• Текст (Text)
  • Форматирование символов
  • Ф орматирование абзаца
  • Текст►Табуляции
  • Текст►Маркеры va Текст► Буквица
  • Форма (Shape)
  • Namangan viloyati norin tuman 1-son kasb-hunar maktabi




    Download 39,74 Mb.
    bet75/230
    Sana19.09.2024
    Hajmi39,74 Mb.
    #271664
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   230
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi darslik

    1. Matnni tahrirlash

    2. Egri chiziq bo‘ylab matn


    Matnni tahrirlash

    Dasturda matnni tahrirlash juda qulay tashkil etilgan bo’lib, xatto Текст (Text) asbobi belgilanmagan bo’lib, belgilash asbobi belgilangan bo’lsa ham, ikki marta matn ob‘yekti ustida sichqoncha chap tugmasining bosilishi uni tahrirlash rejimiga o’tkazadi. Ayrim hollarda Текст (Text) menyusining Редактировать текст buyrug’i bilan ochiladigan oynada ham matnni tahrirlash qulay.


    Simvollarni kiritish va o’chirishdan tashqari CorelDRAW dasturi matnni formatlash uchun keng imkoniyatlar, ya‘ni matn ko’rinishini, harflar va satrlar joylashishini o’zgartirish kabi amallarni bajarish imkoniyatini beradi.
    Buning uchun menyuning Форматирование символов (Character Formatting) va Форматирование абзаца (Paragraph Formatting) buyruqlari bilan ochiluvchi qo’shimcha oynalaridan foydalanish mumkin.
    Форматирование символов (Character Formatting) qo’shimcha oynasida (3.25-rasm) matnning asosiy parametrlari joylashgan: matn shrift turi, uning stili, o’lchami va joylashishi.
    Shuningdek bu oynada matn shriftining qo’shimcha bezalishini o’rnatish
    mumkin: Подчеркивание, Зачеркивание, Надчеркивание, Верхний регистр, Положение.


    Ф орматирование абзаца qo’shimcha oynasi (3.26-rasm) abzas parametrlarini sozlash uchun ishlatiladi. Bu oynada simvollar, so’zlar, satrlar, abzaslar orasidagi, masofa va oraliqlarni o’rnatish mumkin. Bu oynaning ayrim bo’limlarini satrli matn uchun qo’llab bo’lmaydi. Текст►Табуляции buyrug’i ochiladigan oynada tabulyasiya tipi va pozitsiyalarini sozlash mumkin. Текст►Столбцы buyrugi yordamida ochiladigan Параметры столбца
    oynasidan foydalanib matnni bir nechta ustunlarga ajratish mumkin.
    Текст►Маркеры va Текст► Буквица buyruqlari yordamida ochiladigan muloqot oynalarida mos ravishda markerlangan ro’yxatlar va bukvisalar (abzas boshidagi bir nechta satr balandligidagi katta xarf) yaratish imkoniyati bo’ladi. Ayrim formatlash amallarini qo’lda, asboblar panelidagi Форма (Shape) asbobini ishlatib ham bajarsa bo’ladi. Bu asbob bilan matnli ob‘yektning belgilanishi natijasida matndagi har bir harf yonida kichik oq kvadratcha va matn tagida maxsus markerlarning paydo bo’lishiga olib keladi (3.27-rasm).


    Simvollar yonidagi oq kvadratchalarni belgilab, alohida harflarni siljitish yoki burish mumkin. Bu harflarni dastlabki holatiga Текст►Выпрямить текст buyrugi yordamida Qaytarish mumkin. Abzasning o’ng pastki tomonida joylashgan markerni (3.27-rasm) tortib, simvollar va so’zlar orasidagi masofani o’zgartirish mumkin. Bunda Shift tugmasi bosilib turilsa, faqat so’zlar orasidagi masofa, agar Ctrl tugmasi bosilib turilsa, simvollar orasidagi masofa o’zgaradi. CorelDRAWda matn nafaqat satrlarda, balki ixtiyoriy egri chiziq bo’ylab, va xatto berkitilgan figuralar ichida ham joylashishi mumkin.

    Download 39,74 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   230




    Download 39,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan viloyati norin tuman 1-son kasb-hunar maktabi

    Download 39,74 Mb.