• RGB modeli
  • Vektorli grafika
  • Tasdiqlayman”
  • -Mavzu Corel Draw dasturida ranglar, qatlamlar, rasmlar bilan ishlash Reja




    Download 39,74 Mb.
    bet78/230
    Sana19.09.2024
    Hajmi39,74 Mb.
    #271664
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   230
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi darslik

    20-Mavzu Corel Draw dasturida ranglar, qatlamlar, rasmlar bilan ishlash


    Reja
    1.Rang modellari
    2. Vektorli grafika
    Rang modellari
    Кompyuter grafikasida rang juda muhim – kuzatuv, taassurotni kuchaytirish va tasvirni axborotga boyitish rolini o’ynaydi. Biz ko’rayotgan yoritilgan buyumdan qaytgan yoruq’lik ko’z qorachiq’i orqali ko’zimizga o’tadi va ko’z ichidagi asab hujayralarini qo’zq’atadi. Bu hujayralar asab tolalari orqali miya bilan boq’langanligi tufayli ko’z yoruq’ligi miyaga o’tadi va ongimizda buyumni ko’rish tuyq’usi paydo bo’ladi. Biz buyumni ko’ramiz. Atrof muhitni bunday ko’rish qobiliyati ko’rish deb, ko’rish a’zosi esa ko’z deb ataladi. Biz sezgi organlarimiz orqali atrof muhit haqida juda ko’p ma’lumot olamiz. Bu ma’lumotlarning 90% ni ko’rish orqali qabul qilamiz. Yoruq’lik oqimi bu ma’lumotlarni eltuvchi hisoblanadi. Bizning ko’zimiz miya bilan organizmning asab sistemasi orqali boq’langan. Agar ko’zning to’zilishini fotoapparat, kinoga olish apparati va televizion kamera kabi hozirgi zamon optikaviy apparatlarining to’zilishi bilan taqqoslasak ular orasida o’xshashlik borliqini sezishimiz mumkin. Biror bir ranglar aralashmasidan olish mumkin bo’lmagan ranglar asosiy ranglar deyiladi. Qizil, yashil va ko’k ranglar – asosiy ranglar hisoblanadi. Ularni bir hil aralashtirsak oq hosil bo’ladi.
    RGB modelining nomi Red - qizil, Green – yashil va Blue – ko’k birlamchi ranglarning bosh xarflaridan olingan bo’lib, ushbu ranglarning turli proporsiyalarda aralashtirish natijasida ko’rinuvchi spektrning turli hil boshqa ranglarini olish mumkin. Birlamchi ranglarning aralashmasidan ikkilamchi moviy (cyan), pushti (magenta) va sariq (yellow) ranglar xosil bo’ladi.



    Vektorli grafika
    Vektor grafikasida tasvir vektor deb nomlanuvchi chiziqlar asosida qurilib, ularga turli parametrlar – rang, chiziq qalinligi va joylashuvi (vaziyati) xususiyatlari beriladi. Vektor grafikasida primitivlar deb nomlanuvchi ob‘ektlar bilan ishlanadi. Primitivlarga ikki va uch o’lchamli oddiy geometrik figuralar
    kiradi. Ikki o’lchamli geometrik figuralarga – nuqta, to’g’ri chiziq, egri chiziq, aylana, ko’pburchak kabi tekis shakllar kirsa, uch o’lchamli geometrik figuralarga – kub, prizma, piramida, sfera, konus, silindr kabi jismlar kiradi. Ushbu oddiy geometrik figuralar asosida murakkab bo’lgan geometrik figuralar – ob‘ektlar yaratiladi.

    Vektor grafikasi aniq va tiniq tasvirlar yaratishga imkon beradi. Tasvirlar masshtablashtirilganda ularning sifati saqlanib qoladi. Shuning uchun ham undan dizayn, poligrafiya, reklama va animatsiyada keng foydalaniladi




    Vektorli grafikaning eng qulay tomoni u chiqarish qurilmalarining barcha sifat sig’imi imkoniyatlaridan foydalanadi. Ya‘ni vektor buyruqlari chiqarish qurilmasiga, aytaylik printerga berilgan masshtabdagi tasvir chiziq va ranglarini printer qancha nuqtadan iborat qilib chiza olsa shuncha nuqtalarni qo’llashni buyuradi. Agar rastrli format printerga chegaralangan nuqtalar to’plamidan foydalanib chop ettishni buyursa, vektorli format printer qancha nuqtalar to’plamini qo’llay olsa shuncha nuqtalarni qo’llashni buyruq beradi.


    Tasdiqlayman”


    O`quv ishlari bo`yicha direktor
    o`rinbosari
    ____________ B.Boltaboyev
    “___” ____________ 2022 yil



    Download 39,74 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   230




    Download 39,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu Corel Draw dasturida ranglar, qatlamlar, rasmlar bilan ishlash Reja

    Download 39,74 Mb.