|
Fan va innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 1/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 341,19 Kb. | | #233150 |
Bog'liq Fe\'llarda grammatik kategoriyalar tahlili
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
АLISHER NАVOIY NOMIDАGI
TOSHKENT DАVLАT O‘ZBEK TILI VА АDАBIYOTI UNIVERSITETI
O‘ZBEK TILI VА АDАBIYOTI KAFEDRASI
Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti
___ -guruh talabasi O’rinova Sayyora
“Hozırgı o‘zbek adabıy tili” fanidan
“Fe'llarda grammatik kategoriyalar tahlili” mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar:__________________
Toshkent – 2024
M U N D A R I J A
KIRISH...................................................................................................................3
I BOB FE'L SO‘Z TURKUMI VA UNING GRAMMATIK KATEGORIYALARI
Fe’l so’z turkumi nazariyasi...........................................................................5
Fe’llarning tuslanishi va grammatik kategoriyalari .....................................12
II BOB. HOZİRGİ O‘ZBEK ADABİY TİLİDA FE’LGA XOS GRAMMATİK KATEGORİYALAR
2.1 Harakat va holat fe’llariga umumiy tasnif........................................................17
2.2 Fe‘lning lug‘at shakli va Fe’l zamonlari …………………………………….23
XULOSA...............................................................................................................33
FOYDALANILGAN ADABIYODAR RO‘YXATI.........................................36
KIRISH
Mavzuni o‘rganilganlik darajasi. Lisoniy birliklarni uslubiy xosligiga koʻra razmetkalash annotatsiyalashning lingvistik tavsiflovchi turiga mansub boʻlib, quyida feʻl grammatik shakllarini uslubiy xosligiga koʻra teglash masalalari xususida fikr yuritamiz. Mayl shakllarining uslubiy xoslanishini ifodalash xususida.
Feʻl mayllari oʻziga xos shakllarga ega boʻlib, turli xil modal maʻnolarni ifodalaydi. Shunga qaramay, feʻl mayllarining biri oʻrnida ikkinchisini qoʻllash mumkin. Ana shu holat ulardagi keng uslubiy imkoniyatlarni roʻyobga chiqaradi. Feʻlning ijro maylida modallik, taʻsirchanlik deyarli boʻlmaydi. Bunda faqat harakatning bajarilishbajarilmasligi haqida xabar berish maʻnosi anglashiladi.
Ammo bu mayl baʻzan buyruq yoki shart mayllari oʻrnida kelib, ular anglatgan maʻnolarni ifodalashi mumkin: uylarni yigʻishtirasan, oshxonani tozalaysan, soʻngra kinoga borasan (yigʻishtir, tozala, bor buyruq feʻllari oʻrnida kelgan) Bunday holatda mayl shaklini bildiruvchi qoʻshimchani uslubiy xoslanishini hozircha koʻrsatib boʻlmaydi. Chunki uslubiy xoslanganlik haqidagi maʻlumot bilan teglashtirishda faqat lisoniy birlikning shakliga asoslanamiz. Yuqorida koʻrsatilgan holatni ham teglash mumkin, ammo buning uchun korpusda semantik analizator ishlashi kerak: yaʻni morfologik shakl bilan aniqlanmaydigan birliklar semantik analizator funksiyasi ishga tushganda avtomatik tahlil qilinishi mumkin.
Feʻlning buyruq-istak mayli buyurish, soʻrash, qistash, iltimos kabi maʻnolarni bildiradi. Bu maʻnolar ikkinchi va uchinchi shaxslarga qaratilgan boʻladi. Ammo buyruq maylining birinchi shaxs koʻrinishi mavjud emas. Chunki soʻzlovchi oʻziga oʻzi buyurishining imkoni yoʻq. Shunga qaramay, badiiy asarlarda personajlar nutqida maʻlum uslubiy talab bilan oʻziga oʻzi undash uchraydi. Bunda soʻzlovchi oʻzini ikkinchi shaxs oʻrniga qoʻyib gapiradi. Buning oʻziga xos semantik-uslubiy xususiyatlari bor. Jumladan, buyruq bevosita soʻzlovchining oʻziga tegishli boʻladi: Rajabboy, bu ishni qiling (“men bu ishni qilay” maʻnosida, soʻzlovchi birinchi shaxs). Bu tarzdagi qoʻllanish soʻzlashuv uslubiga xos boʻlib, oʻzini ovsarlikka olish yoki gʻururlanish maʻnosida keladi [Qilichev 1992, 62]. Bu kabi holatlar haqida ham aynan yuqoridagi muammoni aytish mumkin. E.Qilichevning taʻkidlashicha, feʻlning buyruq-istak mayl shakllari badiiy uslubda, publitsistikada keng qoʻllanadi. Shart mayli feʻl oʻzaklariga -sa affiksini qoʻshish bilan hosil qilinadi. -sa shaklli feʻllarda modallik, hissiy-taʻsirchanlik maʻnolari kuchli seziladi. -sa shakli orqali nafaqat shart maʻnosi, balki orzu, xohish, iltimos, sabab maʻnolari ham ifodalanadi: ishlasa, borsam, borib kelsang. Menga soʻz bersangiz edi kabi [Qilichev 1992, 62].
Koʻrinyaptiki, feʻlning mayl shakllari ichida soʻzlashuv, badiiy, publitsistik uslubga xoslanish ilmiy jihatdan asoslangan, ammo bunday xoslanish feʻlning maʻlum bir uslubida maxsus morfologik shakl bilan farqlanmaydi, yaʻni bir morfologik shakl maʻlum kontekstda uslubiy xoslanishni ifodalasa, boshqa kontekstda uslubiy betaraf boʻladi. Bunday holatlarni avtomatik tahlil qilishning hozircha imkoni yoʻq. Oʻzbek kompyuter lingvistikasining keyingi bosqichlarida ushbu tahlilni amalga oshiruvchi analizatorlar yaratilsa, kontekstga qarab uslubiy xoslanishni aniqlash imkoni paydo boʻladi. Feʻl zamon shakllarining uslubiy xususiyatini avtomatik aniqlash. Feʻlning zamon kategoriyasi ‒ obyektiv voqelikning tilda aks etishining bir koʻrinishi.
|
| |