" Qayta qurish" davrida aholi turmush tarzining og‘irlashuvi Reja




Download 37,78 Kb.
bet1/2
Sana20.05.2024
Hajmi37,78 Kb.
#245005
  1   2
Bog'liq
4-mavzu


Qayta qurish” davrida aholi turmush tarzining og‘irlashuvi
Reja:

  1. Sobiq SSSR da qayta qurish siyosatini va uning oqibatlari

  2. Qayta qurish yillarida O‘zbekistonning ijtimoiy iqtisodiy ahvoli 

  3. Millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi. Farg‘ona voqealari.

XX asrning 80-yillari o‘rtalarida mamlakatimiz va jahonda «qayta qurish» tushunchasi keng iste’molga kirgan bo‘lib, u SSSRda totalitar tuzumni islohotlar yo‘li bilan o‘zgartirishga qaratilgan harakatni anglatardi. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda to‘planib qolgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni qayta qurish yo‘li bilan hal etishdan iborat edi. Sovet jamiyatida boshlangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanishning mohiyatini belgilab bergan islohotlar o‘n yillar davomida etilib keldi. Bu islohotlarning zaruriyligi XX asrning 60-70-yillarida jahonda, aniqroq aytganda, rivojlangan mamlakatlarda yuz bergan chuqur texnologik o‘zgarishlar, insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanishida sifat jihatidan yangi bosqich-postindustrial jamiyatga o‘tish bilan belgilangan edi. Ko‘pgina omillar 1985 yil arafasiga kelganda SSSR ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan chuqur tushkunlikni boshdan kechirayotgani, real sotsializm amalga oshmaganidan dalolat berar edi. Sovet jamiyatida turmush darajasi va sifati, uning davomiyligi, kishilarning o‘rtacha umr kechirish darajasi, xususan, bolalar o‘limi, aholini keng iste’mol mollari va xizmatlari bilan ta’minlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha SSSR nafaqat rivojlangan davlatlardan, balki taraqqiyoti o‘rtacha darajadagi kapitalistik mamlakatlardan ham ancha orqada qolib ketdi. Sovet jamiyatidagi ta’lim, ishchilar malakasi, ijro intizomi yuqori indus - trial jamiyat va zamonaviy texnologiyalarga qo‘yilgan talablarga javob bermas edi. Bu davrga kelib sotsializmning barcha jihatlarini, uning iqtisodiy asoslarini, ijtimoiy hayotini, siyosiy tuzumini, ma’naviy sohasini yangilashning qat’iy zaruriyati sezila boshladi. Ammo yangilanish jarayonining yo‘llari, shakllari va mohiyati darrov anglab olinmadi. Ko‘p narsalarni sovet jamiyati taraqqiyotining»qayta qurish» deb nom olgan tarixiy bosqichi jarayonida aniqlash, tuzatish va qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keldi.
KPSS etakchisi va SSSR rahbari K.U.CHernenko vafotidan so‘ng KPSS Markaziy Komiteti Bosh sekretari lavozimiga saylangan M.S.Gorbachyov oradan 40 kun o‘tgach, o‘zining g‘oyaviy prinsiplari va yangi yo‘lini ilk marta keng jamoatchilikka e’lon qildi. 1985 yil 23 aprelda Moskvada bo‘lgan KPSS Markaziy Komitetining Aprel plenumida qilgan ma’ruzasida bu fikrlar aytildi. Xullas, KPSS MKning Aprel plenumi sovet jamiya ti hayotining barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo‘lini e’lon qildi. Iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish, jamiyatda oshkoralik va demokratiyani qaror toptirish, KPSS MK Bosh sekretari M.S.Gorbachyov tomonidan ilgari surilgan qayta qurish siyosati vaqt e’tibori bilan 1953 - 1956, 1964 - 1965, 1982 - 1983 yillardagi islohotlardan keskin farq qilib, 1985 yilda sovet jamiyatini kompleks tarzda yangilash zaruriyatini e’tirof qilgan edi. Qayta qurishning asosiy tarkibiy qismlari ijtimoiy hayotni demokratlashtirish va tub iqtisodiy islohot o‘tkazishdan iborat ekanligi e’lon qilindi. Hozirgacha ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan mamlakatimiz va xorijda 1985 yil 23 aprel kuni SSSRda qayta qurishning boshlanish sanasi, deb e’tirof qilib kelinmokda. Aslida sovet jamiyatidagi qayta qurish jarayonlari bu sanadan boshlangani qaysi darajada haqiqatga mos tushadi? M.S. Gorbachyov Aprel plenumida so‘zlagan «KPSSning navbatdagi XXVII s’ezdini chaqirish, unga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq vazifalar to‘g‘risida» nomli ma’ruzasida aslida muammoning quyidagi jihatlariga e’tibor qaratgan edi: «Mamlakatning tarixiy taqdiri, hozirgi dunyoda sotsializmning pozitsiyalari bizning bundan buyon ishni qanday olib borishimizga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Bu ilmiy-texnika revolyusiyasi yutuqlaridan keng ko‘lamda foydalanib, sotsialistik xo‘jalik yuritish formalarini hozirgi sharoitlar va talab-ehtiyojlarga muvofiqlashtirib, sotsial-iqtisodiy taraqqiyotni ancha jadallashtirishga erishishimiz lozim. Boshqacha yo‘lning o‘zi yo‘q...
Hozir mamlakat iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirishga qanday qilib va nimalar hisobiga erisha oladi, degan masala asosiy masala bo‘lib turibdi. Biz Siyosiy byuroda shu masalani ko‘rib chiqib, yakdillik bilan buning uchun real imkoniyatlar mavjud, degan xulosaga keldik. O‘sish sur’atlarini, shunda ham talay darajada o‘sish sur’atlarini jadallashtirish vazifasini bemalol bajarsa bo‘ladi, buning uchun faqat ekonomikani intensivlash va fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishni butun ishimizning markaziga qo‘yish, boshqaruv va planlashtirishni, struktura va investitsiya siyosatini qayta qurish, hamma joyda uyushqoqlik va intizomni kuchaytirish, faoliyat uslubini tubdan yaxshilash zarur». Ma’ruzada Sovet Ittifoqida yuzaga kelib qolgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tang holatdan chiqishning aniq yo‘li belgilanmay va islohotlar dasturi ishlab chiqilmay ushbu holatdan qutulish va yangi siyosiy burilish yasash uchun mavjud imkoniyatlardangina to‘g‘ri foydalanish nazarda tutilgan hamda unga umid qilingan edi. SHuning uchun plenumda fan- texnika taraqqiyotini jadallashtirish orqali mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish yo‘li e’lon qilindi. Xullas, bu plenumda partiyaning qayta qurish siyosati emas, aslida ijtimoiy-iqtisodii rivojlanishni jadallashtirish yo‘li e’lon qilindi. SHuningdek, siyosiy rahbariyat ko‘pgina muammolarni hal etish yo‘li-iqtisodiy o‘sish sur’atlarida vujudga kelgan pasayishni mamlakat mashinasozligining qoloqligini bartaraf etishdan iborat deb bilgan edi. Ularning fikricha, kuch-g‘ayratni ana shu muhim yo‘nalishlarga to‘plab, sovet iqtisodiyotini nisbatan qisqa muddat ichida yangi marralarga olib chiqish, so‘ngra esa ijtimoiy omillarni ham faollashtirish, xususan, sovet kishilari farovonligini oshirish mumkindek tuyulgan edi. SHu bilan birga xalq xo‘jaligini boshqarish tizimini takomillashtirish, mehnatni tashkil etishning yangi shakllarini rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan edi.
Download 37,78 Kb.
  1   2




Download 37,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



" Qayta qurish" davrida aholi turmush tarzining og‘irlashuvi Reja

Download 37,78 Kb.