Namangan viloyati norin tuman 1-son kasb-hunar maktabi
Kompyuter grafikasi darslik
Maxsus fan o‘qituvchisi: Kodirova Soxiba 45-Mavzu Uch o‘lchamli grafika asoslari Reja 1.Uch o’lchamli texnologiyalar 2. Mavzuning dolzarbligi 3D Max dasturi haqida ma`lumot. 3D Studio MAX uch ulchovli modellashtirish va ko`rgazmali namoyish qilishning (vizualizatsiya) yangicha bosqichi xisoblanadi. Bu dastur yordamida yuqori sifatli animatsiya va uch o`lchovli modellarni professional darajada yaratish mumkin. Bunda siz ikki o`lchovli va uch o`lchovli ob‟ektlarni qo`llashingiz mumkin. Bu dastur yordamida yuqori sifatli multiplikatsion filmlar, ma‟lum fanlar bo`yicha ko`rgazmali dasturlar tuzish mumkin. Xo`sh, bu dasturda qanday ishlash mumkin? 3D Studio MAX da ob‟ektlarni ko`rish maydonini (viewport)da yaratasiz. Buning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni ko`rish maydoniga keltirganingizda kursor shakli o`zgaradi. Sichqoncha yordamida ob‟ektning o`lchovlarini berasiz. Yaratilgan ob‟ektlarda kino effektlar yaratish uchun maxsus kamera va yoritgich asboblarini qo`llashingiz mumkin. Ob‟ekt sirti uchun turli material tanlashingiz mumkin, ya‟ni unga masalan, shaffof yoki g`adir-budir sirt berishingiz mumkin. Ko`rish maydonida yaratilgan ob‟ektlarni harakatlantirib, kichik animatsiya hosil qilish mumkin. Buning uchun {Animatsiya} tugmasini bosib, kadrlarni o`zgartirgan holda ob‟ektni harakatlantirish bilan oxirgi kadrga kelinadi. So`ngra, animatsiya panelidan {Play} tugmasi bosiladi. Natijada kadrlar almashinib, animatsiya hosil bo`ladi. Bu yaratilgan animatsiyani fayl ko`rinishida kompyuter xotirasida saqlash va istalgan video tasvirlarni o`qiy oladigan dastur yordamida o`qishimiz mumkin. Fayl *.avi kengaytmali formatda saqlanadi. Download 39,74 Mb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa Namangan viloyati norin tuman 1-son kasb-hunar maktabi
|