Fe‘lning lug‘at shakli va Fe’l zamonlari




Download 341,19 Kb.
bet5/7
Sana14.05.2024
Hajmi341,19 Kb.
#233150
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fe\'llarda grammatik kategoriyalar tahlili
AGRASANOAT MAJMUASIDA MOLIYA KREDIT TIZIMINI AMAL QILISH MEXANIZMI, Using interactive method in primary school, gap turlari, Makroiqtisodiy barqarorlik inqiroz , ishsizlik va inflatsiya., Uzoq muddatli majburiyatlar hisobi, Agrofermerlar, MUSTAQIL ISH YORUG\'LIK, NASOSLAR TUZILSHI, Jismoniy sifatlarni rivojlantirish, Kompyuter texnologiyalari yordamida o\'qituvchilarning kasbiy malakalarini oshirib boorish
2.2 Fe‘lning lug‘at shakli va Fe’l zamonlari
Fe’l o’ziga xos so’z yasalish tizimiga ega. U, asosan, affiksatsiya va kompozitsiya usuli.
Affiksatsiya usuli. Affiksatsiya usuli keng qamrovli. Bu usul bilan fe’l bo’lmagan so’zdan fe’l yasaladi.
Yasash asosiga qo’shilib, fe’l hosil qiluvchi affiksning so’z yasash darajasi ham turlicha. [-la], [-lan], [-lashtir], [-(a)|r], [-(a)y] kabi affiks ancha mahsuldor bo’lib, ko’p miqdorda fe’l hosil qiladi. Bu affiksning har biri turli derivatsion qolip tarkibida fe’l yasaydi:
1. [otG’sifatG’ravishG’olmoshG’taqlidG’undov Q la q 1) asosdan anglashigan narsaG’predmetga ega holatli qilish harakati; 2) asosdan anglashilgan asbob vositasida bajariladigan harakat; 3) asosdan anglashilgan narsaG’predmetni yuzaga keltirish harakati] qolipi ko’p ma’noli bo’lib, uning hosilalari quyidagicha:
1) (o’g’itla), (moyla), (betonla), (jilovla), (kishanla), (tikla), (tekisla), (dumaloqla), (to’g’rila), (tushovla);
2) (randala), (qaychila), (egovla), (arrala);
3) (urug’la), (mog’orla), (bolala), (chuhla), (dodla), (gumburla), (sizla), (senla), (hozirla) kabi.
2. [otG’sifatG’son Q lanG’lash Q sub’ektning asosdan anglashilgan belgiga ega bo’lishi harakati] qolipi tarkibidagi [-lanG’lash] affiksi o’zining murakkab tabiati bilan xarakterlanadi. Zohiran ular ikki affiksning birikuvi (-laQn va -laQsh) dek ko’rinadi. Chunki hozirgi o’zbek tilida [-la] so’z yasovchi va [-sh] hamda [-n] nisbat shakllari faol bo’lib, ko’p hollarda ular birgalikda keladi. Shuningdek, [-lanG’lash] affikslarida birgalik va o’zlik nisbati ma’nolari ham uqilib turadi ((shodlanmoq), (salomlashmoq), (afsuslanmoq), (ajablanmoq), (zavqlanmoq), (lazzatlanmoq), (janjallashmoq), (ravshanlashmoq) kabi). Biroq bu misollarda (-lanG’lash) affiksini ajratib bo’lmaydi. (Maydalanmoq) kabi fe’llarda esa ular ajraladi (maydaQlaQnQmoq). Demak, bunda [-la] va [-n] – mustaqil affiks.
[-lan] affiksining aslida [-la] va [-n] affikslarining birikuvidan iborat ekanligini sezish qiyin emas.
3. [taqlidQillaG’iraqasos bildirgan tovush yoki obrazni harakat tarzida ifodalash] qolipi faqat taqlid so’zlardan fe’l yasaydi: (chirqillamoq), (chirsillamoq), (likillamoq), (guvillamoq), (shuvillamoq), (mo’ltillamoq), (bezillamoq), (yarqiramoq), (sirqiramoq), (mo’ltiramoq), (yaltiramoq). [-illa] va [-ira] qo’shimchalari orasida ma’noviy farq kuzatilmaydi, balki ular qaysi so’zga qo’shilishi bilan farqlanadi, xolos.
4. [otG’sifatG’taqlidQa] ((oshamoq), (qonamoq), (o’ynamoq), (bo’shamoq), (qiynamoq), (shildiramoq), (jildiramoq)), [sifatG’ravishQ(a)y] ((qoraymoq), (toraymoq), (ko’paymoq), (ozaymoq)), [sifatQ(a)r] ((oqarmoq), (ko’karmoq), (qisqarmoq), (eskirmoq)), [otG’olmoshQsira] ((qonsiramoq), (suvsiramoq), (tuzsiramoq), (gumonsiramoq)), [sonG’otG’ravishQ(i)kG’(i)q] ((birikmoq), (yo’liqmoq), (kechikmoq), (zo’riqmoq)), [sifatG’otQi] ((tinchimoq), (boyimoq), (changimoq)), [sifatQt] ((to’latmoq), (berkitmoq)) qoliplari unumsiz qolip bo’lib, birinchidan, ularning hosilalari sanoqli bo’lib, bugungi kunda bu qolip asosida yangi-yangi so’z hosil qilib bo’lmaydi, ikkinchidan, bu hosila davr o’tishi bilan derivatsion ma’nosi jihatidan bir-biridan shu darajada uzoqlashib ketganki, ular asosida qolipning o’ng, ya’ni ma’noviy tomonini chiqarib, aniqlab bo’lmaydi. (Kamsitmoq), (boshqarmoq), (g’ivirsimoq), (yo’qolmoq), (kuchanmoq), (yotsinmoq), (qiziqsinmoq) kabi fe’lning ham yasamaligi aniq, lekin ulardagi affikslar ayrim so’z doirasida chegaralangan. Ularga nisbatan ham yuqorida aytilgan fikr o’rinli.
Eslatma: (siltala), (tortqila), (opichla) kabi so’zdagi shakl yasovchi [-la] affiksini fe’l yasovchi [-la] affiksi bilan chalkashtirmaslik kerak. Ular – omonim affiks.
[-kila] (-qila, -gila,- g’ila), [-imsira], [-inqira], [-shG’ish] (to’lish, qizish, ozish), [-qG’iqG’kG’ik] (toliq, ko’nik), [-qiG’g’i] affikslari hozirgi o’zbek tilida harakatning tarzini (kuchliG’kuchsizligi, takroriyligi kabi) bildirganligi uchun shakl yasovchi sifatida qaraladi.
Kompozitsiya usuli. Bu usul vositasida qo’shma va juft fe’l yasaladi.
Qo’shma fe’l. Qo’shma fe’l tarkibiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
a) ismQfe’l;
b) fe’lQfe’l.
IsmQfe’l tipidagi fe’lni hosil qilishda yordamchi fe’l vazifasida [qilmoq], [etmoq], [aylamoq], [bo’lmoq], [bermoq], [olmoq], [topmoq], [emoq], [urmoq, [ko’rmoq, [kelmoq], [keltirmoq] kabi birlik keladi: [abgor qilmoq], [ado bo’lmoq], [ayyuhannos solmoq], [javob bermoq], [javob olmoq], [xalal bermoq], [xabar olmoq], [qiron solmoq], [tartibga keltirmoq], [oh urmoq], [tush ko’rmoq], [ qo’nim topmoq] kabi.
O’zbek tilida fe’lQfe’l tipidagi fe’l barmoq bilan sanarli: [sotib olmoq], [olib bormoq], [olib kelmoq], [olib chiqmoq], [olib qochmoq], [ishlab chiqarmoq] kabi.
Juft fe’l. Juft fe’l grammatik shakliga ko’ra ikki ko’rinishda bo’ladi:
a) biri ravishdosh, ikkinchisi boshqa shaklda: [aylanib-o’rgilmoq], [elib-yugurmoq], [yayrab-yashnamoq], [ o’ynab-kulmoq], [qo’llab-quvvatlamoq];
b) har ikki qismi bir xil shaklda: [aylanib-o’rgilib], [o’ylamay-netmay], [aralashib-quralashib], [achib-bijib], [tejab-tergab], [qisinib-qimtinib], [yuvib-tarab], [yayrab-yashnab].
Tilshunosligimizda fe’l ibora bilan qo’shma fe’l chegarasi aniq oydinlashtirilmagan.
Juft fe’llar tarkibiy qismining qo’llanishiga ko’ra quyidagi shakllarda bo’ladi:
1) qismlari yakka holda ishlatiladigan juft fe’llar:
a) qismlari o’zaro sinonim: [hormay-tolmay], [qo’llab-quvvatlamoq];
b) qismlari o’zaro antonim: [kelib-ketib], [o’lib-tirilib], kirib-chiqib], [o’tirib-turib];
v) qismlarining ma’nosi yaqin: [aylanib-o’rgilmoq], [eb-ichmoq], [o’ynab-kulmoq], [oshirib-toshirib], [yuvib-tarab].
2) ikkinchi qismi yakka (mustaqil) ishlatilmaydigan fe’l: [aldab-suldab], [yig’lab-siqtab], [yamab-yasqab], [qolgan-qutgan].
Fe’l tasniflovchi kategoriyalari haqida umumiy ma’lumot. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari faqat shu turkumga xos grammatik shakllar sistemasi. Ular nisbat, o’zgalovchi, harakat tarzi, bo’lishli-bo’lishsizlik kategoriyalari. Fe’l kesimlik yoki nokesimlik vazifasida bo’lishidan qat’i nazar, ushbu shakldan birida bo’lishi shart. Ular fe’l leksemaning lug’aviy ma’nosini modifikatsiya qilish vazifasini bajaradi.11 Tasniflovchi shakllar orasida nisbat fe’l leksemani modifikatsiya qilish darajasi jihatidan boshqalaridan ustuvor. Shu boisdan nisbat fe’lni boshqa so’z turkumidan ajratib turuvchi asosiy morfologik belgi. O’zgalovchi, nisbatdan farqli o’laroq, fe’lning nokesimlik vazifasi uchun xoslangan. O’zgalovchi kategoriyasining umumlashgan grammatik ma’nosi – fe’lni kesim vazifasidan tashqarida boshqa, ya’ni hokim so’z bilan bog’lash vazifasini bajarishi.
Tarz ma’nosi fe’lda ifodalanishi ham, ifodalanmasligi ham mumkin. Masalan, (o’qidi) fe’lida u nol darajada bo’lsa, (o’qib chiqdi) so’zshaklida namoyon bo’lgan. Bo’lishli-bo’lishsizlik shakli haqida ham shunday fikrni aytish mumkin. Biroq bo’lishli-bo’lishsizlik shakli bilan kesimlik kategoriyasining tarkibiy qismi bo’lgan tasdiq-inkor kategoriyasini farqlash lozim. Tasdiq-inkor kesim vazifasida keluvchi barcha so’z uchun xos bo’lsa, bo’lishli-bo’lishsizlik kesimdan boshqa vazifadagi fe’lning barchasi uchun xos bo’lgan grammatik hodisa. Boshqacha aytganda, bo’lishli-bo’lishsizlik fe’lning nokesimlik, tasdiq-inkor esa barcha mustaqil so’zning kesimlik shaklidan biri.

Nisbat kategoriyasi haqida umumiy tushuncha. Nisbat kategoriyasi harakatning sub’ekt (bajaruvchi)ga munosabatini ifodalaydi. Bu munosabat maxsus grammatik shakl bilan yuzaga chiqadi. Masalan, Shoir she’r yozdi gapida ega bevosita ish-harakatning bajaruvchisi bo’lib, bajaruvchi va harakat munosabati nol shaklli aniq nisbat bilan ifodalangan; o’qituvchi bolaga kitobni o’qitdi gapida harakatning bevosita va bilvosita bajaruvchisi (o’qituvchi bilvosita, bola esa bevosita bajaruvchi) farqlangan. Dovul chalindi gapida harakat bajaruvchisi noaniq, majhul. Demak, nisbati o’zgarishi bilan fe’lning bajaruvchisida ham o’zgarish yuz beradi. Nisbat kategoriyasi fe’lning bo’sh sub’ekt valentligini to’ldirib, muayyanlashtrib uni nutqqa moslaydi.


Hozirgi o’zbek tilida fe’l nisbatining beshta ko’rinishi ajratiladi: aniq nisbat, o’zlik nisbati, orttirma nisbat, birgalik nisbati, majhul nisbat.
Aniq nisbat. Bu nisbatda sub’ektga munosabat nol shakl orqali ifodalanadi va shakl UGMsi «harakatning ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishi yoki bajarilmasligini bildirish»dir: (bildi), (ko’rdi), (so’radi), (aytdi), (qaytdi) kabi. Bu nisbatdagi fe’l o’timli (oldi) yoki o’timsiz (uxladi) bo’lishi mumkin.
Nol shakl UGMsida o’zi mansub kategoriyaning mohiyatini boshqalariga nisbatan to’laroq aks ettiradi. Ma’lumki, fe’lning barcha shakllarini ikkiga – kategoriya ichidagi shakllarning o’zaro ziddiyatida aniq bir belgiga ega bo’lgan belgili shakllarga (masalan, aniq nisbatdan boshqa nisbat shakllari) va bu ziddiyatda aniq belgiga ega bo’lmagan shakllarga (masalan, aniq nisbat shakli) ajratish mumkin. Birinchi guruh shakllar o’zlari mansub kategoriyaning UGMsidan aniq bir ko’rinishni «xususiylashtirib» oladi. Ikkinchi guruh shakllarida xususiylashma noaniq bo’ladi. Ikkinchi guruh shakllari (bizningcha, aniq nisbat) o’zi mansub kategoriyaning umumiy namoyandasi bo’ladi. Shuning uchun ular matn va sharoit talabi bilan boshqa shakllar ma’nosini ifodalashi, aniq nisbat ham belgisiz shakl sifatida boshqa nisbat shakllari o’rnida bemalol qo’llanaverishi mumkin. Yuqorida bunga aniq nisbatdagi fe’l (masalan, (hayajonlanmoq)) dan o’zlik nisbati ma’nosi uqilib turishi misolida amin bo’lgan edik.
O’zlik nisbati. O’zlik nisbati asosan [-(i)n], ba’zan [-(i)l] ko’rsatkichi yordamida o’timli fe’ldan hosil bo’ladi. [-(i)sh] affiksi o’zlik nisbati hosil qilishda kammahsuldir: (kerishdi), (joylashdi), (qorishdi) kabi so’zshakllardagina buni kuzatish mumkin. O’zlik nisbati UGMsi – «harakatning sub’ekti va ob’ektini birlashtirish, o’timli fe’lni o’timsiz fe’lga aylantirish».
Ayrim holda grammatik shakl o’zlik nisbatiniki bo’lsa-da, bu shakl harakatning bajaruvchiga qaytishini, bajaruvchi ham harakat ob’ekti ekanini bildirmaydi: Bir mahal G’ulomjon tuynukdan erinib chiqayotgan tutunga qarab so’zlandi. (M.Ism.) So’ng uzun do’nglik ortiga o’tib, ko’rinmay ketdi. (P.Qod.) Yigit ko’zini yashirishga joy topolmay qiynaldi. (S.Ahm.) Davlatbekovning tug’ilgan qishlog’i Bodomzor bu erdan o’n bir chaqirim pastda. (P.Qod.) O’zlik nisbati shakli o’timli fe’lni o’timsiz fe’lga aylantiradi.
O’zlik nisbati shakli har qanday o’timli fe’ldan ham yasalavermaydi. Masalan, (o’qi), (hayda), (kes), (ek), (min), (tik), (sug’or) kabi fe’ldan o’zlik nisbati hosil qilinmaydi. Shuningdek, orttirma nisbatdagi o’timli fe’ldan ham o’zlik nisbati hosil qilinmaydi.
Semantikasida ma’noviy siljish ro’y berayotgan o’zlik nisbati shakliga ega fe’llar bu nisbatdan xoli qaralishi lozim: Yuzlari semizlikdan tirsillagan Arabboy kerilgan bir holda so’radi. (P.Tur.) Bu qishloqda Avazning eng ochilib gaplashadigan tengdoshi shu Zamonali edi. (P.Qod.) Bunday hol ayrim mualliflarning ba’zan nisbatni so’z yasalishi sifatida qarashiga, ba’zan izohli lug’atlarda bosh so’z (leksema) sifatida berishlariga sabab bo’ladi.
Shaklning to’laqonli o’zlik nisbati ekanligi yoki emasligini aniqlashda boshqariladigan so’z yordam beradi. Aslida o’zlik nisbatdagi fe’l o’timsiz bo’lganligi sababli tushum kelishigidagi fe’l bilan bog’lanmaydi. Ayrim hollarda bu shakldagi fe’l bilan boshqacha hol kuzatiladi. Masalan, choponini yopindi birikuvida o’zlik nisbat shaklidagi fe’l tushum kelishigidagi fe’lni boshqarmoqda. Demak, bunda nisbat shakli bo’lsa-da, mazkur nisbatga tegishli ma’no mavjud emas. Ma’no va shakl yaxlit emas ekan, bu birikuvda o’zlik nisbatini qidirish ma’qul emas.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, o’zlik nisbatida harakat sub’ekti «sub’ekt-ob’ekt» qiyofasiga kirib, avvalgi ob’ekt yo’qoladi. Qiyoslang: Halim kiyimini kiydi – Halim kiyindi. Birinchi gapda Halim sub’ekt, kiyim ob’ekt, ikkinchi gapda ob’ekt yo’q, Halim esa «sub’ekt-ob’ekt»dir.
Orttirma nisbat. Orttirma nisbat shakli quyidagilar:
[-dir (-tir)]: (chizdir), (yondir), (urintir);
[-gaz (-giz,- g’az, -g’iz, -kaz, -kiz, -qaz, -qiz)]: (ko’rgaz), (kirgiz), (turg’iz), (yutqiz), (o’tqaz), (ketkiz), (yurg’az);
[-(i)t]: (o’qit), (ishlat), (tugat), (boshlat), (yurit), (kirit);
[-iz]: (oqiz), (tomiz), (emiz);
[-ir]: (bitir), (uchir), (pishir), (qochir), (ochir), (shoshir), (oshir), (botir), (qotir);
[-ar]: (chiqar), (qaytar);
[-sat]: (ko’rsat).
Orttirma nisbat UGMsi «harakat bajaruvchisini orttirish, jarayonga «ortiqcha» bajaruvchini kiritish va o’timsiz fe’lni o’timli fe’lga aylantirish». Orttirma nisbatda ish-harakatning sub’ekti ortib, ular bevosita va bilvosita sub’ektga ajraladi: Halim o’qidi. Halim ukasini o’qitdi. Birinchi gapda sub’ekt bitta. Ikkinchi gapda esa ikkita bo’lib, [Halim] bilvosita, [ukasi] bevosita bajaruvchilar. Bevosita sub’ekt unchalik ahamiyatli bo’lmaydi, shuning uchun u ko’p holda ifodalanmay qolaveradi.
Orttirma nisbat shakli fe’lga birdan ortiq qo’shilishi mumkin. Bunda avvalgi bevosita sub’ekt bilvosita sub’ektga aylanib ketaveradi: Halim to’ladi. Halim ukasiga to’latdi. Halim ukasiga to’lattirdi. Jumla g’alizligi kelib chiqmasligi uchun keyingi gapdagi bevosita sub’ekt tushirib qoldirilgan.
Orttirma nisbat shaklli fe’l semantikasida ma’noviy siljish ro’y berib, unga xos morfema ajralmaydigan holga kelib qolishi ham mumkin: [tuzatmoq] [surishtirmoq], [solishtirmoq], [yaratmoq], [uyg’on], [yupan], [erkalatmoq], [(dalil,misol) keltirmoq] tipidagi fe’l ham shular jumlasidan.
Orttirma nisbat shakli o’timsiz fe’lni o’timliga aylantiradi.
Majhul nisbat. Majhul nisbat [-i)l] va [-i)n] shakllari yordamida hosil qilinadi: (yuvildi), (tozalandi), (aytildi), (gapirildi), (olindi) kabi. Bu nisbatli fe’l «sub’ektsizlashadi», aniqrog’i, ob’ekt ustuvorlashib, ega vazifasiga o’tadi, mantiqiy ob’ekt grammatik ega maqomini oladi: Bu erda chetan bilan o’ralgan mol qo’rasi bor edi. (P.Qod.) Boboxo’ja domla ishdan bo’shatildi. (P.Tur.)
Majhul nisbat asosan o’timli ((o’ralgan), (yig’ilgan), (sochilgan), (terilgan), qisman o’timsiz ((bo’shatilgan), (tushilgan), (borilgan)) fe’ldan hosil qilinadi. O’timsiz fe’ldan yasalganda egasiz gap (shaxssiz fe’l) hosil bo’ladi: Bu ko’cha bilan ikki-uch yuz odim yurilgach, qishloq guzariga etiladi. (H.Shar.) Rasmi, yomon xotindan qochiladi, zamona shum bo’lsa, yaxshi xotindan ham qochar ekan kishi. (A.Qah.) Ba’zan majhul nisbatda qo’llanishi lozim bo’lgan fe’l aniq nisbatda bo’lsa ham, majhul nisbat ma’nosi ifodalanadi: Anchagina yurgach, o’ng tomonda paxsa uy ko’zga tashlanadi. (S.Nur.) Bunda shakl va ma’no muvofiqligi yo’q. Shuning uchun nisbatni aniqlashda «Qaysi nisbat shakli yoki qaysi nisbat ma’nosi bor?» tarzidagi muqobil savoldan biri qo’yilishi kerak. Bir-biriga bog’langan kontakt holatdagi ikki fe’ldan ikkinchisigina majhul nisbatda bo’ladi: Bu dori spirtda ivitilib, qiyom qilib ichiladi. (N.Saf.) Eshakka teskari mindirib sazoyi qilindi.( M.Ism.)
O’zlik va majhul nisbat omonimik munosabatda. Masalan, (osildi), (tashlandi), (to’kildi) fe’llarining o’zlik yoki majhul nisbatda ekanligi qurshovda ma’lum bo’ladi.
Birgalik nisbati. Birgalik nisbat [-(i)sh] affiksi yordamida hosil qilinib, uning UGMsi «harakatni bajarishda bajaruvchining birgalashuvi»dir.
Birgalik nisbati asos fe’l boshqaruviga oddiy vositali to’ldiruvchini ko’makchili vositali to’ldiruvchiga aylantirish darajasida o’zgarish berishi mumkin.
Birgalik nisbat shaklida «birgalik yordamlashish» va «birgalik-ko’plik» oraliq grammatik ma’noci farqlanadi. «Birgalik-ko’plik» ma’nosi uchun fe’llarning o’timli-o’timsizligi ahamiyatsiz: Kattalar o’sha erda. Arz qil, yordam berishadi, yo’l-yo’riq ko’rsatishadi. (P.Tur.) «Birgalik-yordamlashish» ma’nosi voqelanishi uchun esa shakl o’timli fe’llarni tanlaydi: Bola dadasiga er haydashdi, ekin ekishdi. (S.Nur.)
Ba’zan ko’plik shakli ham nutqiy ortiqchalik sifatida birgalik nisbat shakli ustiga «qavatlanadi»: Sharofat xolaning so’zlariga zavqlanib kulishdilar. (N.Saf.) Ona-bola uzoq yig’lashdilar, ko’z yoshlari bitguncha bo’zlashdilar. (A.Qod.)
Xulosa sifatida aytish mumkinki, nisbat kategoriyasi UGMsi «harakatning bajaruvchiga munosabatini ifodalash» bo’lib, bu kategorial ma’noga «o’timli-o’timsizlikka munosabat» ma’nosi yondosh ma’no sifatida qorishadi.
Demak, nisbat kategoriyasi lug’aviy shakl hosil qiluvchi kategoriya sifatida fe’l leksema sememasini sub’ekt valentligi va o’timli-o’timsizlik nuqtai nazaridan modifikatsiya qiladi.

XULOSA
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida fe’lga xos grammatik kategoriyalar qo‘yidagilar: 1) nisbat kategoriyasi; 2) bo‘lishli va bo‘lishsizlik kategoriyasi; 3) mayl kategoriyasi; 4) zamon kategoriyasi; 5) shaxs-son kategoriyasi.

Download 341,19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 341,19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fe‘lning lug‘at shakli va Fe’l zamonlari

Download 341,19 Kb.