• Burilish kalitlari
  • Rolikni oldindan ko‘rish T
  • Animatsiyaning holat kaliti




    Download 39,74 Mb.
    bet176/230
    Sana19.09.2024
    Hajmi39,74 Mb.
    #271664
    1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   230
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi darslik

    Animatsiyaning holat kaliti
    1 Animatsiya boshqarish guruhida joylashgan Animate (Animatsiya)
    tugmasini ChS bilan bosing (1.20 rasm).

    Animate (Animatsiya) tugmasi qizil tusga kiradi va faol oyna proyeksiyasi


    qizil ramka bilan o‘raladi, bu paketning animatsiya rejimiga o‘tganidan dalolat
    beradi.
    2 Proyeksiya oynasidagi silindrni belgilab, surish tugmasi yordamida uni ozgina chapga suring.
    3 Animatsiyani boshqarish paneli tugmasi yordamida, animatsiya taymeri
    o‘rmalagichini 20 kadrga o‘tkazing.
    4 Silindrni proyeksiya oynasida yana ozgina suring.
    2 va 3 tartibni takrorlab, yana bir nechta kalit kadrlarni yaratamiz.
    Proyeksiya oynasida faqat alohida o‘rnatilgan kadrlarda ba’zi o‘zgarishlar ishlab
    chiqilishi endi tushunarli bo‘lib qoldi. Shu kadrlar kalitlar deb ataladi.
    Burilish kalitlari
    Navbatdagi amallarni bajaring:
    1 Taymer o‘rmalagichini 100 kadrga o‘tkazing.
    2 Parallelepipedni belgilab, O’S ni bosing. Paydo bo‘lgan menyudan burish
    buyrug‘ini tanlang va undan foydalaning.
    Ushbu buyruq burish kalitini yaratadi. Parametrlarni bir tekisda o‘zgaradigan
    oddiy modifikatsiyalar ko‘rinishlari uchun bitta kalitni yaratish yetarli, harakatlanishning boshlang‘ich kadrini hisobga olgan holda.
    Oddiy modifikatsiyalar turlariga quyidagilar kiradi: tekis surilish, burilish, yorug‘lik
    kuchini o‘zgartirish.
    Qolgan ob’yektlarga masshtablash kalitlarini mustaqil yaratishga harakat
    qiling.
    Rolikni oldindan ko‘rish
    Tayyor bo‘lgan animatsiyani o‘sha zahoti ko‘rish mumkin.
    1 Animatsiyani boshqarish panelidan harakatga keltirish tugmasini ChS bilan bosing.
    Agar harakatlantirish to‘xtatilmasa, u qayta-qayta takrorlanaveradi.
    2 Animatsiyani to‘xtatish uchun ChS bilan Stop (to‘xtatish) tugmasini bosing, u harakatlantirish tugmasining o‘rnida bo‘ladi.
    Kamera va yorug‘lik manbai uchun mustaqil animatsiya yarating.

    “Tasdiqlayman”


    O`quv ishlari bo`yicha direktor
    o`rinbosari
    ____________ B.Boltaboyev
    “___” ____________ 2023 yil

    Download 39,74 Mb.
    1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   230




    Download 39,74 Mb.