|
-Mavzu Geometrik, nogeometrik obyektlar bilan ishlash
|
bet | 167/230 | Sana | 19.09.2024 | Hajmi | 39,74 Mb. | | #271664 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi darslik44-Mavzu Geometrik, nogeometrik obyektlar bilan ishlash
Reja
1. Geometrik ob`ektlar
2. Splayn chiziqlar.
3. Poligonal ob`ektlar (polugonal objects)
4. Murakkab ob`ektlar
5.Nogeometrik ob`ektlar
Geometrik ob`ektlar. Geometrik ob`ektlarni ko`rishda juda kuchli va keng
tarqalgan 3D paket Discreet kompaniyasi 3D Studio Max dasturini tanlab uning
misolida ob`ektlarning asosiy turlari va modellashtirish texnologiyasini ko`rib o`tamiz. Bu dastur yordamida geometrik ob`ektlarning quyidagi turlari qurilishi mumkin.
Splayn chiziqlar (Spline Curves) - boshqa sirt yoki shakllarni ko`rishda
ishlatiladigan va shu tartibda qurilgan (Beze yoki Nurbs) chiziqlar. Ularni harakat
troyektoriyalarini ifodalash uchun ham ishlatish mumkin.
Masalan, Beze chiziqlari uchun, xususiy holda, boshlang`ich shakl va chiziqlar to`plami aniqlangan bo`lib (masalan, tekst, aylana, ellips) ular keyinchalik aniq shakllar ko`rishda ishlatilishi mumkin.
Poligonal ob`ektlar (polugonal objects) - bular o`zgarib turuvchi parametrlar
bilan ifodalanuvchi (masalan uzunlik, radius) poligonal boshlang`ich shakllar
(polygonal primitives) yoki polugonal turlardir (polugonal meshes). Poligonal
Turlar juft-jufti bilan uchlarni tutashtiruvchi qirralar sifatida aniqlanadi.
Boshlang`ich shakllar (primitiv) ni ishlatish dizaynerga (dasturga ham) d ob`ekt
shaklini o`zgartirishni ancha osonlashtiradi. Shunda 3D - boshlang`ich (primitiv)
shakllarni (masalan sfera yoki silindr) namoyish etishda, ularning shakli qirralar
yordamida berilgan aniqlikda almashtiriladi. Poligonal d ob`ekt sirti tekis
yoqlardan iborat bo`lgani uchun, ularga namoyish silliqligini berishda turli
silliqlash algoritmlari foydalaniladi. Bu texnologiya asosan 3D o`yinlarni va virtual borliqni yaratishda keng qo`llanadi.
|
| |