Fe’llarning tuslanishi va grammatik kategoriyalari




Download 341,19 Kb.
bet3/7
Sana14.05.2024
Hajmi341,19 Kb.
#233150
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fe\'llarda grammatik kategoriyalar tahlili
AGRASANOAT MAJMUASIDA MOLIYA KREDIT TIZIMINI AMAL QILISH MEXANIZMI, Using interactive method in primary school, gap turlari, Makroiqtisodiy barqarorlik inqiroz , ishsizlik va inflatsiya., Uzoq muddatli majburiyatlar hisobi, Agrofermerlar, MUSTAQIL ISH YORUG\'LIK, NASOSLAR TUZILSHI, Jismoniy sifatlarni rivojlantirish, Kompyuter texnologiyalari yordamida o\'qituvchilarning kasbiy malakalarini oshirib boorish
1.2. Fe’llarning tuslanishi va grammatik kategoriyalari
Umuman olganda, to'liqsiz fe'Ilar fe'ldan boshqa so'zlar kesirn vazifasida kelganda ularga zamon va modal ma'nolarni birgalikda beradi. Fe'lIarni shakIlantirganda esa sintetik-analitik shaklning affiks qismi zamon ifodalab, to'liqsiz fe'l zimmasiga modal munosabat ifodalashgina yuklatiladi. Qiyoslang: ishchi ekan - ishchi bo'lgan ekan, o'qigan em ish. Keyingi ikki misolda [-gan] shakli zamon, to'Jiqsiz fe'lIar modal rnunosabat ifodalagan.
Kelasi zamon shakllari kesimning payt valentligini kelasi zamon ma'noli hol vazifasidagi sO'zshakllar bilan to'ldiradi: ertaga, kelasi yil, kelajakda kabi.
b) kelasl zamon gumon shakli.tayyorman» degandek ko'pchib yotibdi.
Oʻtgan zamon feʻli. Bu zamon maʻnosi -di, -gan, -gan edi, -(i) b edi, -(a)r edi shakllari vositasida yuzaga chiqadi. Bu shakllar nutqda harakatning oʻtgan zamonda amalga oshganligini ifodalash maʻnosida oʻzaro sinonim boʻlib kelsa-da, yana har biri oʻziga xos modal ottenkalariga ega. Jumladan, -di shaklli feʻllarda harakatning oʻtgan zamonda aniq bajarilganligi ifodalansa, -(i)b edi shaklli feʻllarda oʻtgan zamonda bajarilgan harakat hikoya qilish, eslash orqali bayon qilinadi.
Oʻtgan zamon shakllari nutq uslublariga munosabati jihatidan ham farqlanadi. Masalan, -(i)b edi, -guvchi edi shakllari soʻzlashuv nutqiga, -moqda edi shakli esa rasmiy uslubga xos. Nutqni jonli qilish, u yoki bu harakatni tinglovchining koʻz oʻngida yoki yaqin vaqt ichida aniq bajarilganligini ifodalash uchun -di shaklli oʻtgan zamon feʻli kelasi zamon maʻnosi uchun ishlatiladi: Qani ketdik. Ertaga boy meni qoziga chaqirtiradi, yorimni tortib oladi, endi men nima qilaman? (Ertakdan). Yuqoridagi maʻlumotlardan kelib chiqib, soʻzlashuv va rasmiy uslubga xosligi koʻrsatilgan shakllarga shunday axborotni beruvchi teglar biriktiramiz.6
Hozirgi zamon feʻli. Bu zamon maʻnosi -yap, -yotir, -moqda shakllari vositasida yuzaga chiqadi. Bu formalar oʻzaro sinonimlik hosil qiladi: boryapman / borayotirman / bormoqdaman; ishlayapman / ishlayotirman / ishlamoqdaman kabi. Hozirgi zamon maʻnosini yot, tur, oʻtir, yur feʻllari yordamida analitik yoʻl bilan ham hosil qilish mumkin. Hozirgi zamon fe’li shakllaridan -yap nutqiy betaraf boʻlib, faol qoʻllanadi; -yotir shakli sheʻriy nutqda koʻproq uchraydi; -moqda shakli kitobiy uslubga xos boʻlib, obrazli ifodalarda, tantanali publitsistik nutqlarda koʻp ishlatiladi. Shuningdek, manbalarda hozirgi zamon shakllari maʻlum uslubga xoslangani bilan oʻzaro farqlanishi koʻrsatiladi: -yapti uslubiy betaraf (neytral) shakl boʻlsa, -moqda, -yotir yozma nutq uslubiga xos .Hozirgi zamon shakllari boshqa zamon maʻnosida ham ishlatilishi mumkin. Jumladan, hozirgi zamon shakllari oʻtgan zamon maʻnosida qoʻllanganda, badiiylik oshiriladi, taʻsirchanlik kuchaytiriladi.
Soʻzlovchi harakatning bevosita kuzatuvchisi sifatida oʻtgan zamon voqealarini hozirgi zamon holat feʻllari orqali tasvirlaydi. Boʻlib oʻtgan voqealarni oʻquvchi koʻzi oldida yangidan gavdalantiradi: Birpasdan keyin Farmonqul, uning ketidan xotini qizini yetaklab kirdi. U mehmondan qochmadi. Hammamiz oʻtirmoqdamiz, qani endi birontamizdan sado chiqsa. (A.Q.) E.Qilichevning koʻrsatishicha, agar oʻtirmoqdamiz feʻli kontekstdagi boshqa oʻtgan zamon feʻllari bilan bir xil shaklda berilsa, maʻnoda oʻzgarish boʻlmaydi. Lekin matndagi tasviriylik yoʻqolib, voqea oddiy xabarga aylanib qoladi. Hozirgi zamon feʻl shakllari kelasi zamon oʻrnida ham qoʻllanadi. Bunda maʻno taʻsirchanligi boʻrttiriladi: Ertaga dam olishga ketyapmap.
Feʻl zamon shakllarining bu kabi uslubiy ottenka hosil qilish imkoniyatlari shaklga emas, maʻnoga xoslangani sababli ularni avtomatik tahlilga tortib boʻlmaydi. Koʻrsatilgan qoʻshimchalarning uslubiy xoslanishi nazariy asosga ega.
Kelasi zamon fe’li. Kelasi zamon shakllari nutq so‘zlanayotgan paytdan keyin bajariladigan harakatni bildiradi. Bu zamon -ajak(- yajak), -moqchi, -digan affikslari yordamida yasaladi. Kelasi zamon yasovchi bunday affikslar o‘zaro sinonimlik munosabatni tashkil qiladi; borajakman ‒ bormoqchiman ‒ boradiganman; yozajaksan ‒ yozmoqchisan ‒ yozadigansan. Kelasi zamon shakllari ham o‘rni bilan boshqa zamon ma’nolarini ifodalash uchun ishlatiladi.
Kelasi zamon shakllarining uslubiy xoslanishi fe’lning -a ravishdosh shakliga -di, -jak; fe’l asoslariga -ar, -ur, -gusi qo‘shimchalarini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi. Masalan, keladi, kelajak, kelar (ur), kelgusi kabi. Bulardan -adi, -ar uslubiy betaraf shakllar bo‘lsa, -jak, -gay, -ur, -gusi shakllari badiiy va publitsistik uslubga xos. Uslubiy betaraflik belgisiga ko‘ra -adi va -ar shakllari bir guruhni tashkil qilsa ham, ular ifodalanayotgan harakatga gumon-taxmin ma’nosini bildirish-bildirmasligiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Birinchisi bunday ma’noga betaraf bo‘lsa, ikkinchi shakl gumon-taxmin ma’nosiga ega .
Fe’l nisbat shakllarining uslubiy xoslanishini ko‘rsatuvchi teglar. Hozirgi o‘zbek tilida fe’lning besh xil daraja shakli mavjud bo‘lib, ular barcha nutq uslublarida uchraydi. Ayrim daraja shakllari ma’lum bir nutq uslubiga xoslangan ham bo‘ladi. Orttirma daraja shakllari semantik-grammatik planda bitta vazifani bajarsa ham, nutqda ishlatilishi jihatidan farqlanadi. -t affiksi -giz (-g‘iz, -qiz) shakllari bilan sinonimlik hosil qiladi: kirit ‒ kirgiz, yurit ‒ yurgiz, to‘lat ‒ to‘lg‘az kabi.
Xuddi shuningdek, turli shakldagi orttirma daraja yasovchi quyidagi affikslar ham o‘zaro o‘rin almashtira oladi: -giz, -dir (kiygiz, kiydir), -iz, -dir, (emiz, emdir), -t, -tir, -g‘iz (to‘lat, to‘ldir, to‘lg‘az) va h.k. Bir leksemaga orttirma daraja yasovchi bir morfemaning turli fonetik variantlari qo‘shilishi mumkin: ko‘rgaz ‒ ko‘rgaz, ko‘rg‘az, turgiz ‒ turg‘iz ‒ turg‘az kabi. Bunday fonetik variantlar qisman dialektal (sheva) xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, emotsional-ta’sirchanlikni kuchaytirish, personajni nutqiy tavsiflash kabi uslubiy vazifalarni bajaradi. Ko‘rinib turibdiki, fe’l nisbat shakllari uslubiy vazifa bajarsa-da, shakliy jihatdan uslubiy xoslanganligini ajratib bo‘lmaydi. Bunday holatda avtomatik ishlov berish hozircha imkonsiz.
Fe’lning orttirma darajasini hosil qiluvchi shakllar faolnofaolligiga ko‘ra ham farqlanadi. -tir (-dir), -gaz (-qaz, -kaz, -giz, -g‘iz, -qiz) affikslari sinonimiyasida -giz (-kiz, -qiz) forma yasovchilar faol emas. -gaz, -g‘az, -g‘iz affikslari esa ko‘proq dialektal yoki individual nutqqa xos. -kaz, -qaz fonetik variantlari ba’zan ma’no farqlash uchun ham ishlatiladi. Chog‘ishtiring: o‘tkaz ‒ biror voqeani boshdan kechirmoq; o‘tqaz ‒ ko‘chat o‘tqazish (qurish) ma’nosida. Bu leksik ma’noni farqlamaslik uslubiy nuqsonga olib keladi [Qilichev 1992, 56]. Ba’zan bir nisbat ma’nosi o‘rnida boshqa nisbat shakllaridan foydalaniladi. Xususan, bosh nisbat ma’nosida birgalik nisbat shakllari ishlatilishi mumkin. Masalan, keldi ‒ kelishdi, kelyapti ‒ kelishyapti. Shuningdek, bosh nisbat ma’nosida majhul nisbat shakllaridan foydalaniladi: qildim o‘rniga qilindi, bajardim o‘rniga bajarildi, kiring o‘rniga kirilsin kabi. Bunday holat ma’lum uslubiy emotsional ma’no talabi bilan ro‘y beradi. Ko‘pincha keyingi holat hurmat, kamtarlik ma’nolarini ifodalaydi. Ko‘rib o‘tilganidek, fe’l nisbat shakllari shakl jihatdan uslubiy betaraf. Boshqa uslubiy ma’nolar esa faqat kontekstda anglashiladi.
Fe’lning funksional shakllarining uslubiy xususiyatini avtomatik aniqlash imkoniyati. Fe’lning funksional shakllari asosiy xususiyatlariga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 1) fe’lning ma’lum bir vazifa uchun xoslangan shakllari; 2) harakatning turli tavsifini ko‘rsatuvchi va modal ma’no ifodalovchi shakllar. Fe’lning ma’lum bir vazifa uchun xoslangan shakllariga harakat nomi, sifatdosh va ravishdosh kiradi.
Harakat nomi. Fe’lning bu shakli -(i) sh, -(u)v, -moq, -maslik, -ganlik affikslari yordamida yasaladi. Bu shakllar ma’no jihatidan bir-biriga yaqin turadi. Ammo ular nutq uslublarida qo‘llanishi, faol-nofaolligiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Jumladan, -(i)sh affiksi bilan harakat nomi yasalishi faol bo‘lsa, -(u)v shakli bilan harakat nomi yasalishi nofaol. Toshkentga o‘qishga keldim deyish mumkin. Ammo Toshkentga o‘quvga keldim deb bo‘lmaydi. Chunki -(u)v affiksi bilan yasaluvchi shakl ko‘proq ot ma’nosida qo‘llanadi. -moq affiksi bilan harakat nomi yasash ham nisbatan chegaralangandir. Uning -mak varianti she’riy nutqqa xos. Klassik adabiyotda -mak shakli faol qo‘llangan. Jonli so‘zlashuv nutqida harakat nomi gapda ega vazifasida ko‘proq qo‘llanadi. Egasi harakat nomi bilan ifodalangan gaplar ta’sirchanlik xususiyatga ega bo‘ladi. Chog‘ishtiring: chekish zararli. Yugurish foydali. Ayb emasdir sevmoq, sevilmoq.
Sifatdosh. Fe’lning bu shakli -gan (-kan, -qan), -ar, -r, -gusi (-g‘usi, -qusi), -jak, -mish affikslari yordamida yasaladi. -gusi (-g‘usi), -jak affikslari kammahsul, -mish shakli esa arxaiklashgan. Bu shakllar she’riy nutqda ishlatiladi.7 -gan, -ar sifatdosh shakllari aniq zamonni ifodalamaganda harakat nomi shakllari -ish, -moq bilan sinonim bo‘lib kela oladi: toza havoda dam olganga nima yetsin (olishga).
Keldi ochilur chog‘ing, o‘zliging namoyon qil (H. H.) (ochilish). Adashgan ayb emas. - Adashish ayb emas kabi. -gan shakli aniq zamon ifodalab, aniqlovchi bo‘lib kelganda hamda -gan shaklli so‘z otlashganda -ish shaklli so‘zlar bilan o‘rin almashtira olmaydi: O‘qiyotgan bola keldi: Qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinar (maqol.) kabi.
Ravishdosh. Fe’lning bu shakli -(i)b, -a, -y, -gali, -guncha (-kuncha, -quncha), -gach, -gani (-kani, -qani) affikslari yordamida hosil qilinadi. -(i)b va -a, -y ravishdosh yasovchilari ma’no jihatdan bir-biridan ancha farqlansa ham, ayrim o‘rinlarda sinonim bo‘lib keladi: o‘qib biladi ‒ o‘qiy biladi; yozib oladi ‒ yoza oladi kabi. Ravishdoshning -may shakli she’riyatda -mayin shaklida ham uchraydi. Bilmayin bosdim tikanni, tortadurman dardini. -gani, -gali shakllari hozirgi nutqda ko‘p ishlatilmaydi, ko‘proq she’riy nutqqa xosdir: Shiypon oldi gul hovuz, Gul tergani kelganmiz. Gulni bahona qilib, Yor ko‘rgani kelganmiz. (Xalq og‘zaki ijodi) Nozu istig‘no bilan ko‘rsatur ming g‘amza jon qilgali shaydo meni (U.) Harakatning bajarilish holatini ifodalashda -gan - cha, -guncha shakllari -gan, -g‘an holda konstruksiyalari bilan ham sinonimik qator hosil qiladi: Anvar eshik kesagasigidan ushlagancha goh Alimardonga, goh Muqaddamga qarab turar edi. (U.H.) (Ushlagan holda,) Ko‘rinadiki, ravishdosh yasovchi shakllarda uslubiy imkoniyat katta. Ulardan maqsadga muvofiq foydalanish nutqni ko‘rkamlashtiradi.
Harakatning turli tavsifini ko‘rsatuvchi va modal ma’no ifodalovchi shakllar. Bu shakllar ko‘rinishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 1) sintetik shakllar, 2) analitik shakllar. Sintetik shakllar harakatning davomiyligi, takroriyligini ifodalaydi. Bu -a, -la, -kila (-gila, -qila, -g‘ila) shakllari orqali yuzaga chiqadi: bur-bura, sava-savala, turt-turtkila, cho‘z-cho‘zg‘ila, teptepkila, qashi - qashila kabi. Harakatning kuchsiz darajasi esa -(i) nqira, -(i)msira shakllari vositasida yuzaga keladi: qo‘rqinqira, kulimsira, yig‘lamsira kabi. Ushbu shakllar, asosan, badiiy uslubda ishlatilib, personajlarning ruhiy holati, ichki kechinmalarini yaqqol gavdalantirish uchun xizmat qiladi: Uning yanog‘i pir-pir uchar, qovog‘i shishinqiraganday ko‘rinar edi (A.Q.). Zohid ishqin desaki, qilgay fosh, yig‘lamsiraru ko‘ziga kelmas yosh (N.). Anglashiladiki, harakatning turli tavsifini ko‘rsatuvchi va modal ma’no ifodalovchi sintetik shakllar badiiy uslubga xos.


Download 341,19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 341,19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fe’llarning tuslanishi va grammatik kategoriyalari

Download 341,19 Kb.