|
Tuzuvchi:
D.A.Rozikova «Kimyoviy texnologiya» kafedrasining t.f.PhD., assistenti
Taqrizchilar
|
bet | 92/104 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 13,19 Mb. | | #158020 |
Bog'liq JIXOZ majmua oxirgi variyantiTuzuvchi:
D.A.Rozikova «Kimyoviy texnologiya» kafedrasining t.f.PhD., assistenti
Taqrizchilar:
A.S.Boymirzayev – NamMTI “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi k.f.d., prof.
NamMTI “Kimyo-texnologiya”
fakulteti dekani:
2023 yil “_____” ________________________D.O’ktamov
(imzo)
“Kimyoviy texnologiya”
kafedrasi mudiri:
2023 yil “_____” ________________________O.Mallabayev
(imzo)
1. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Ushbu fanni o‘qitish mobaynida talaba dastlab Oliy ta’lim tizimi me’yoriy hujjatlari, kredit-modul tizimida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, oliy ta’lim texnologiyalari va interfaol ta’lim usullari bilan tanishadi. Keyin esa kimyo sanoati ixtisosliklari bo'yicha fanlar tizimi va kadrlar buyurtmachilari bilan tanishadi. Buning natijasida talabada Oliy ta'limda kredit-modul tizimida o‘qishga nisbatan moslashish ko‘nikmalari hosil bo'ladi. Ixtisoslik fanlari va kadrlar buyurtmachilari bilan tanishish jarayonida esa talabada ixtisosliklar bo‘yicha tanlov imkoniyatlari beriladi.
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarni jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish masalalari bo'yicha jihozlarni avtomatik holatida ishlash tartibiga o'tkazish, iqtisodiy samaradorlikning asosiy ko‘rsatgichi (kriteriy) ekanligini chuqur anglab etish va tahlil qilish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - o'quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy, umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining jumladan “Monomerlar sintezi usullari", Materialshunoslik, "Yuqori molekulali birikmalar kimyosi va fizikasi”, “Yuqori molekulali birikmalar ishlab chiqarish texnologiyasi” fanlari bo'yicha etarli bilim va ko'nikma ega bo'lgan talabalarga ma’ruza va o'quv - laboratoriya mashg'ulotlarida turli usullarda polimerlar va plastik massalarni ishlab chiqaruvchi jixozlarda tajribalarini o'tkazishni o'rgatishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘ydagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
"YUMB ishlab chiqarish jihozlari" o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalar tomonidan mashinalarni ishchi organlarida sodir bo'ladigan jarayonlarning fizik mohiyatlarini anglab etish, mashina va apparatlarni ishlash prinsiplari va xar bir jihozning texnik imkoniyatlari haqida; Jihozlarni tanlash prinsiplarini va xavfsiz ishlatilish metodlarini o‘zlashtirish o‘ta muhimligini, shuningdek turli hil polimer va plastik massalar ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini parametr va rejimlarini solishtira bilish, xamda sintetik va tabiiy yuqori molekulali birikmalar, plastik massalarni ishlab chiqarish jihozlarini tanlash bo‘yicha tasavvur va bilimlarga ega bo ‘lishi;
Texnologik jarayonlarda ishlatiladigan asosiy jihozlarni ishlab chiqarish unumdorligiga qarab tanlashni, turli hil polimerlarni ishlab chiqarish uchun kerak bo‘lgan xom ashyo va materiallarni hisoblashni, asosiy va yordamchi jixozlarning qismlarini mexanik xisoblashni, issiqlik balansini, hom ashyo va ishlab chiqarilayotgan polimer yoki plastik massani sifatini nazorat qilib, berilgan xossalarga ega mahsulot ishlab chiqarish kabi malakalariga ega bo‘lishi kerak.
2. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
1-jadval
|
| |