|
Namangan viloyati norin tuman 1-son kasb-hunar maktabi
|
bet | 73/230 | Sana | 19.09.2024 | Hajmi | 39,74 Mb. | | #271664 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi darslikВид (View) menyusi
Bosh menyuning bu bo’limida ob‘yektlar va dasturning ayrim qo’shimcha oynalarini ko’rish va ko’rsatish rejimlarini boshqarish buyruqlari Упрощенный каркас (Simple Wireframe) — rastrli tasvirlar oq-qora va
ob‘yektlarning bo’yalishi va effektlari yo’qoladigan soddalashtirilgan rejim.
Каркас (Wireframe) — Упрощенный каркас (Simple Wireframe) rejimidan farqli ravishda ob‘yektlarga qo’llanilgan effektlarni ko’rsatadi.
Черновой (Draft) — past sifatli, rangli holatda ob‘yektlarni ko’rish rejimi. Обычный (Normal) — PostScript bo’yashlar ko’rinmaydigan, o’rta sifatli Расширенный (Enhanced) — PostScript bo’yashlar ko’rinadigan, nuqtali va vektorli tasvirlarni yuqori sifatda maksimal sifatli ko’rish rejimi.
Расширенный с наложениями (Enhanced with Overprints) —ob‘yektlarning tashqi chiziqlari va bo’yalish ranglari yaqqol ko’rinadigan va
bosmaga chiqadigan rejimdir. Полноэкранный просмотр (Full-Screen Preview) Bu buyruq hujjatni to’liq ekranda - bosh menyu, panellar va qo’shimcha ochiladigan oynalarni ko’rsatmagan holda ko’rish imkoniyatini beradi. Bunda ko’rinadigan tasvir printerda chop etiladigan tasvirga (monitor ranglarining sozlanishlariga bog’liq ravishda) mos tushadi. Просмотреть только выбранное (Preview Selected Only) To’liq ekranda faqat belgilangan ob‘yektlarni ko’rish imkoniyatini beradi. Вид порядка страниц (Page Sorter View) Ko’p sahifali hujjatlar bilan ishlashda foydali rejim hisoblanadi. Bu rejim hujjatning barcha sahifalarini bitta ekranda ko’rsatadi. Sahifalardagi ob‘yektlarni o’zgartirib bo’lmaydi. Диспетчер видов (View Manager)
E kranga ko’rish mashtabini o’zgartirish imkoniyatini beruvchi asboblarga ega qo’shimcha oynani ochadi. Линейки (Rulers) Hujjat oynasining yuqori va chap tomonida o’lchov chizg’ ichlarni joylashtiradi. Bu chizg’ichlar ob‘yektlarning koordinatalari va o’lchamlarini, shuningdek sichqoncha ko’rsatkichining joriy koordinatalarini visual tarzda nazorat qilish imkoniyatini yaratadi. Odatda koordinataning boshi hujjatning chap pastki burchagi hisoblanadi. Сетка (Grid) Ekranga o’zaro kesishadigan vertical va gorizontal chiziqlarni ochadi va dasturning asosiy ish sohasi katakchalar ko’rinishidagi sohaga aylanadi. O’ta aniqliq talab qilinadigan vaziyatlarda qo’llaniladi.
“Tasdiqlayman”
O`quv ishlari bo`yicha direktor
o`rinbosari
____________ B.Boltaboyev
“___” ____________ 2022 yil
|
| |