|
Narqobilova fero’za
|
Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,31 Kb. | | #228175 |
Bog'liq mavzu 1 Sattorova dilfuza reja - 1. Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni.
- 2. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.
- 3. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
mavzu:Tarbiyaning umimiy ta’rifi. Tarbiya jarayoni va uning mohiyati 1. Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi, yoʻnalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Chunki, kadrlar tayyorlash milliy modelimizning bosh muddaosi barkamol shaxs va intellektual salohiyatli mutaxassis tayyorlashdan iborat boʻlib, Oʻzbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay oladigan, mustaqil fikr yuritadigan, tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda insonning ichki sifatlari barq urib kamolotga yetgan kadrlarni tayyorlashni koʻzlaydi. Mazkur maqsadni amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri tarbiya jarayonidir. Tarbiyaning maqsadi natijasi barkamol avlodni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tomonlama boʻlib, uyushtirish va rahbarlikni, shuningdek, oʻquvchi shaxsning oʻzi tomonidan faollik koʻrsatishni taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi vazifani bajaradi. Chunki ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari, mohiyatini tushunadi, maqsad yoʻlida amalga oshirilayotgan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakllari, metodlar va vositalarni asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiyaga tadbiq etadi. Inson shaxsi koʻp sonli omillar ta’siri natijasida shakllanadi va rivojlanadi: ob’ektiv va sub’ektiv, tabiiy va ijtimoiy, ichki va tashqi, odamlarning ongi va shuuriga bogʻliq boʻlgan va boʻlmagan. SHu sababli insonning oʻzi ham tashqi ta’sirni shunchaki aks ettiruvchi sust mavjudot emas. U oʻzining shaxsiy shakllanishi va rivojlanishi sub’ektidir. Tarbiya – shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon boʻlib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi. 2. Tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari. Tarbiya jarayoni oʻqituvchi va ta’lim oluvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar oʻrtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayoni oʻziga xos xususiyatlarga ega: maqsadga yoʻnaltirilganligi; koʻp qirrali jarayon; uzoq muddat davom etishi; uzluksizligi; yaxlitligi; variativligi; natijalarning oldindan aniqlanmasligi; ikki tomonlamalilik; Tarbiya qonuniyatlari – bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan barqaror aloqalar. Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud: ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bogʻliqligi; 3. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovasion texnologiyalardan foydalanish. Tarbiya jarayonining mohiyati, qonuniyatlari hamda oʻziga xos jihatlari xususidagi mavjud nazariy va amaliy gʻoyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan holda tarbiya texnologiyasining tarkibiy qismlarini quyidagicha belgilash mumkin: tarbiyani tashkil etishga boʻlgan ijtimoiy ehtiyoj (ragʻbat); tarbiya maqsadi; tarbiya mazmuni (shakl, metod, usul va texnik vositalar); tarbiyachi faoliyati; tarbiyalanuvchi faoliyati; tarbiya samarasi (natija). Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish aniq maqsadga va ijtimoiy gʻoyaga asoslangan hamda tarbiyalanuvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan uyushtirilishi demakdir. Ta’lim jarayonidan farqli ravishda, tarbiya jarayonini tyexnologiyalashtirishda mazkur jarayonning samarasini qisqa muddat oraligida koʻra olish imkoniyati yoʻq. Tarbiya jarayonining oʻziga xos xususiyatlari, tarbiyalanuvchi va tarbiyachi oʻrtasida yuzaga kyelish ehtimoli boʻlgan ziddiyatlar tarbiyaviy jarayonni tyexnologiyalashtirishga nisbatan ijodiy va mas’uliyatli yondashish zarurligini taqozo etadi. Masalan, umumiy oʻrta ta’lim muassasalari amaliyotidan ma’lumki, uzoq yillar davomida mazkur muassasada faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilarning koʻpchiligi tarbiyaviy tadbirlarni \tashkil etishga nisbatan «tarbiyaviy ishlar ryejasida byelgilangan tadbirlarni oʻtkazishga majburman» kabilida yondashib kyelganlar. Ularning asosiy e’tibori oʻzlari rahbarlik qilayotgan sinf yoshlarini avvaldan tayyorlangan stsyenariyni yod olish va unga qat’iy amal qilishga majburlash, shuningdyek, «maktab ma’muriyati hamda jamoasi oldida izza boʻlib kolishga yoʻl qoʻymaslik» tamoyiliga muvofiq tarbiyaviy tadbirni uyushtirishga karatilgan edi. Endilikda tarbiyaviy tadbirlarning oʻtkazilishiga nisbatan bunday yondashuvlardan voz kyechish maqsadga muvofiq. Zyero, tayyor ssyenariy asosida muayyan tadbirlarni tashkil etish jarayonida uning asosiy sub’yektlari boʻlgan yoshlar faol ishtirokchi va tadbir natijasini byelgilovchi shaxs sifatida emas, balki oddiy ijrochi sifatida qatnashadilar. Bu holat esa bir qator salbiy oqibatlarni kyeltirib chiqaradi
|
| |