Namangan viloyati norin tuman 1-son kasb-hunar maktabi
Kompyuter grafikasi darslik
Maxsus fan o‘qituvchisi: Kodirova Soxiba 58-Mavzu 3DS Maxda obyektni mashtablash, konteks o‘zgartirishdan foydalanish Reja 1.Ob’yektni masshtablash 2.Konteks o‘zgartirishdan foydalanish. Ob’yektni masshtablash Buyruq masshtablashning uchta turini bajarishi mumkin: barcha o‘qlar bo‘yicha bir tekis, alohida o‘qlar bo‘yicha va siqish. 1 Asboblar panelidagi Select and Uniform Scale (tanlash va tekis masshtablash) tugmasiga ChS bilan bosing. Kursorni proyeksiyalar oynasiga olib o‘tib konusni belgilang. 2 Kursor ob’yekt ustida masshtablash tugmasi tusiga kiradi. 3 ChS ni bosing va kursorni tepaga va pastga harakatlantiring. masshtablashda, ob’yektning o‘lchamlari, koordinatalar sistemasining barcha o‘qlari yo‘nalishi bo‘yicha barobar o‘zgaradi (2.13 rasm). Kursorni tepaga harakatlantirganda ob’yektning o‘lchamlari kattalashadi. Pastga harakatlantirganda – kichiklashadi. O‘zgartirish masshtabi ob’yektni burish kabi belgilanadi. 4 Select and UniformScale (tanlash va tekis masshtablash) tugmasini ChS bilan bir oz bosib tursangiz, notekis masshtablash va siqish, asboblar paneli ochiladi, 2.14 rasmda ko’rsatilgan. 5 Select and Non-uniform Scale (tanlash va notekis masshtablash) tugmasiga ChS bilan bosing. Ob’yektlar sathida notekis masshtablash yoki siqish ob’yektlar darajasida barcha modifikatorlardan so’ng stekda o‘zgarishga olib kelishi haqida Ekranda ogohlantirish paydo bo‘ladi. Bu kutilmagan natijaga olib kelishi mumkin. Bu holatdan qochish uchun, belgilangan ob’yektlarga Xfonn (qayta shakllantirish) modifikatorini qo‘llash maslahat beriladi, keyin modifikatorning gabarit konteyneri uchun zarur bo‘lgan o‘zgartirishlarni amalga oshirish mumkin. 6 Yes tugmasini ChS bilan bosib, kursorni sfera ustiga olib boring. Bir tekis masshtablashni shuningdek notekis masshtablashni amalga oshiring. 2.15 rasmda notekis masshtablashga namuna keltirilgan. Bu variantda masshtablash, ob’yekning geometrik o‘lchamlarini o‘zgartirish, proyeksiya oynasi tekisligiga parallel bo‘lgan koordina o‘qlari bo‘yicha amalga oshadi. Oyna tekisligiga perpendikulyar yo‘nalish bo‘yicha, ob’yektning o‘lchamlari o ‘zgarmaydi. 7 Select and Squash (belgilash va siqish) tugmasiga ChS bilan bosib, konusni siqishni amalga oshiring. Yo‘nalishlari bo‘yicha ob’yektning o‘lchamlarini bir tekis siqib o‘zgartirish, proyeksiyalar oynasi tekisligiga paraeel o‘qlar bo‘yicha o‘lchamlarni oshirib borib, proyeksiyalar oynasi tekisligiga perpendikulyar tekislik bo‘yicha siqish amalga oshiriladi. 2.16 rasmda ikki bir xil konusdan biriga siqish usulida masshtablash natijasi nomayon qilingan. Download 39,74 Mb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa Namangan viloyati norin tuman 1-son kasb-hunar maktabi
|