• SWOT-tahlilni
  • 1. Vaziyatning kyelib chiqishiga ta’sir etgan omillar?




    Download 15,12 Kb.
    Sana02.02.2024
    Hajmi15,12 Kb.
    #150801
    Bog'liq
    4-mavzu amaliy topshiriq KONFLIKT


    Keyslar.
    Keys. talabasi Akbar otasi vafot etgani sababli darsdan so‘ng onasiga yordamlashib, ukalariga qarar edi. SHu sababli u hamma darslari to‘liq bajara olmas edi. Tarix fanidan yangi kyelgan o‘qituvchi Akbarni doskaga chiqardi. U dars tayyorlay olmaganini aytdi. O‘qituvchi: “SHu oddiy vazifani bajara olmadingmi? Bunchalar ham ma’sulyatsiz bo‘lasanmi? Bu kyetishingda syendan farrosh ham chiqmaydi” – dyedi. Bu voqyeadan so‘ng Akbar bu darsga qatnamay qo‘ydi. Baho esa uni umuman qiziqtirmas edi. Akbarni bu vaziyatga tushib qolishiga kim sababchi?
    1. Vaziyatning kyelib chiqishiga ta’sir etgan omillar?
    1. Bu vaziyatda Sizning harakatingiz?
    2. Nima uchun bunday fikrga kyeldingiz?
    Keys. Oliy ta’lim muassasalari oldida turgan yana bir muhim vazifalardan biri talabalarda o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini takomillashtirishga barqaror dominantni yaratish, o‘zida ongli va maqsadga yo‘naltirilgan tarzda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishdir. Bo‘lajak pedagoglarda kelajakda raqobatbardosh, safarbar bo‘lishlari uchun ularda mustaqillikni shakllantirish juda muhim. Aynan talabalarda mustaqillikni rivojlantirish, ularni kasbiy faoliyatga tayyorlashda pedagogga “Portfolio” texnologiyasi yordam beradi. “Portfolio nima?” degan savolga olimlar xilma-xil ta’rif berishgan.
    Masalan
    1) nazorat vositasi (I.A. Knыsh, I.P. Pastuxova);
    2) professor-o‘qituvchining baholashga doir faoliyati vositasi (G.B. Golub, O.V. CHurakova);
    3) ta’lim natijalarini belgilab beruvchi muqobil vosita yoki texnologiya (L.Vanyushkina, T.G.Novikova, M.A.Pinskaya, A.S.Prutchenkov);
    4) talabaning zarur va istiqbolli imkoniyat va qobiliyatlarini, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini ko‘rsatib berish, shaxsiy, kasbiy va ijodiy salohiyatini ochib berishning ob’ektiv va maksimal ravishda to‘liq aniqlash vositasi (I.A. Knыsh, I.P. Pastuxova);
    5) talabalarning faqat o‘quv faoliyati natijalarinigina emas, balki ularning muvafaqqiyatiga turtki bo‘lgan barcha kuch va imkoniyatlarni har tomonlama namoyish qilishga doir ish to‘plami (I.Aldjanova).
    O‘quv portfolioning xilma-xil turlari mavjud:
    1. “Hujjatlar portfoliosi”. Bunday turdagi portfolio indiviudal ta’limiy muvaffaqiyatlarning sertifikatlangan portfeli: diplom, faxriy yorliq, guvohnoma va boshqalar.
    2. “Ishlar portfoliosi” o‘zida turli xil ijodiy ishlar, loyihalar, tadqiqot ishlarini aks ettiradi: reyting daftarchasi, ijodiy ish daftari, elektron hujjatlar, modellar, loyihalar, ijtimoiy amaliyotga doir hisobotlar. Mazkur portfolioda talaba mustaqil va guruhdoshlari bilan birgalikda to‘plagan adabiyotlar, davriy nashrlarning kseronusxalari, illyustratsiyalar joylanadi.
    3. “Taqrizlar portfoliosi”da talabaning erishgan yutuqlarini baholashga doir xulosalar, taqrizlar, rezyumelar, esselar, tavsiyanoma va tavsifnomalar taqdim etiladi.
    4. “Natijalar portfoliosi” belgilangan yo‘nalish bo‘yicha egallanuvchi talabalar mahoratini jamlash uchun qo‘llaniladi; talabalar yoki pedagoglar tomonidan jamlangan talabalarning eng yaxshi ishlarini o‘zida aks ettiradi. Natijalar portfoliosi individual va guruhli bo‘lishi mumkin. Guruh natijalari portfoliosi g‘oyasidan “Eng yaxshi talabalar guruhi” konkursida foydalanish mumkin.
    5. “Baholovchi portfolio” talabalarning egallagan bilim va ko‘nikmalarini nazorat qilish uchun yig‘iladi va turli xildagi nazorat materiallaridan tashkil topadi: nazorat ishlari, testlar, chizmalar, krossvordlar va boshqalar. Baholovchi portfolioni pedagog mustaqil ravishda tuzishi va ta’lim olish kursi tugashigacha bo‘lgan vaqtga mo‘ljallashi mumkin. Hozirgi vaqtda o‘quv portfoliosidan oliy ta’limda foydalanishga harakat qilinmoqda. Asosan, tillarni o‘rgatish jarayonida o‘quv portfoliosini qo‘llashga harakat qilinmoqda. Vaziyatni baholash uchun savollar: Siz nima deb o‘ylaysiz, o‘quv portfoliosini oliy ta’lim jarayonida qo‘llash imkoniyati bormi?
    Agar qo‘llash mumkin bo‘lsa, o‘quv portfoliosining qanday turlaridan foydalanish mumkin?
    O‘z faningiz bilan bog‘liq holda, o‘quv portfoliosini qo‘llash imkoniyatlari haqida fikr bildira olasizmi? Vaziyatni o‘rganish va vaziyatni baholashga doir savollarni tahlil etish asosida mavjud o‘quv portfoliosidan foydalanish yuzasidan
    SWOT-tahlilni

    S

    w

    o

    T

    Download 15,12 Kb.




    Download 15,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Vaziyatning kyelib chiqishiga ta’sir etgan omillar?

    Download 15,12 Kb.