5
KIRISH (fan doktori (DSc) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
Jahonda foydali qazilma
konlarini qidirish va ularni samarali qazib olish, sanoat va xalq xo‘jaligining xom-
ashyo resurslari zahiralarini o‘sishining asosiy sharti hisoblanadi. Burg‘ilash
ishlarining resurs va energiya tejamkorligi foydali qazilma konlarini qidirish
xarajatlarini kamaytiradi. Tog‘ jinsini parchalovchi asbob burg‘ilash uskunasining eng
yuqori yuklangan va asosiy qismi hisoblanadi. Burg‘ilash
uskunalarining
ekspluatatsiya samaradorligining katta hissasi tog‘ jinsini parchalovchi asboblarning
ishiga va yoqilg‘i-energiya harajatlarini to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq bo‘lib, tog‘
jinsini parchalovchi asbobning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilash, burg‘ilash
uskunasi yuritmasidan ajraluvchi ikkilamchi va qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan oqilona foydalanish, yoqilg‘i va energiya
tejovchi texnologiyalarni
qo‘llash burg‘ilash uskunalarining ekspluatatsion xarajatlarini sezilarli darajada
kamaytiradi. Skvajinalarni burg‘ilash tezligini oshirish, tog‘ jinsini parchalovchi asbob
chidamliligini oshirish va burg‘ilash ishlarining yoqilg‘i-energiya sarflarini
kamaytirish bilan bog‘liq masalalar oxirigacha yechilmagan va ularni hozirda yechish
alohida ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda geologik razvedka va geotexnologik skvajinalarni burg‘ilash
ishlarida asosan skvajina tubini siqilgan havo bilan yoki suv asosida tayyorlangan
yuvuvchi suyuqliklar bilan tozalab burg‘ilash usuli tashkil etadi.
Havo bilan
skvajinaning tubini tozalab burg‘ilashda havoning past issiqlik o‘tkazuvchanligi
sababli skvajina tubida tog‘ jinsini parchalovchi asbobning samaradorligiga salbiy
ta’sir ko‘rsatuvchi yuqori harorat hosil bo‘lishi, suv asosida tayyorlangan yuvuvchi
suyuqliklar bilan burg‘ilashda esa skvajina tubida shlamli rejimni yuzaga kelishi
sababli tog‘ jinsini parchalovchi asbobni samaradorligining kamayishi va burg‘ilash
ishlarining energiya sarflarini oshib ketishi muammolari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib
borilmoqda. Bu borada resurs tejovchi texnologiyalarni
ishlab chiqish asosida
burg‘ilash uskunalarining samarali ekspluatatsiyasining ilmiy asoslarini yaratish va
ularni joriy qilish natijasida burg‘ilash uskunalarining samaradorligini oshirishga
alohida e’tibor qaratilmoqda.
Respublikamizda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini jadallashtirish,
burg’ilash uskunalarining ekspluatatsiya ko‘rsatkichlarini
oshiruvchi samarali
usullarni tadqiq qilish, burg’ilash ishlarining energiya va resurs sarflarini kamaytirish
bo‘yicha ilg‘or ilmiy asoslangan chora-tadbirlarni joriy qilinib, bir qator ilmiy-amaliy
natijalarga erishilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida
1
«ishlab
chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish
orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, prinsipial jihatdan
yangi texnologiya turlarini o‘zlashtirish, energiya va resurslar sarfini kamaytirish,
ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish...» kabi muhim
vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalardan
kelib chiqqan holda, burg‘ilash
1
O‘zbekiston Respublikai Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarda yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida» gi Farmoni.
6
uskunalarining energiya sarflarini kamaytirish va resurs tejamkorligini oshirish,
skvajinani burg
‘
ilash tannarxini kamaytirish katta ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son
«2022-2026 yillarda yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida» gi,
2015 yil 4 martdagi PF-4707-son «Ishlab chiqarishni strukturaviy qayta tuzish,
modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta’minlash bo‘yicha 2015-2019
yillarga
mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi Farmonlari va 2019 yil 17
yanvardagi PQ-4124-son «Kon-metallurgiya tarmog‘i korxonalari faoliyatini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Qarori hamda mazkur faoliyatga
tegishli boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga
ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.