II BOB. HOZİRGİ O‘ZBEK ADABİY TİLİDA FE’LGA XOS GRAMMATİK KATEGORİYALAR




Download 341,19 Kb.
bet4/7
Sana14.05.2024
Hajmi341,19 Kb.
#233150
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fe\'llarda grammatik kategoriyalar tahlili
AGRASANOAT MAJMUASIDA MOLIYA KREDIT TIZIMINI AMAL QILISH MEXANIZMI, Using interactive method in primary school, gap turlari, Makroiqtisodiy barqarorlik inqiroz , ishsizlik va inflatsiya., Uzoq muddatli majburiyatlar hisobi, Agrofermerlar, MUSTAQIL ISH YORUG\'LIK, NASOSLAR TUZILSHI, Jismoniy sifatlarni rivojlantirish, Kompyuter texnologiyalari yordamida o\'qituvchilarning kasbiy malakalarini oshirib boorish
II BOB. HOZİRGİ O‘ZBEK ADABİY TİLİDA FE’LGA XOS GRAMMATİK KATEGORİYALAR
2.1 Harakat va holat fe’llariga umumiy tasnif
Analitik yo‘l bilan modal ma’no ko‘makchi fe’llar va to‘liqsiz fe’l yordamida hosil qilinadi. Har bir ko‘makchi fe’l yetakchi fe’l bilan birikib modal ma’nolar ifodalaydi. Masalan, ishning endi boshlanganligi (kuylay boshladi), davomliligi (ishlab yuribdi), tugallanganligi (o‘qib chiqdi) kabi ma’nolar boshla, yur, chiq ko‘makchi fe’llari orqali ifodalangan.8
Modal ma’no ifodalash jihatidan ham ayrim ko‘makchi fe’llar sinonimlik tashkil qiladi. Masalan, biror harakatni bajara olish imkoniyati bil, ol yordamchi fe’llarida teng ifodalanadi. Chog‘ishtiring: o‘qiy biladi ‒ o‘qiy oladi, kela biladi ‒ kela oladi kabi. Shunga qaramay, ayrim ko‘makchi fe’llar ba’zi fe’llar bilan birika olmaydi. Masalan, yoz ko‘makchi fe’li quvonmoq, tekshirmoq, o‘smoq qabi fe’llar bilan birika olmaydi. Og‘zaki va yozma nutqda bunga e’tibor qilmaslik natijasida uslubiy xatolarga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari uslubiy vazifa bajarsada, ularning shakli uslubiy ma’nosini hozircha avtomatik aniqlash imkonini bermaydi. Edi, ekan, emish, erur to‘liqsiz fe’llarda aslida e o‘zagidan hosil bo‘lgan.
To‘liqsiz fe’l ot, sifat, son, olmosh kabi so‘z turkumlari bilan birikib, ularga fe’llik tusini beradi. Fe’llar bilan birikib kelganda esa harakatning aniq bajarilganligi, harakatning bajarilish ehtimoli borligi, payti, maqsadi kabi modal ma’nolarni ifodalab keladi. Erur to‘liqsiz fe’li tarixiy-badiiy asarlarda davr ruhini berish uchun ishlatiladi. To‘liqsiz fe’lning ekan, -kan shakllari so‘zlashuv nutqi uslubida ko‘proq qo‘llanadi.
Fe’lning UGMsi – «ish-harakat va holatni jarayon sifatida ifodalash». Holat ifodalash boshqa so’z turkumiga ham xos. Biroq fe’lda u bir tusdan boshqasiga o’tish tarzida. Masalan, Daraxtlar yam-yashil gapida sifat-kesim (yam-yashil) turg’un holatni ifodalamoqda. Daraxtlar ko’kardi gapida esa holat jarayon sifatida, bir tusdan ikkinchisiga o’tish tarzida yuz bermoqda.
Ish-harakatning barchasi ham zamon bilan bog’liq holda yuz bersa-da, gapda ulardagi zamon ifodalanmasligi mumkin. Daraxtlar ko’kardi gapidagi fe’lda zamon lisoniy ifodasiga ega. Ishga borish gapidagi fe’lda esa bunday xususiyat lisoniy voqelanmagan.
O’zbek tilidagi fe’llar leksik-grammatik xususiyatiga ko’ra ikki asosiy guruhga ega:
a) mustaqil fe’l;
b) nomustaqil fe’l.
Mustaqil fe’lga quyidagi xususiyat xos:
1) lug’aviy ma’no asosidagi harakatni ifodalaydi va shu boisdan gapda biror bo’lak vazifasida keladi;
2) biror so’zni boshqarib (kitobni o’qidi) yoki biror so’z tomonidan boshqarilib (o’qilgan kitob) keladi;
3) harakatning ob’ektga munosabatiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
a) o’timli fe’l;
b) o’timsiz fe’l.
O’timli fe’l bildirgan harakat ob’ekt tushunchasi bilan bog’lanadi va bunda ob’ektni ifodalovchi birlik tushum kelishigidagi so’z bo’ladi: [ol], [o’qi], [boshqar]. O’timsiz fe’l bunday xususiyatga ega bo’lmaydi: [yig’la], [uxla], [cevin]. O’timli-o’timsizlik fe’lning mohiyatida, lisoniy tabiatli bo’lishi ham, grammatik shakl vositasida hosil qilinishi ham mumkin. Masalan, [uxla], [yig’la], [bor], [ket], [kel] fe’lida o’timsizlik ma’nosi fe’lning o’zak-negizidan anglashiladi va u lisoniy tabiatli. [Yuvinmoq], [sevinmoq], [burilmoq], [qirilmoq] fe’lidagi o’timcizlik esa nutqiy, grammatik vosita yordamida vujudga kelgan. (Bu haqda «Nisbat kategoriyasi» mavzusida so’z yuritiladi);
4) fe’l ifodalagan harakat ob’ektiv borliq hodisasi bo’lib, uni tilda ifodalashda bevosita inson, so’zlovchi ishtirok etadi. Tilda ifodalangan harakatda, demak, inson munosabati ham mavjud bo’ladi. Bunday munosabat fe’l mayli deb yuritiladi;
5) harakat real yoki irreal bo’lishi ham mumkin. Bunga ko’ra, bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar farqlanadi;
6) har qanday harakat bajaruvchi bilan ham bog’lanadi. Bajaruvchi aniq, noaniq, bitta yoki bir nechta bo’lishi mumkin. Ish-harakatning bajaruvchiga munosabat nuqtai nazaridan tavsifi fe’l nisbatlari deb yuritiladi;
7) harakat zamon bilan bog’lanishi mumkin. Mantiqan zamondan tashqaridagi harakat yo’q. Yuqorida tilga olingan (borish) fe’lida zamon bevosita ifodalanmagan. Lekin uni gap ichida olsak (Ishga borish lozim), uning kelasi zamonda yuz beradigan harakat ekanligi mantiqan anglashilib turadi. Demak, har qanday fe’lda yo grammatik, yo mantiqiy zamon ifodalanadi. Modomiki, til qurilishini o’rganayotgan ekanmiz, biz uchun grammatik zamon ahamiyatli. Shu boisdan zamonli va zamonsiz fe’lni farqlaymiz; 9
8) aytilganidek, borliqda harakat, albatta, bajaruvchi bilan bog’lanadi. Biroq uning tildagi ifodasida grammatik shaxs mavjud bo’lmasligi mumkin. Masalan, Halim keldi gapida grammatik shaxs mavjud. U kesimlik shaklida yuzaga chiqqan. Biroq Halim kelgach qurilmasida mantiqiy shaxs mavjud bo’lsa-da, u o’z ifodasiga ega emas. Chunki qurilma men kelgach, sen kelgach tusini olsa ham, (kelgach) so’zshaklida bajaruvchi qaysi shaxsda ekanligi noaniqligicha qoladi. (Halim), (men), (sen) mantiqiy bajaruvchi, grammatik emas. Bu nutqdagi tuslangan va tuslanmagan fe’lni farqlashni taqozo qiladi.
Tildagi mantiqiy va grammatik jihatni keskin farqlay bilish kerak. Ularni qorishtirish har xil chalkashliklarga olib keladi, mohiyatni anglashga to’siq bo’ladi.
Nomustaqil fe’llar bevosita lug’aviy ifodali harakat ma’nosiga ega emas. Masalan, qaror qildi, o’qib chiqdi, ishlayotgan ekan hosilalarida (qildi), (chiqdi), (ekan) birliklari oldinda turgan so’zlarning lug’aviy ma’nosini yo yangilagan, yo modifikatsiya qilgan. Biroq bu fe’llardan ham qandaydir harakat uqilmoqda. Bu harakat derivatsion, grammatik harakat, lekin lug’aviy emas. Aniqrog’i, ular o’zlaridan oldingi so’zlarning ma’nolariga harakat, jarayon tusini bermoqda.
Nomustaqil fe’l mohiyat e’tibori bilan uchga bo’linadi:
a) yordamchi fe’l;
b) ko’makchi fe’l;
v) to’liqsiz fe’l.
Yordamchi fe’l yangi lug’aviy birlik hosil qiladi – so’z yasaydi, ko’makchi fe’l harakat tarzi shaklining bir qismi bo’lib, fe’l lug’aviy ma’nosini nutqqa xoslaydi – modifikatsiya qiladi, to’liqsiz fe’l esa fe’l va fe’l bo’lmagan so’zning zamonini ko’rsatadi.
Fe’lning asosiy LMGlari. LMGda markaz va qurshov leksemalari. Fe’llar anglatgan qator ma’nolariga ko’ra turli mazmuniy guruhlarga bo’linadi. Bunda harakatga xos yaratish, buzish, o’zgartirish, so’zlash, sezish, yo’naltirish, holatga xos ruhiy-psixologik, tafakkur bilan bog’liq fe’llar farqlanadi. Bulardan xarakterlilarini ko’rib o’tamiz.
Harakat fe’li jonli va jonsiz predmetga xos harakatni ifodalaydi. Ular yurish, ta’sir etish, zarb berish kabi ko’rinishda bo’lishi mumkin. Qo’l, oyoq, yuz, og’iz, gavda bilan bog’liq harakatda harakatlanuvchi ob’ekt yaqqol ko’rinib turadi. Oyoq bilan bog’liq harakatni ifodalovchi fe’l: [yurmoq], [kezmoq], [yo’rg’alamoq], [pildiramoq], [lapanglamoq], [gandiraklamoq], [do’konglamoq,] [tentiramoq], [tepkilamoq], [tepmoq], [toptamoq], [depsinmoq], [tisarilmoq]; qo’l bilan bog’liq harakatni ifodalovchi fe’l: [urmoq], [solmoq], [ushlamoq], [silamoq], [tirnamoq], [shapaloqlamoq], [chimchilamoq], [uqalamoq], [qitiqlamoq], [changallamoq], [mushtlamoq], [chertmoq], [hovuchlamoq], [chapak chalmoq], [paxsa qilmoq];
Yuz, gavda, og’iz, lab, quloq, burun va h. bilan bog’liq harakat ham mavjud.
Nutq fe’llari insonning gapirish faoliyati bilan bog’liq harakatlarni ifodalaydi: [gapirmoq], [so’zlamoq], [aytmoq], [demoq], [bidirlamoq], [to’ng’illamoq], [g’o’ldiramoq], [vaysamoq], [vaqillamoq], [javramoq], [bobillamoq], [javob bermoq], [vag’illamoq] kabi.
Holat fe’llari. Inson tabiatiga xos jismoniy va ruhiy holat turli xususiyatga ega. Holatni to’rtga bo’lish mumkin:
a) ichki holat (ruhiy kechinmalar bilan bog’liq): [eslash], [unutish], [yodlash], [tubanlashmoq];
b) tashqi holat (ichki holatning namoyon bo’lishi bilan bog’liq): [xafa bo’lmoq], [shodlanmoq], [esankiramoq], [dovdiramoq],[g’azablanmoq];
v) jismoniy holat (inson tanasi bilan bog’liq: [holsizlanmoq], [kuymoq], [kuchlanmoq], [zaiflashmoq];
g) ijtimoiy holat (jamiyat bilan bog’liq): [boyimoq], [kambag’allashmoq], [ko’tarilmoq], [urilmoq], [quvg’in bo’lmoq].
Natijali faoliyat fe’llari tizimi [yasamoq], [qurmoq], [bunyod etmoq], [hosil bo’lmoq], [chizmoq], [yozmoq], [barpo qilmoq], [arralamoq], [parchalamoq], [sayqal bermoq], [randalamoq], [sindirmoq], [emoq], [o’chirmoq] kabi birliklarni o’z ichiga oladi.
Tafakkur fe’llari sirasiga insonning fikrlash qobiliyati bilan bog’liq o’ylamoq, fikrlamoq, xayol surmoq, tafakkur qilmoq, o’yga botmoq, ko’z oldiga keltirmoq, bir qarorga kelmoq, xulosaga kelmoq kabilar kiradi.10
Munosabat fe’llari qatori [erkalamoq], [suymoq], [yaxshi ko’rmoq], [parvona bo’lmoq], [rahmi kelmoq], [xushomad qilmoq], [yon bosmoq], [maftun bo’lmoq], [e’zozlamoq] kabi ijobiy xarakterdagi munosabat fe’llari, [beti qursin], [xudo olsin], [qorasi o’chsin], [baloga giriftor bo’lsin], [juvonmarg bo’lgur] kabi salbiy xarakterdagi munosabat fe’llaridan tashkil topadi.
Fe’l ma’noviy guruhlarida ham markaz va qurshov leksemalari farqlanadi. Masalan, ma’nodosh fe’llarda bosh (dominanta) so’z, uyadoshlik paradigmasida uya (giperonim) markaz leksemasi hisoblansa, boshqa ma’nodosh va uyadosh (giponimlar) qurshov leksemaci deyiladi. [Kulmoq] fe’li dominanta sifatida bunga ma’nodosh boshqa leksemalarni, [buzmoq] esa buzishning turli ko’rinishini ifodalaydigan giponim leksemani uyushtirib turadi. So’zlar yirikroq butunliklarga birlashtirilganda, markaz leksemasigina bu butunlikdan joy oladi. Qurshov leksemalari esa uning «soyasi» sifatida quyida qolaveradi. Masalan, [kulmoq], [yig’lamoq], [xursand bo’lmoq] leksemalari o’z atrofida ko’plab fe’llarni birlashtirgan. Lekin ular bu uch leksema mansub tizimga kira olmaydi, quyi bosqichda qoladi.
Fe’lda so’zshaklning turlari. Fe’lda ham, boshqa turkumda bo’lgani kabi, so’zshakllar nol shaklli, sintetik, sintetik-analitik, takroriy ko’rinishda bo’ladi.
Nutqda fe’lning moddiy (nol ko’rsatkichdan boshqa) grammatik shakldan xoli qilingan qismi har doim kelasi zamon, buyruq mayli, aniq nisbat, ikkinchi shaxs, birlik ma’nosini ifodalaydi: (bor), (kel), (o’qi), (yoz), (sev), (ayt), (ishon) kabi. Bunday so’zshakllar nol shaklli deyiladi. Yuqorida aytilganidek, nol shakl masalasi o’zbek tilshunosligida o’z echimini kutayotgan muammolardan.
Grammatik shakli qo’shimcha tusida bo’lgan fe’l sintetik shaklli so’zshakl deyiladi: (o’qiyman), (bordim), (kelyapman), (yozayotirman), (shoshib), (kelgach), (kelgan) kabi. Bunda grammatik shakl fe’l o’zak-negiziga «yopishgan» holda bo’ladi.
Fe’llar nomustaqil fe’l bilan shakllanganda, albatta, sintetik-analitik ko’rinishda bo’ladi. Masalan, (o’qib chiqdi), (ayta boshladi), (borgan ekan) kabi. Bunda ham «yopishgan», ham «ajralgan» grammatik shakl yaxlitlikni tashkil qilganligi uchun u sintetik-analitik shakl atamasi bilan yuritiladi.
Takroriy shakllarni faqat takroriy deyish unchalik to’g’ri emas. Chunki bunda takrorlanayotgan fe’l avval sintetik shakl qiyofasiga kiradi, so’ngra takroriy shaklga aylanadi. Masalan, (aytdi-aytdi), (o’qidi-o’qidi), (bordi-bordi) kabi. Misol: aytib-aytib charchadi, chopib-chopib o’ynadi va h. Bunda takrorlanuvchi fe’l nisbat, o’zgalovchi, kesimlik shaklini olgan va undan keyin takrorlangan.
Ayrim manbalarda fe’lning juft so’zshakl turi ham ajratilib, unga (aytdi-qo’ydi), (topshirdi-qo’ydi) tipidagi misol kiritiladi. Bunga qo’shilib bo’lmaydi. Chunki juftlanayotgan fe’lning ikkalasi ham mustaqil bo’lsa va ularning juftlanishidan yangi grammatik ma’no uqilsagina, uni so’zshakllarning juftligi deyishga asos bo’lur edi. Bunda esa juftlikning ikkinchi qismi ko’makchi fe’l sifatida grammatik ma’no ifodalash uchungina xizmat qilmoqda.


Download 341,19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 341,19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. HOZİRGİ O‘ZBEK ADABİY TİLİDA FE’LGA XOS GRAMMATİK KATEGORİYALAR

Download 341,19 Kb.