Nashr haqida Tahririyat bilan bog'lanish




Download 0.87 Mb.
bet3/4
Sana26.10.2022
Hajmi0.87 Mb.
#28178
1   2   3   4
Bog'liq
lmc
Geometriya, yelpig\'ich, 7 dars Funksiya argumenti oynasi, Maxmudova Xurshida, Investitsiyalar tahlili sillabus, U.Feruza nazariya1, Shoxida, 15-ma\'ruza.Aniq integral, Badiiy asar tili BMI, Тату низом, Axborotni eng kichik o‘lchov birligi qaysi javobda to‘g‘ri beril, portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua, 1-Laboratoriya ishi, 946981
Atutor tizimining umumiy interfeysi
Claroline — Erkin va ochiq kodli masofaviy o‘quv kurslarni tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi Webga yo‘naltirilgan dasturiy majmua hisoblanadi. Tizim Luvenada (Belgiya) universitetining pedagogika va multimedia institutida yaratilgan. Dasturiy majmuadan foydalanish GNU (General Public License) asosida amalga oshiriladi, ya’ni bepul foydalanish mumkin. Tizim ishlashi uchun serverda PHP/MySQL/Apachelarning o‘rnatilishi talab qilinadi. Tizim Windows 98 va NT, Mandrake Linux 8.1 muhitiga o‘rnatilgan EasyPHP tizimda testdan o‘tkazilgan. Claroline dasturiy majmuasidan 80dan ortiq davlatlarda foydalanishadi va 30dan ortiq tillarga (dastur interfeysi) tarjima qilingan. Tizim 2000dan ortiq talabalarni bir vaqtning o‘zida qabul qilishi mumkin. Claroline dasturiy majmuasi masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish uchun talab qilinadigan barcha talablarga javob beradi, xususan, foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, tizimda foydalanuvchilarning (fan o‘qituvchisi, o‘quvchi va mehmon) rollarini administrator tomonidan belgilashi, o‘quv kurslarni yaratish, ularning tarkibini tahrirlash, talabalar bilimini nazorat qilish, monitoring olib borish, nazorat natijalarini tahlil qilish, tizim ichida foydalanuvchilar o‘rtasida kommunikatsiya elementlaridan (chat, forum, qisqa xabarlar jo‘natish modullaridan) foydalanish va boshqarish imkoniyatini beradi. Tizimda boshqa LMS’lar singari quyidagi ko‘rsatilgan o‘qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking, Kalendar, Viki va boshqa modullari mavjud. Boshqa LMS’lar singari IMS va SCORM standartlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Claroline dasturiy majmuasining imkoniyatlaridan demonstratsiya rejimida foydalanib ko‘rish mumkin, buning uchun http://demo.claroline.net havolasiga murojaat qilib, tizimga har xil rollarda (administrator, fan o‘qituvchisi, o‘quvchi) kirib tizimning imkoniyatlari bilan tanishib chiqishi mumkin. O‘quv modulini yozish vaqtida tizimning barqaror versiyasi Claroline 1.11.8.
Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.claroline.net.

Claroline tizimining umumiy interfeysi
Dokeos — Clarolinening 1.4.2 versiyasidan ajralib chiqqan yangi dasturiy majmua hisoblanadi.
Dokeos Claroline platformasini ishlab chiqqan dastlabki ishchi guruh bir necha a’zolarining ish mahsuli bo‘lib, ular ta’lim muassasalari uchun yaratilgan Clarolinedan farqli ravishda, davlat korxonalarining ishchi xodimlariga moslashtirishni maqsad qilishdi va amalga oshirishdi.
Dokeos dasturiy majmuasining rasmiy web-saytiga tashrif buyursangiz, u yerda dasturning 2ta versiyasini ko‘chirib olish: Dokeos FREE — bepul va Dokeos PRO — bepul bo‘lmagan, qo‘shimcha modullari mavjud bo‘lgan dastur paketi taklif etiladi. Lekin Dokeos FREE versiyasida bizning fikrimizga ko‘ra, ta’lim jarayonini tashkillashtirish uchun kerak bo‘ladigan barcha o‘quv modullari mavjud. Tizimning imkoniyatlarini va unda mavjud o‘quv elementlarni quyida ko‘rsatilgan aql xaritasi orqali ko‘rish mumkin. Rasmdan ko‘rinib turganidek, tizimda mavjud o‘qitish modullaridan ta’lim muassasalarida ham foydalanish mumkin. Hozirgi vaqtda LMS’larining ko‘pchiligi ijtimoiy tarmoqlardagi mavjud g‘oya asosida o‘zlarining ishchi muhitlarini shunday tarmoqlarga moslashtirmoqda. Shunga ko‘ra, bu tizimda ham ijtimoiy tarmoq elementlari keng kiritilgan. Yuqorida keltirilgan LMS tizimlari singari Dokeos dasturiy majmuasi ham SCORM standartini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa ushbu standartni qo‘llab-quvvatlaydigan boshqa LMS tizimlariga o‘quv kurslarini eksport/import qilish imkoniyatini beradi. Dokeos dasturiy majmuasi o‘quv modulini yozish vaqtidagi oxirgi barqaror versiyasi Dokeos 2.2 RC2.
Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.dokeos.com.

Dokeos dasturiy majmuasida mavjud elementlarning umumiy ko‘rinishi

Dokeos o‘quvchi rolida tizimining umumiy interfeysi

Dokeos administrator rolida tizimining umumiy interfeysi

LAMS dasturiy majmuasining umumiy ko‘rinishi
LAMS IMS Learning Design standarti asosida 2003-yilda yaratilgan. JAVA dasturlash tilida yozilgan. Kross-platformali, 32ta tilga dastur interfeysi tarjima qilingan va GPLv2 asosida bepul foydalanish mum-kin. LAMS dasturiy majmuasining boshqa LMS’lardan farqi shundaki, o‘qituvchilarga o‘quv jarayonini strukturalashda vizual vositalardan foydalanish imkoniyatini beradi, bu vositalar o‘quv jarayonida o‘quv resurs-larini (elektron o‘quv resurslarni, chat, so‘rovnomalar, topshiriqlar) va nazorat turlarini qanday ketma-ketlikda bo‘lishning vizual ko‘rinishini ta’minlaydi. Bunda o‘qituvchi «sinchqoncha» orqali bu ketma-ketliklarni hech qanday qiyinchiliksiz joylarini o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi. LAMS — elektron o‘quv resursini vizual ravishda o‘quv kontentlarni o‘zgartirish, boshqarish va yaratishdagi imkoniyatlarining mavjudligi sababli yangi revolyusion ilova hisoblanadi. U o‘qituvchiga o‘quv kontentini yaratishda intuitiv tushunarli interfeys taqdim qiladi. Bu interfeys o‘z ichiga har xil individual vazifalar, guruhli o‘qitishda frontal vazifalarni berishini o‘z ichiga oladi. O‘quv modulini yozish vaqtidagi tizimning barqaror versiyasi 2.4.
Tizimning rasmiy internet manzili: http://lamsfoundation.org.

O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq1

  • « “Lebouton” gullar saloni – “Beeline Club” ni yangi ishtirokchisi

  • Ucell qаdriyatlari — xayriya tadbirlari »

Начало формы
QidiruvQIDIRING
Конец формы
Ruknlar

  • Aloqa va telekommunikatsiyalar (113)

  • Internet (518)

  • Intervyu (134)

  • Kompyuter o‘yinlari (116)

  • Mobil aloqa (2 040)

  • Qiziqarli fAKTlar (70)

  • Sharh va fikr-mulohazalar (981)

  • Tadbirlar (1 053)

  • Tanlovga yuborilgan maqolalar (62)

  • Texnologiya (654)

  • Yangiliklar (3 213)

  • Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar (264)

Bosmadan chiqdi № 12

№ 12, 2018 y.
Jurnal arxivlari
infoCOM.UZ arxivlari PDFda
«Kompas» jurnali


Download 0.87 Mb.
1   2   3   4




Download 0.87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nashr haqida Tahririyat bilan bog'lanish

Download 0.87 Mb.