• Ijodiy faoliyat tizimi. Manaviyat asoslari faninining dasturi, dasturga qoyilgan asosiy talablar va muqobil dasturlar. Darsliklar, o’quv qo’llanmalar va ularga qo’yilayotgan talablar’’ mavzusida
  • Darsning tarkibiy qismi Daqiqa 1
  • Jami: 45 daqiqa Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
  • III. Darsning maqsadi: 1. Ta`limiy maqsad
  • VI Dars metodi
  • Ijodiy faoliyat tizimi. Manaviyat asoslari faninining dasturi, dasturga qoyilgan asosiy talablar va muqobil dasturlar. Darsliklar, o’quv qo’llanmalar va ularga qo’yilayotgan talablar.
  • «Ijod»
  • Namangan viloyati xalq




    Download 0.73 Mb.
    bet1/3
    Sana18.05.2023
    Hajmi0.73 Mb.
    #61296
      1   2   3
    Bog'liq
    Madiyev Akobirxon
    2-amaliy mashg\'ulot, 1670083731, 1667988337, New PDF Document-WPS Office

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


    NAMANGAN VILOYATI XALQ
    TA’LIMI BOSHQARMASI


    Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta'limi yo’nalishi 3 - kurs talabasi Madiyev Akobirxonning
    Ijodiy faoliyat tizimi. Ma'naviyat asoslari faninining dasturi, dasturga qo'yilgan asosiy talablar va muqobil dasturlar. Darsliklar, o’quv qo’llanmalar va ularga qo’yilayotgan talablar’’ mavzusida
    1 soatlik ochiq



    Dars ishlanmasi


    Darsning texnologik xaritasi





    Darsning tarkibiy qismi

    Daqiqa

    1

    Tashkiliy qism

    5 daqiqa

    2

    O’tilgan mavzuni takrorlash

    5 daqiqa

    3

    Yangi mavzu tushuntirish jarayoni

    20 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    10 daqiqa

    5

    O’quvchilarni baholash

    5 daqiqa

    6

    Uyga vazifa berish




    Jami:

    45 daqiqa


    Darsning borishi:
    I.Tashkiliy qism. a) salomlashish
    b) davomatni aniqlash
    O’qituvchi tomonidan darsning shiori aytib o`tiladi.
    d) Ma`naviyat daqiqasi:

    • may oyidagi muhim sanalarni aytish.

    • siyosiy yangilik aytish.

    2023-yil yilga qanday nom berilgan?
    O`quvchilar ma'naviyat haqida ma`lumot beradi.


    III. Darsning maqsadi:
    1. Ta`limiy maqsad: Dars-muqaddas ekanini o’quvchilarga tushuntirish.
    2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda milliy g’oya tushunchasini shakllantirish,
    3.Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni bilim, malaka, kònikmalarini shakllantirib amaliyotda qo’llashni o’rgatish.
    IV. Dars shakli: noan’anaviy
    V. Dars turi: Seminar mashg’uloti
    VI Dars metodi: Aralash metodlar
    VII. Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, munozara, kichik guruhlarda ishlash.
    VIII.Dars jihozi: Darslik, taxta, bo’r, rag’batlar, tarqatmalar, texnik vositalar


    IX. O’tgan mavzuni mustahkamlash.
    Mavzu: o'quv dasturlari, darslik qo'llanmalar, asosiy va qo'shimcha adabiyotlar
    O’tgan mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilar o’qib kelgan ma’lumotlari ’’Moychechak guli” metodi asosida moychechak barglariga yozib chiqadilar.





    X. Yangi mavzu bayoni.
    Mavzu: Ijodiy faoliyat tizimi. Ma'naviyat asoslari faninining dasturi, dasturga qo'yilgan asosiy talablar va muqobil dasturlar. Darsliklar, o’quv qo’llanmalar va ularga qo’yilayotgan talablar.
    Reja:
    1. Ijodiy faoliyat tizimi.
    2.Ma'naviyat asoslari faninining dasturi, dasturga qo'yilgan asosiy talablar va muqobil dasturlar.
    3. Darsliklar, o’quv qo’llanmalar va ularga qo’yilayotgan talablar.
    1. Bugungi kunda ilmiy, uslubiy adabiyotlarda «ijod», «ijodkorlik» kabi atamalarni uchratib qolmoqdamiz. Bu atamalarning adabiyotlar sahifalarida paydo bo’lganligi bejiz emas. «Ijod» so’zining lug’aviy ma’nosi: «yaratish», «yangilikni kashf etish» so’zlariga monand keladi.
    Ijodkorlik - faoliyatning turli holatlarida paydo bo’ladi. Qiziqish ilhom, intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo’lishidan, namoyon bo’lishigacha jarayonini o’z ichiga oladi. SHaxsda faoliyat ehtiyoji faoliyatda yangi ilgari maqsad qilib qo’yilmagan, hal etuvchi vosita bo’lib hisoblanmagan intilishdir. Psixolog olim N.D.Levitov ijodiy faoliyatni quyidagi mezonlar asosida vujudga kelishini isbotladi1:

    • tafakkurning mustaqilligi;

    • o’quv materialining o’zlashtirilishi, tezligi va mustahkamligi;

    • standart bo’lmagan vazifalarni hal qilishda,

    • aqliy chamalashning (topqirlikning) tezligi;

    • o’rganib chiqilayotgan hodisalarning mohiyatiga chuqur kirib borish orqali muhim bo’lmagan narsadan muhimini ajrata bilish.

    Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish shart-sharoitlari deganda, avvalo ana shu shart-sharoitlarning paydo bo’lishi, amalga oshishi hamda rivojlanishi jarayoni tushiniladi.
    Ular quyidagilardan iborat :

    1. O’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirishda ularning bu borada egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalari.

    2. Ijodiy faoliyatni shakllantirishda nazariy bilimlar bilan amaliyotning aloqadorligi.

    3. Ijodiy faoliyatni shakllantirishga doir mashg’ulotlar evristika muammoli vaziyatlar yaratish.

    4. O’quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishga texnologik yondashuv.

    Bu shart-sharoitlar quyidagicha amalga oshadi :
    O’quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishda ular egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka, ko’nikmalarga quyidagi talablar qo’yiladi.
    -dastur materiallarni qay darajada o’zlashtirganligi ;
    -mavzularga doir asosiy tushuncha va qoidalarni o’zlashtirganligi;
    -tanlagan mavzu bo’yicha topshiriqlarni mustaqil bajara olishi ;
    -o’rganilayotgan mavzulardagi asosiy muammolarni anglab olishi ;
    -topshiriqlarni bajarishda o’quv ashyolari va texnika vositalar, axborot texnologiyasidan foydalana olishi ;
    - o’z qobiliyatini namoyon etishi va uni rivojlantira olishi ;
    -mavzu bo’yicha o’z oldiga erishiladigan maqsadlarni qo’ya olishi, rejalar tuzishi va natijalarni baholay olishi ;
    -mavzularni o’rganishda o’z fikrini dalillay olishi;
    -o’z variantini tavsiya eta olishi va hokazolar.
    Mazkur talablar o’qituvchiga o’quvchilarning o’qishga bo’lgan qiziqishlari, ularning o’quv-biluv faoliyati, individual moyilliklarini bilish imkoniyati paydo bo’ladi va bu borada o’quv jarayoni tuzilmasini belgilab olishga yordam beradi.
    Yuqoridagi talablar asosida muammoga doir ta’limni maqsadga muvofiq tashkil etishning ustuvor yo’nalishlari belgilab olinadi.
    Maqsadga muvofiq yondashuv deganda o’quv- biluv jarayoni yoki ta’lim mazmuni, metod va shakllari tizimining ijodiy faoliyatni rivojlantirishga doir maqsadli yo’naltirilgan maxsus tashkil etilgan tuzilmasi tushiniladi.
    2. «Ma’naviyat asoslari» fani dasturi va darsliklarini qayta ishlab uni nashrga tayyorlashda uzluksiz ta’limni uzviyligini ta’minlash va insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surishni ko‘zda tutish ertangi kun talablaridan biridir.
    Shuningdek, yangi dastur va darslikni yaratishda quyidagilarga erishishni nazarda tutish maqsadga muvofiqdir: - ma’naviy barkamol shaxs milliy modelini yaratish;
    - ma’naviyat sohasida ta’lim beruvchi professor o‘qituvchilaming yuqori malakaga ega bo‘lishini ta’minlash;
    - ajratilgan o‘quv yuklamasidan samarali foydalanish;
    — ta’lim muassasalaridagi talabalar maxsus guruhlari bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar Nizom va tadbirlar rejasini qayta tuzish;
    — ma’naviy barkamol shaxs milliy modelini yaratish;

    • ma’naviyat sohasida ta’lim beruvchi professoro‘qituvchilaming yuqori malakaga ega bo‘lishini ta’minlash;

    — ajratilgan o‘quv yuklamasidan samarali foydalanish;
    — ta’lim muassasalaridagi talabalar maxsus guruhlari bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar Nizom va tadbirlar rejasini qayta tuzish;
    — sport sog‘lomlashtirish ishlarining ma’naviy sohadagi talabalar uchun ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlami qayta ко‘rib chiqish;
    — talabalaming maxsus guruhlari bilan tashkillashtiriladigan sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarining takomillashtirilishida ma’naviy oziqa olish;
    — ta’lim muassasalarida sport va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirishga tizimli yondashuvning milliy va m a’naviy tarzda ishlab chiqilishini ta’minlash;
    — ma’naviy-axloqiy xulq-atvomi milliy g‘urur va qadriyatlar misolida ta’riflash;


    — ma’naviy-ma’rifiy ishlami olib borishning strukturaviy usullarini yaratish;
    — ma’naviy-axloqiy tashviqot va targ‘ibot ishlarini olib borishni amalga oshirish usullarini ta’riflash; — ta’lim jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yuksaklikligini ta’minlash;
    — ma’naviy meros haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lish;
    — ma’naviy inson qiyofasini shakllantirish, el orasida ibratli xulq-atvorga ega bo‘lish.

    Download 0.73 Mb.
      1   2   3




    Download 0.73 Mb.