|
Nasoslar haqida umumiy ma’lumotlar
|
bet | 3/4 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 1,01 Mb. | | #116552 |
Bog'liq sanjar kooroziyaT.da qad. usullardan unumli foydalanish maqsadga muvofikdir. T.ning quyidagi koʻrinishlari mavjud: konservatsiya; akastilozyodgorlikning yerda yotgan boʻlaklarini joyiga oʻrnatib qoʻyish; ochishyodgorlikning barcha tarixiy kiymatga ega katlamlarini namoyish etish; toʻldirish— yodgorlikning yoʻq boʻlib ketgan joylarini toʻldirib qoʻyish; yangilash — binoning tarixiy nusxasini qurish, yoʻq boʻlib ketgan binoni yangidan tiklash (mas., Buxoriy yodgorlik majmui). T. jarayonida zamonaviy qurilish ashyolari va qurilmalarini koʻrinmaydigan joylaridagina foydalanish talab qilinadi. - T.da qad. usullardan unumli foydalanish maqsadga muvofikdir. T.ning quyidagi koʻrinishlari mavjud: konservatsiya; akastilozyodgorlikning yerda yotgan boʻlaklarini joyiga oʻrnatib qoʻyish; ochishyodgorlikning barcha tarixiy kiymatga ega katlamlarini namoyish etish; toʻldirish— yodgorlikning yoʻq boʻlib ketgan joylarini toʻldirib qoʻyish; yangilash — binoning tarixiy nusxasini qurish, yoʻq boʻlib ketgan binoni yangidan tiklash (mas., Buxoriy yodgorlik majmui). T. jarayonida zamonaviy qurilish ashyolari va qurilmalarini koʻrinmaydigan joylaridagina foydalanish talab qilinadi.
- Tasviriy va amaliy bezak sanʼatida T., odatda, sanʼat asarlarini soʻnggi holatini mustahkamlash va ularni buzib turgan qatlamlaridan tozalash orqali asl holiga keltirish bilan amalga oshiriladi. Avvalo bu ishlar asarlar va buyumlarning xom ashyosi, yaratilish usuli, buzilishiga sabab boʻlgan omillar va turlarini puxta ilmiy tahlil qilish hamda sanʼat va moddiy madaniy yodgorliklar tarixini chuqur oʻrganish zaminida olib boriladi. Bunda spektral, xromatografik mikrokristal va boshqa tahlillar, rentgenografiya, makro va mikrofotografiya, infraqizil nurlar va boshqa vositasida tekshiirishlardan foydalaniladi.
- T. jarayonida asarning buzilgan qismlari unga yaqin boʻlgan (monumental rangtasvir uchun ohakli suv, ikona va moyboʻyoq rangtasvirining asosi hamda yelim rassomligining boʻyoq qatlami uchun hayvonot yelimlari) yoki maxsus sintetik moddalar bilan uning tuzilishi tiklanadi yoki kimyoviy oʻzgargan unsurlar (rangtasvir asarining qoraygan lok va moyi, mis buyumlardagi gʻovak qurumlar), haykaltaroshlik, amaliy bezak sanʼati buyumlaridan keyinchalik kiritilgan qoʻshimchalar qisman yoki toʻliq olib tashlanadi. Rangtasvir asaridagi qoʻshimchalardan mualliflik qismlarini idrok qilishga xalaqit bermaydiganlari saqlanadi, asarning oʻziga xos tarixiy yoki badiiy qimmatga ega boʻlgan soʻnggi qatlami imkon qadar yangi asos va zaminga koʻchiriladi. Tasviriy va amaliy bezak sanʼati asarining buzilgan qismlarini oʻzboshimchalik bilan qayta tiklashga yoʻl qoʻyilmaydi, faqat ayrim hollardagina moyboʻyoq va boshqa rangtasvir asarlarida muallifning boʻyoq qatlami va asosini toʻldirishlardan muhofaza qilish chorasi sifatida T. qoʻllanadi.
|
| |