• Parakli nasoslarning tuzilishi va ishlatish prinsipi.
  • b)Hisobiy usulda nasosning bosimini aniqlash




    Download 4,13 Mb.
    bet5/14
    Sana04.06.2024
    Hajmi4,13 Mb.
    #260197
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    NASOSLAR TUZILSHI
    AGRASANOAT MAJMUASIDA MOLIYA KREDIT TIZIMINI AMAL QILISH MEXANIZMI, Using interactive method in primary school, gap turlari, Makroiqtisodiy barqarorlik inqiroz , ishsizlik va inflatsiya., Uzoq muddatli majburiyatlar hisobi, Fe\'llarda grammatik kategoriyalar tahlili, Agrofermerlar, MUSTAQIL ISH YORUG\'LIK, Jismoniy sifatlarni rivojlantirish, Kompyuter texnologiyalari yordamida o\'qituvchilarning kasbiy malakalarini oshirib boorish
    b)Hisobiy usulda nasosning bosimini aniqlash. Buning uchun tenglashtirish tekisligi 0-0 ga nisbatan so’rish qismidagi 1-1 va 2-2, hamda bosimli qismidagi 3-3

    5 – rasm. Nasos qurilmasining o’rnatilish shakllari
    va 4-4 kesimlar uchun ikkita Bernulli tenglamasi tuzamiz:
    (1.11)


    (1.12)

    bu yerda Σhws va Σhwx - so’rish va bosimli quvurlaridagi bosim isroflari, m; Vp.s va Vyu.s – pastki va yuqori havzalardagi suvning tezliklari, m/s.


    Yuqoridagi (1.11) va (1.12) tenglamalardan yuqori va pastki suv sathidagi tezliklar Vp.s=Vyu.s=0 qabul qilib, va qiymatlarini topamiz:


    (1.13)


    (1.14)
    Ushbu (1.13) va (1.14) formulalardan. va deb belgilasak, vakuummetr va manometrni ko’rsatishlarini hisoblab aniqlash mumkin:
    Demak, ochiq havzalarga ishlaganda nasosning bosimi suyuqlikni to’la geodezik balandlikka ko’tarishga va quvurlardagi gidravlik qarshiliklarni yengishga sarflanadi.
    2.1 Parakli nasoslarning tuzilishi va ishlatish prinsipi.
    kuraklaridan oqib o’tish jarayonida uning gidravlik energiyasiga aylanadi ya`ni suyuqlikning statik va dinamik bosimi ortadi.
    Kurakli nasoslar quyidagicha tasniflanadi:
    - ishchi g’ildiragi shakli bo’yicha: markazdan qochma, o’qiy va diagonal;
    - ishchi g’ildiraklar soni bo’yicha: bir g’ildirakli, ko’p g’ildirakli (ko’p pog’onali);
    - suyuqlikni ishchi g’ildirakka kirish xususiyati bo’yicha (markazdan qochma nasoslarda): bir tomonlama, ikki tomonlama;
    - valini o’rnatilish holati bo’yicha: gorizontal, vertikal va qiya valli;
    - bosim hosil qilishi bo’yicha: past bosimli (H<20 m), o’rta bosimli (H=20…60 m), yuqori bosimli (H>60 m);.
    - tezkorligi bo’yicha: markazdan qochma: sekinyurar (ns = 40…80), o’rtacha tezkorlikdagi (ns = 80…150), tezkor (ns=150...350); diagonal (ns=350…600), o’qiy (ns=600...1200);
    - ahamiyati bo’yicha: umumiy vazifani bajaruvchi; maxsus vazifani bajaruvchi ya`ni ximiyaviy aktiv suyuqliklar uchun, ifloslangan kanalizasiya suvlari uchun, loyqa, qum yoki kul aralashmasi uchun, issiq suvlar uchun va hokazo.
    Bir xil tuzilishdagi va turli foydalanish ko’rsatkichlariga ega bo’lgan barcha nasoslar har biri o’z belgisi bilan farqlanadi. Kurakli nasoslarning umumiy belgilanish tartibi quyidagicha:
    T Qc – H yoki T - Qc / H (3.1)
    Ayrim turdagi nasoslarning belgilariga qisman o’zgartirishlar kiritilgan, ya`ni:
    - K turdagi markazdan qochma nasoslar: a K-Qc / H;
    - V turdagi vertikal valli markazdan qochma nasoslar: Dn B – Q / H;
    - EVS turdagi markazdan qochma artezian nasoslari: ESV α -Qc/H;
    - O, OP turdagi o’qiy nasoslar OP m - Di.g’ ;
    - boshqa turdagi markazdan qochma va o’qiy nasoslar (ifloslangan, qattiq zarrachali, loyqa aralashmasi uchun, suvga cho’ktiriladigan): T Qs - H;
    bu yerda T-nasos turi; Qs,Q-nasosning suyuqlik uzatishi, mos ravishda m3/soat, m3/s; H-nasosning bosimi, m; a – so’rg’ichini 25 marta kamaytirilgan diametri, mm; Dn- uzatkichi diametri, mm; α- artezian qudug’ining o’rama quvurini 25 marta kamaytirilgan ichki diametri, mm; m-andoza (model) tartibi; Di.g’ –ishchi g’ildiragi diametri, sm.
    Markazdan qochma nasosning (3.1-rasm) asosiy ishchi elementi qobiq 3 ichida 1 valga o’rnatilgan, erkin aylanuvchi 2 ishchi g’ildirak bo’lib, suyuqlikni unga kirishi o’q yo’nalishida va chiqishi g’ildirak kanallari orqali radius yo’nalishida bo’ladi. Ishchi g’ildirak ikkita (old va orqa) gardishlar va ular orasiga joylashgan kuraklardan tashkil topgan bo’lib, kuraklar g’ildirak aylanishiga teskari tomoniga egilgan holda tayyorlanadi. Suyuqlik ishchi g’ildirakdan qobiq ichidagi 3 spiralsimon olib ketuvchi moslama yordamida 13 uzatkichga chiqariladi.
    Ishchi g’ildirak aylanganda kuraklari oraligida uning o’qidan r radiusda joylashgan har bir m massali suyuqlik hajmiga ta`sir etuvchi markazdan qochma kuch
    , (3.2)
    bu yerda valning aylanish burchak tezligi.
    Ana shu markazdan qochma kuch ta`sirida suyuqlik g’ildirakdan chiqishi natijasida uning atrofida bosim ortadi, ishchi g’ildirak markazida bosim pasayadi (vakuum hosil bo’ladi), hamda suyuqlikning so’rish quvuridan uzluksiz kelishi ta`minlanadi.
    Hozirgi kunda ahamiyati va ishlash sharoiti bo’yicha ko’p turdagi xilma-xil tuzilishdagi markazdan qochma nasoslar ishlab chiqilgan.

    Download 4,13 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 4,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    b)Hisobiy usulda nasosning bosimini aniqlash

    Download 4,13 Mb.