Namangan viloyati norin tuman 1-son kasb-hunar maktabi
Kompyuter grafikasi darslik
Maxsus fan o‘qituvchisi: Kodirova Soxiba 47-Mavzu Uch o‘lchovli modellashtirish va multiplikatsiyalash. Reja 1.3D Studio MAX dasturi haqida tushuncha 2. Foydalanuvchi interfeysi haqida ma’lumot 3D Studio MAX dasturi haqida tushuncha 3D Studio MAX uch o‘lchovli modellashtirish va ko‘rgazmali namoyish qilishning (vizualizasiya) yangicha bosqichi hisoblanadi. Bu dastur yordamida yuqori sifatli animasiya va uch o‘lchovli modellarni professional darajada yaratish mumkin. Bunda siz ikki o‘lchovli va uch o‘lchovli ob‘yektlarni qo‘llashingiz mumkin. Bu dastur yordamida yuqori sifatli multiplikasion filmlar, ma‘lum fanlar bo‘yicha ko‘rgazmali dasturlar tuzish mumkin. 3D Studio MAX da ob‘yektlarni qurish maydoni (viewport)da yaratasiz. Bu-ning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni qurish maydoniga keltirganingizda kursor shakli o‘zgaradi. Sichqoncha yordamida ob‘yektning o‘lchovlarini berasiz. Yaratilgan ob‘yektlarda kino effektlar yaratish uchun maxsus kamera va yoritgich asboblarini qo‘llashingiz mumkin. Ob‘yekt sirti uchun turli material tanlashingiz mumkin, ya‘ni unga masalan shaffof yoki g‘adir-budir sirt berishingiz mumkin bo‘ladi. Qurish maydonida yaratilgan ob‘yektlarni harakatlantirib, kichik animasiya hosil qilish mumkin. Buning uchun {Animasiya} tugmasini bosib, kadrlarni o‘zgartirgan holda ob‘yektni harakatlantirish bilan oxirgi kadrga kelinadi. So‘ngra animasiya panelidan {Play} tugmasi bosiladi. Natijada kadrlar almashinib, animasiya hosil bo‘ladi. Bu yaratilgan animasiyani fayl ko‘rinishida komp‘yuter xotirasida saqlash va istalgan video tasvirlarni o‘qiy oladigan dastur yordamida o‘qishimiz mumkin. Fayl *.avi kengaytmali formatda saqlanadi. Download 39,74 Mb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa Namangan viloyati norin tuman 1-son kasb-hunar maktabi
|