|
Namangan viloyati To`raqo`rg`on tuman mmtb boshlig`i A. Abdullayevga
|
Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 8,71 Kb. | | #229820 |
Bog'liq Axborot xavfsizligi Axborot
Namangan viloyati To`raqo`rg`on tuman
MMTB boshlig`i A.Abdullayevga
6-sonli umumiy o`rta ta`lim
maktab direktori Z.Arslonovdan
AXBOROT
To‘raqo‘rg‘on tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umum o‘rta ta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ish yuritayotgan xodimlar tomonidan kompyuter texnikasi, internet tarmog‘idan samarali foydalanish yuzasidan viloyat hokimligining axborot xavfsizligi tartib-qoidalari to‘g‘risida yo‘riqnoma ilovaga hamda Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2024-yil 8-maydagi02-04/5-1-1438-son xatiga binoan:
To`raqo`rg`on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 6-sonli maktabda mazkur yo‘riqnoma bilan har bir xodimlarni tanishtirish hamda belgilangan talablarga qat’iy rioya qilish yuzasidan mazkur yig`ilish o`tkazildi.
Yig`ilishda ishga qabul qilingan barcha o`qituvchi pedagog va hodimlar mazkur yo`riqnoma bilan tanishtirildi tushunchalar berildi, maktabga qarashli kampyuterlardan “O`zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to`g`risida”gi, “Axborotlashtirish”gi, “Elektron hujjat aylanishi to`g`risida”gi, “Elektron raqamli imzo to`g`risida”gi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.07.2015 yildagi PQ,-117-sonli qarori, Vazirlar maxkamasining 22.11.2005 yildagi 256-sonli qarori hamdа 14.06.2013 yildagi 170-sonli qarori va O`zbekiston Respublikasi ISO/IEC27002:2016 -son davlat standarti talablari” dan kelib chiqqan holda unumli foydalanish ko`rsatmalari berildi.
Internet tarmog`idan faqat hizmatga doir vazifalarni bajarishda, internet tarmog`iga va axborottizimlariga o`znomi va paroli orqali kirib foydalanishi va ularni sir saqlashi lozimligi tushuntirildi.
Internet tarmog`idan foydalanishda axborot xavfsizligi qoidalariga so`zsiz rioya qilish. Hodimlar kompyuter texnikasiga jismoniy, kimyoviy elektromagnit, termik va boshqa turdagi zarar yetkazuvchi ta`sir ko`rsatmasligi, ishkuni oxirida kompyuter va uning barcha qurilmalarini o`chirish va toksizlantirish vazifalari yuklandi. Hizmatga doir ma`lumotlarni horijiy elektron pochta xizmatlari va ijtimoiy tarmoqlardan ( mail.ru gmail.com , telegram, whatsapp, yandex.ru, facebook.com va boshqalar ) foydalangan holda almashmasliklari, faqat, milliy ximoyalangan va rasmiy elektron pochta xizmatlaridan (e-xat, e-hujjat, e-nazorat va boshqalar ) foydalanish kerakligi aytib o`tildi.
Hodim kompyuterning tarmoqdagi nomi va IP-manzilini mustaqil ravishda o`zgartirmasligi, hodimlar kompyuter tarmog`idan foydalanishda o`ziga berilgan foydalanuvchi nomi va parollarini sir saqlashi, begona kishilarga bermasligi lozimligi. Kompyuter tarmog`iga ulangan boshqa kopyuterlarga zararli ta`sir ko`rsatishi yoki ularda saqlanayotkan ma`lumotlarni olishi, o`zgartirishi yoki ochirishi mumkun emasligi. Ushbu turdagi hatti harakatlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasining jinoyat, jinoyat-protsessual va ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodekslarni bir qator moddalari bilan javobgarlikka tortilishi ogohlantirildi.
Hodim shaxsiy kompyuterida doimiy antivirus dasturi ishlab turganligi va doimiy ravishda yangilanib turganligini taminlashi, Hodim o`z kompyterini tarmoq orqali ta`sirlardan ximoya qilish uchun Windows ning “ Brandmauer ” xizmatini doimiy ravishda yoqilgan holda saqlashi lozimligi aytib o`tildi. Hodimlar kompyuter tarmoqlaridan oqilona va maqsadli foydalanishi, katta hajmli ( video, foto, audio va boshqa turdagi ) malumotlarni tarmoq orqali ko`chirib, ularni ishi sekinlashib qolishiga sababchi bo`lmasliklari lozimligi tushuntirildi.
O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, davlat siyosati va aloqa meyorlagiga zid bo`lgan, shunungdek, davlat siri xisoblanadigan ma`lumotlarni kompyuterda saqlash xamda tarmoq orqali ularni tarqatish, uzatish va olish mumkin emasligi haqida tushunchalar berildi.
Maktab direktori: Z.Arslonov
|
| |