• Mayl kategoriyasi
  • Fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 341,19 Kb.
    bet6/7
    Sana14.05.2024
    Hajmi341,19 Kb.
    #233150
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Fe\'llarda grammatik kategoriyalar tahlili
    AGRASANOAT MAJMUASIDA MOLIYA KREDIT TIZIMINI AMAL QILISH MEXANIZMI, Using interactive method in primary school, gap turlari, Makroiqtisodiy barqarorlik inqiroz , ishsizlik va inflatsiya., Uzoq muddatli majburiyatlar hisobi, Agrofermerlar, MUSTAQIL ISH YORUG\'LIK, NASOSLAR TUZILSHI, Jismoniy sifatlarni rivojlantirish, Kompyuter texnologiyalari yordamida o\'qituvchilarning kasbiy malakalarini oshirib boorish
    Nisbat kategoriyasi. Fe’ldan anglashilgan harakatning bajaruvchi va bajariladigan harakat o‘rtasidagi munosabatining ifodala-nishi fe’l nisbati deyiladi. Masalan: Sobir akasidan kelgan xatni Alisherga o‘qitdi gapida Sobir ega, Alisherga to‘ldiruvchidir. Ushbu gapda asosiy harakat bajaruvchi Alisher, ya’ni to‘ldiruvchi bo‘lib, Sobir, ya’ni ega harakat bajarilishida vosita bo‘lgan shaxs xolos. Jumladagi ikki bajaruvchi orasidagi harakat bajarish bilan bog‘liq ana shunday munosabat fe’lning nisbat shakli orqali ifodalanadi: o‘qi+t+di. Fe’l nisbati maxsus shakl yasovchi affikslar vositasida ifodalanadi. Bu affikslar fe’lning lug‘aviy ma’nosini batamom yangilamay, unga qo‘shimcha ma’no bo‘yog‘i qo‘shadi. Qiyoslang: yuv+(di)-yuv+in+(di) - yuv+il+(di) - yuv+ish+(di) – yuv+dir+(di). Ba’zi fe’llarga nisbat qo‘shimchalari birdan ortiq qo‘shilib kelishi ham mumkin: yoz+dir+il+di, beza+n+tir+ish+di. Bunday holda fe’l nisbati oxirgi nisbat qo‘shimchasiga qarab belgilanadi. Fe’l nisbatlarning quyidagicha beshta turi bor:
    Mayl kategoriyasi. Ish harakatning voqelikka munosabatini ifodalovchi fe’l shakli mayl deyiladi. Fe’l mallari harakatning voqelikka munosabatini ifodalab, grammatik zamon, grammatik shaxs bilan uzviy bog‘lanadi. Bu uch hodisa fe’lning gapda kesimlik vazifasidan kelib chiqadi. O‘zbek tilida fe’l mayllarining to‘rt turi bor: 1) xabar mayli, 2) buruq-istak mayli, 3) shart mayli, 4) maqsad mayli.

    Fe'lning grammatik mohiyati haqida gapirganimizda shuni ta'kidlash mumkinki, fe'l asosiy so'z turkumlaridan biri boʻlib, o'z ma'nosi, grammatik shakllari va sintaktik vazifalari bilan boshqa so'z turkumlaridan ajralib turadi. Fe'l ish-harakatni, mavjudlikni, holatni va munosabatni zamon nuqtai nazaridan aniqlagan holda jarayon tarzida voqelik bilan bog'laydi. Aynan ana shu xususiyati bilan fe'l undan yasalgan otdan farq qiladi. O’zbek tili grammatikasida so’z turkumlari 3ta guruhga ajratiladi. Bular mustaqil so’z turkumlari, yordamchi so’z turkumlari, alohida olingan so’z turkumlari.Fe’l so’z turkumi shulardan mustaqil so’z turkumlariga kiradi.Predmetning ish- harakatini ifodalaydigan mustaqil so’zlar fe’l so’z turkumi hisoblanadi. Masalan:Dars boshlandi, hashar bo’lib o’tdi .Bu yerda boshlandi , bo’lib o’tdi so’zlari fe’l so’z turkumiga oid va gapd a kesim vazifasida kelgan.Fe’l holat, belgining yuzaga kelishi, o’zgarish kabi jarayonlarini ham harakat sifatida ifodalaydi. Holat ifodalash boshqa so'zturkumiga ham xos. Ish-harakatning barchasi ham zamon bilan bog’liq holda yuz bersa-da, gapda ulardagi zamon ifodalanmasligi mumkin. Daraxtlar ko’kardi gapidagi fe’lda zamon lisoniy ifodasiga ega. fe’l ifodalagan harakat ob’ektiv borliq hodisasi bo’lib, uni tilda ifodalashda bevosita inson, so’zlovchi ishtirok etadi. Tilda ifodalangan harakatda, demak, inson munosabati ham mavjud bo’ladi.





    Download 341,19 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 341,19 Kb.