• Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati
  • Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat




    Download 2,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/46
    Sana04.10.2024
    Hajmi2,23 Mb.
    #273416
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
    Bog'liq
    PK2rjjpAYcv35Ki

    Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: 
    skvajina tubini havo bilan tozalab burg‘ilashda harorat rejimlarini 
    me’yorlashtirish asosida burg‘ilash tezligini va tog‘ jinsini parchalovchi asbobni 
    chidamliligini oshiruvchi burg‘ilash snaryadini konstruktsiyasi yaratilgan; 
    skvajina zaboyini gidravlik tozalash samaradorligini oshirish asosida tog‘ jinsini 
    parchalovchi asbobning skvajina o‘tish qobiliyatini, chidamliligini va burg‘ilashning 
    mexanik tezligini oshirish imkonini beruvchi burg‘ilash snaryadining konstruktsiyasi 
    yaratilgan; 
    ichki yonuv dvigatelining tutun gazlari qarshiligini kamaytirish evaziga yoqilg‘i 
    sarfini kamaytirish imkonini beruvchi ejektsiyali soplo ishlab chiqilgan; 
    ichki yonuv dvigateli tutun gazlarining issiqligidan elektr energiya olish imkonini 
    beruvchi qurilma ishlab chiqilgan. 
    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
    keng miqyosdagi laboratoriya va sanoat 
    sharoitidagi tajribalar, burg‘ilash uskunalarini ekspluatatsiyasining energiya samarador 
    usullarini ishlab chiqishda ishning asosiy g‘oyasining miqdoriy ko‘rsatkichlarining 
    qoniqarli darajada muvofiqligi, shuningdek, burg‘ilash uskunalarini energiya va resurs 
    tejamkorligini oshiruvchi burg‘ilash snaryadi konstruktsiyasini va uskunaning ichki 
    yonuv dvigateli issiqligini utilizatsiya qilish qurilmasini qo‘llash orqali erishilgan 
    ijobiy natijalar orqali isbotlandi. 
    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
    Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati
     
    uyurmali quvurni va uni tog‘ jinsini 
    parchalovchi asbobni sovutishda qo‘llash mumkinligini tadqiq qilish, uyurmali quvurni 
    qo‘llab skvajina harorat rejimining matematik modelini va uyurmali quvurlarni qo‘llab 
    burg‘ilash uskunalarining energiya samarador ekspluatatsiyasining ilmiy asoslarini 
    ishlab chiqish bilan izohlanadi. 
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati tog‘ jinsini parchalovchi asbobning 
    chidamliligini va burg‘ilash tezligini oshiruvchi burg‘ilash snaryadini ishlab chiqish, 
    skvajina tubida shlamli rejimni bartaraf etuvchi burg‘ilash snaryadining yangi 
    konstruktsiyasini ishlab chiqish va burg‘ilash uskunalarining yuritmalaridan ajraluvchi 
    ikkilamchi va qayta tiklanuvchan energiya resurslarini foydali utilizatsiya qilish 
    qurilmasini ishlab chiqishga xizmat qiladi. 

    Download 2,23 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




    Download 2,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat

    Download 2,23 Mb.
    Pdf ko'rish