Namangan viloyati norin tuman 1-son kasb-hunar maktabi
Kompyuter grafikasi darslik
Maxsus fan o‘qituvchisi: Kodirova Soxiba 41-Mavzu Tasvir yuzalari yordamida modellashtirish Reja 1. 3 Modellashtirishda aniqlik 2. O‘lchov birligini tanlash 3.Koordinata to‘rini moslash 3 Modellashtirishda aniqlik Har qanday modellashtirish u yoki bu o‘lchamda aniqlikni talab qiladi. Grafik paketda aniq modellashtirishning imkoniyati qanchalik katta bo‘lsa, u shunchalik murakkab masalani hal qilish imkoniyatini beradi. 3D Studio MAX uchun, sahnani aniq qurish imkoniyatini beruvchi vositalarning keng to‘plami ishlab chiqilgan. O‘lchov birligini tanlash Ishni boshlashdan oldin o‘lchov birligi tizimini moslash talab qilinadi. 1 Customize (maxsus) menyusida Units Setup (o’lchov birligi) buyrug‘ini tanlang. Units Setup (o‘lchov birligi) muloqot oynasi paydo bo‘ladi. 2 Metrik o‘lchov birligi – Metric (metr bo’yicha) o‘rnating. 3 Ro‘yxatni ochib u yerdan, o‘lchov birligi Meters (Metrlar) tanlang. Ro‘yxat to‘rtta variantdan iborat: millimetrlar, santimetrlar, metrlar va kilometrlar. Aniq vazifadan kelib chiqqan holda o‘lchov birligi tanlanadi ( 3.1 rasm). Custom (foydalanuvchi) variantini tanlab, shaxsiy o‘lchov birligini belgilash mumkin, masalan, 10 metr, foydalanilayotganda, tizim shkalasining bitta birligi, 10 metrga mos keladi. O‘z holicha, maxsus birlik sifatida FL (660 futga teng) birligi taklif qilinadi, o’lchov verguldan keyin, uchta belgigacha aniqlikda bo‘ladi. Parametrlarni o‘rnatish qiymatlar aniqligini oshiramiz. 4 Customize (maxsus) menyusidan, Preferences (Parametrlar) buyrug‘uni tanlang va General (umumiy) muloqot oynasi vkladkasi koreshkasiga ChS bilan bosing. 5 Spinner Precision Decimals (razryadlar hisoblagichining aniqligi) hisoblagichida verguldan keyin belgilar miqdorini kiriting. Download 39,74 Mb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa Namangan viloyati norin tuman 1-son kasb-hunar maktabi
|