• Adobe Illustrator 7.0, Macromedia Freehand 8.0 va Corel Draw 5.0
  • -Mavzu Kompyuter grafikasi turkumlari va har xil ko‘rinishlari




    Download 39,74 Mb.
    bet10/230
    Sana19.09.2024
    Hajmi39,74 Mb.
    #271664
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   230
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi darslik

    2-Mavzu Kompyuter grafikasi turkumlari va har xil ko‘rinishlari.


    Reja:

    1. Kompyuter grafikasining turlari,

    2. Uning turkumlari va har xil ko’rinishlari.

    Kompyuter grafikasining turlari, uning turkumlari va har xil ko’rinishlari.


    Kompyuter grafikasi uch turga bo’linadi: rastli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog’ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi.
    Rastli grafika. Rastli grafikada tasvir nuqtalar (kog’ozda), piksellar (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) yordamida hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko’p bo’lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, shakl, grafik va hokazolar shuncha aniq ko’rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning ruxsat etish qobiliyati tushunchasi kiritilgan bo’lib, unda gorizontal va vertikal yo’nalishlardagi nuqtalar soni muhim ahamiyatga ega va u ekranning ruxsat etish imkoniyati deyiladi.
    Odatda, bunday ko’rsatkich 640x480, 800x600, 1024x768 yoki bulardan yuqori piksellarda beriladi. Tasvir o’lchovi ruxsat etish qobiliyati bilan bog’liqdir. Bu parametr dpi(dots per inch-nuqtalar soni zichligi) bilan o’lchanadi. Ekran dioganali 15 dyuymli (1dyuym=2,54 sm) monitorda tasvir o’lchovi 28x21 sm ni tashkil qiladi. Buni hisobga olsak, 800x600 pikselli monitor ekranining tasvirlash qobiliyati 72 dpi ga teng bo’ladi. Demak, kompyuter xotirasidagi rangli tasvir ko’p joy olinishini tushunish qiyin emas. Misol uchun 10x15 sm li rasm taxminan 1000x1500 piksellardan iborat bo’ladi.
    Agar har bir rangli nuqtani tasvirlash uchun 3 bayt xotira ishlatilishini hisobga olsak, bitta o’rtacha kattalikdagi rasmning o’zi xotirada taxminan 4 mln. bayt joyni egallaydi. Bunday ma`lumot, xususan, Internet sahifalarini yaratishda e`tiborga olinishi zarur. Shuning uchun ham hozirgi kunda yaxshi multimedia dasturlarini, videorolikni yaratish uchun operativ xotirasi 128 Mbaytdan kam bo’lmagan va mos ravishda, tezligi katta bo’lgan kompyuterlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
    Demak, rastli grafika bilan ishlash uchun yuqori unumli kompyuter talab qilinadi.
    Rastli grafikaning kamchiligi sifatida shuni aytish mumkinki, tasvirni mashtablashtirish (kattalashtirish, kichiklashtirish) jarayoni natijasida nuqtalar o’lchovi kattalashishi bilan tasvir aniqligi yomonlashishi mumkin va hatto, tasvir tanib bo’lmaydigan darajada o’zgarishi mumkin.
    Rastli grafika elektron (multimedia) va matbaa nashrlarida keng qo’llaniladi. Nashrlarda turli illyustratciyalarni yaratishda, odatda, skaner orqali olingan raqamli foto yoki videokamera (hozirda bunday fotoapparat va videokameralar keng tarqalgan) yoki rassom, loyihachi tomonidan tayyor-langan tasvirlardan foydalaniladi. Shuning uchun ham rastli grafikada tahrir qiluvchi dastur vositalaridan keng foydalaniladi. Bu dasturlar, odatda, tasvirlarning aniqroq ko’rinishda bo’lishini ta`minlaydi.
    Vektorli grafika. Vektorli grafikada tasvirning asosiy elementi sifatida chiziq qaraladi.
    Chiziq sifatida to’g’ri chiziq yoki egri chiziq olinishi mumkin. Rastli grafikada bunday chiziqlar nuqtalar (piksellar) yordamida yaratilsa, vektorli grafikada esa tasvirlarni yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo’lgan chiziqlardan foydalaniladi va shuning hisobiga tasvirlar aniqroq ko’rinishga bo’ladi.
    Vektorli grafikaning afzallik tomoni tasvirning xotirada kamroq joy olishidir, chunki bu holda xotirada joy chiziq o’lchoviga bog’liq bo’lmagan ravishda bo’ladi. Buning sababi xotirada chiziqning o’zi emas balki uni ifodalovchi formula yoki parametrlar saqlanishidadir. Vektor grafikaning ixtiyoriy tasviri chiziqlardan tashkil topadi va oddiy chiziqlardan murakkablari hosil qilinadi. Ko’pincha vektorli grafikani ob`ektga mo’ljallangan grafika deyish mumkin. Chunki bunda, masalan, uchburchak hosil qilish uchun 3 ta chiziq (kesma)dan foydalanilsa, piramida hosil qilish uchun uni uchburchakdan foydalanibgina hosil qilish mumkin. Vektorli grafikani hisoblanadigan grafika deb ham atash mumkin, chunki tasvirni (ob`ektni) ekranga chiqarishdan avval uning koordinatalari hisoblanadi va mos nuqtalar hosil qilinadi.
    Vektorli grafikaning matematik asosini geometrik figuralarning xosslarini o’rganish tashkil etadi. Ma`lumki, nuqta tekislikda 2 ta (x,y) koordinatasi bilan, to’g’ri chiziq uning kanonik ko’rinishi y=kx+b (bunda k va b ixtiyoriy sonlar) da, kesma esa mos ravishda boshlang’ich va oxirgi nuqtasini berish bilan tasvirlanadi. Egri chiziqlar ham mos ravishda o’z tenglamalariga ega.
    Vektorli grafika asosan illyustratciyalar yaratish uchun yo’naltirilgandir. Vektorli grafika reklama agentliklarida, loyixalash byurolarida, nashriyotlarida va boshqa joylarda keng qo’llaniladi.
    Vektorli grafika bilan ishlaydigan dasturlarga misol sifatida Adobe Illustrator 7.0, Macromedia Freehand 8.0 va Corel Draw 5.0 larni keltirish mumkin.
    Fraktal grafika. Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo’lib, uning vektor grafikadan farqi shundaki, unda hech qanday ob`ektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularning tizimlarida hosil qilinadi. Shuning uchun ham xotirada tenglamalargina saqlanadi. Tenglamalarga oid parametrlar o’zgartirilishi natijasida turli tasvirlar hosil qilinadi.
    Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qo’llaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan.
    Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo’llaniladi.
    Kompyuter grafikasining quyidagi turkumlarini ajratib ko’rsatish mumkin:

    • tijoratga oid

    • namoyishlarga oid

    • muhandislikka oid

    • ilmiy

    • ko’rgazmaviy

    • animatcion

    Tijoratga oid grafika elektron jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi axborotlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu axborotlar ShEHM monitor ekranida grafik, gistogramma, diagramma va xoxlagan boshqa ko’rinishlarda aks ettirilishi mumkin. Bunda grafiklar matn izohlari va ma`lum joylarda shartli belgili izohlar bilan ta`minlanadi.
    Tijorat grafikasiga tegishli bo’lgan amaliy dasturlar paketi tasvirni ekranda tezda va qulay ifodalashga qaratilgan, chunki tijorat-chining asosiy maqsadi axborotlarni qayta ishlash jarayonidagi o’zgarishlarni tezda muhokama qilib, tegishli qarorlar qabul qilishdan iboratdir. Tasavvurni yanada oshirish uchun ushbu paketlarda tasvirni turli xildagi grafika shaklida tasvirlash imkoniyati kiritilgan. Bu esa o’z navbatida barcha turdagi tasvirlarni ekranda birgalikda ko’rib, tahlil qilish imkoniyatini oshiradi. Bu paketlarning eng ahamiyatli tomoni shundaki, ular tasvirlarni turli xil shaklda berishdan tashqari aks ettirilgan grafikalarni tahlil qilish imkoniyatini ham beradi. Shu sababli bu paketlarga turli xil matematik tahlil usullari, jumladan statistik tahlil, ehtimollar nazariyasi, iqtisodiy jarayonlar bashorati kabi usullar kiritilganki, ular berilgan axborot to’plamini tahlil qilish imkonini beradi.
    Namoyish qilish grafikasi - matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarni mashinaviy tasvirini hosil qilib uni namoyish etishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu erda eng asosiy vazifa - yuqori sifatli va chiroyli ko’rinishdagi tasvirlar hosil qilishdan iborat. Bu turdagi grafikalarning eng afzal tomoni shundaki, undagi tasvirlar to’plami va ko’rinishini tezda o’zgartirish mumkin.
    Injenerlik grafikasi - bunday grafika chizmachilik, loyihalash va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishda keng qo’llaniladi. Injener-lik grafikasi analiz, sintez, modellashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi loyixalashni ishlarini avtomatlashtirishning hamma bosqichlarini o’z ichiga oladi.
    Ilmiy grafika - ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik, biologik va boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo’llaniladi. Ilmiy grafikaning eng asosiy maqsadi ilmiy izlanishlarda hosil bo’ladigan axborotlarni vizuallashtirish - ko’zga ko’rinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa bu yo’nalish atom energiyasi manbalarini tadqiq qilishda, kosmonavtika, samolyotsozlikda, geografiyada va okeanologiyada - xulas qamrovi katta bo’lgan, tez kechadigan jarayonlarni o’rganishda juda keng qo’llaniladi. Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini kerakli shaklda diagrammalar, xaritalar, jadvallar va turli matematik formulalar shaklida tasvirlashdaishlatilishi mumkin.
    Ko’rgazmaviy grafika - namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo’lib, shu ikkala grafika imkoniyatlarini yig’indisi integratciyasini tashkil etadi. Bu grafika ayrim grafikalarini slaydlar ketma-ketligidan iborat slaydfilm qilib yaratib, so’ngra uni ma`lum vaqt ichida ekranda ketma-ket ko’rgazma shaklida namoyish etadi. Har bir slaydning ekrandagi tasviri ovoz va vizual effektlar bilan qo’shib olib borilishi mumkin. Undan tashqari, tayyor grafikni tahrir qilish imkoniyat ham mavjud.
    Animatcion grafika - rang bilan ishlashdagi muvaffaqiyatlarni injenerlik grafikasidagi uch o’chovli ob`ektlarni modellashtirishdagi yutuqlar bilan (masalan reklama e`lonlari va teleko’rsatuvdagi bir tasvirni ichiga ikkinchisini kiritish) qo’shib uyg’unlashtirilgan.
    Mashina grafikasi - bu kompyuter yordamida ob`ekt shakllari, uning modelini yaratish va saqlash uchun xizmat qiluvchi kompyuter grafiksining bir bo’limi. Kompyuterda turli grafik tasvirlarni hosil qilish mumkin, biroq ular bir – biridan farqlanadi, chunki hozirgi zamon kompyuterlari o’tgan asrning 90-yillardagi tizimlarga nisbatan shakllarni aniq tasvirlash imkoniyatiga ega bo’lgan va maxsus dastur bilan kengaytirilagan tizimlar yaratildi. Interfaol grafika – bu mashina grafakasi sanaladi.
    Interfaol garafika - kompyuter grafikasining eng asosiy bo’limlari-dan biri bo’lib, unda foydalanuvchi tasvirni dinamik boshqarish imkoniga ega bo’ladi, ya`ni tasvirning shakli, o’lchamlari va monitor yuzasidagi ranglarni o’zaro ta`sir qiluvchi moslama (klaviatura yoki sichqon) yordamida boshqaradi.
    Kompyuter grafikasida aniq va mavhum ob`ektlar tasvirini yaratish mumkin va bu tasvirlarni ikki ko’rinishda kuzutish mumkin:

    • Kuzatuvchi qo’zg’almas bo’lib oldidagi ob`ektni xohlaganicha aylantirib kuzatishi mumkin - bu panorama effekti;

    • Ob`ekt qo’zg’almas bo’lib kuzatuvchi uning atrofida aylanib tomosha qilishi mumkin - bu kamera effekti.

    Interaktiv grafika yaratilgandan keyin, televidenie va fotografiyada tasvirni yaratish va tayyorlashdagi eng asosiy texnik moslamalardan biri bo’lib qoldi. Uning yutuqlaridan biri sintezlangan abstrakt ob`ektlarini, tasvirlarni EHM yordamida hosil qilishdir. Inson mashina grafikasidan foydalanish vaqtida juda ko’p zerikarli va har xil mayda ishlardan (juda ko’p mikdorda tekstli varaqalar va sonli materiallarini ko’rib chiqishdan) qutildi.
    Statik tasvirlar infomatciyalarni etkazib berishda yaxshi bo’lishiga qaramay ko’p holatlarda dinamik o’zgaruvchi tasvirlar ulardan ustun turadi. Hayotda asosan jarayon vaqtida o’zgarib turuvchi tasvirlar - dinamik o’zgaruvchan tasvirlar (tovushdan tezlikdan tez uchar samolyot qanotining egilishi yoki inson yuzini uning hayoti mobaynida o’zgarib turishi). Dinamik harakatlar qo’zg’almay turgan tomoshabinga ob`ektlarning sirpanishi va harakatlanishini ko’rishga yordam beradi. Bunda ob`ekt qismlarni boshqa ob`ektga yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish va ob`ekt detallarini kattalashtirib yoki kichraytirib ko’rish mumkin.



    Download 39,74 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   230




    Download 39,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu Kompyuter grafikasi turkumlari va har xil ko‘rinishlari

    Download 39,74 Mb.