Namangan viloyati norin tuman 1-son kasb-hunar maktabi
Kompyuter grafikasi darslik
Maxsus fan o‘qituvchisi: Kodirova Soxiba 59-Mavzu 3DS Maxda yorug‘lik manbailarini moslashtirish, kameralarni moslashtirish Reja 1. Yorug‘lik manbailarini moslashtirish 2. Kameralarni moslashtirish Yorug‘lik manbailarini moslashtirish 3D Studio MAX yorug‘lik manbalarining yarqirashi va shu’lalanishini aniq joylashtirish imkoniyatini beradi. Shu maqsadda dastur belgilangan yorug‘lik manbalarini yoki belgilangan ob’yektni tayanch ob’yekt yuzasida shakllanayotgan aksni markazidan chiqqan normal yo‘nalishi bo‘yicha ko‘chirib o‘tkazadi va buradi. 1 Perspective (perspektiva) oynasida yorug‘lik manbaini yarating. Create (yaratish) buyruqlar panelidagi, Lights (yorug‘lik manbai) tugmasini bosing, keyin Omni (barcha tomonga) ko‘rsatib, sichqon bilan Perspective (perspektiva) oynasiga bosing. 2 Align (tenglashtirish) asboblar panelidagi Place Highlight (shullani joylashtirish) tugmasini faollashtiring 3 Kursorni sfera ustiga olib borib, ChS ni bosib turib va normal belgisi paydo bo‘lgunicha kursorni harakatlantiring (3.17 rasm). 3.17 rasm. Tayanch normalini belgilash Yorug‘lik manbai ko‘chib o‘tib va normal yo‘nalishi bo‘yicha qoladi. Shu bir vaqtda yorug‘lik manbaidan, blik shakllanadigan ob’yektgacha bo‘lgan oldingi masofa saqlanib qoladi. Yorug‘lik manbaining tenglashishi natijasi 3.18 rasmda ko‘rsatilgan. Kameralarni moslashtirish Kamerani tenglashtirish ham yorug‘lik manbaini tenglashtirgan kabi amalga oshiriladi. Kamerani ham ob’yektning yuzasidagi nuqtaga nisbatan tenglashtirish mumkin. Natijada kamera proyeksiya oynasi tekisligi, tanlangan tayanch ob’yekt qirrasiga parallel bo‘ladi. 1 Perspective (perspektiva) oynasi sahnasida kamerani o‘rnating. Buning uchun Create (yaratish) buyruqlar panelidagi Cameras (kameralar) tugmasini bosib, keyin Free (erkin)ni ko‘rsating. 2 Kamera qurilgandan keyin uni belgilab, Align (tenglashtirish) asboblar panelidan, Align Camera (kamerani tenglashtirish) tugmasini faollashtiring. 3 Kursor bilan konusning kerak bo‘lgan qirrasini ko‘rsating, kursor hoj shakliga aylanganda ChS ni bosib kursorni, qirraning normal (ko‘k strelka ko‘rinishidagi) belgisi paydo bo‘lgunicha 3.19 rasmda ko‘rsatilganidek sekin harakatlantiramiz.
4 Normalni zarur bo‘lgan holatga o‘tkazib, sichqon tugmasini qo‘yib yuboring. Kamera holatini va mo‘ljalni o‘zgartirdi, ingichka yordamchi chiziqlar konusning tanlangan normaliga qarama-qarshi yo‘naltirildi (3.20 rasm). “Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari ____________ B.Boltaboyev “___” ____________ 2023 yil Download 39,74 Mb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa Namangan viloyati norin tuman 1-son kasb-hunar maktabi
|