
Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish tizimli tarzda, ya’ni uzluksiz va uzviy ravishda amalga oshiriladi. Talaba olgan nazariy bilimini mustaxkamlash, shu bilan birga navbatdagi yangi mavzuni puxta o’zlashtirishi uchun mustaqil ravishda tayyorgarlik ko’rishi kerak.
|
| |