11
burg‘ilash samaradorligiga ta’sirini tadqiq qilish, skvajina zaboyida hosil bo‘lgan
shlamli rejimni burg‘ilash samaradorligiga ta’sirini tadqiq qilish, dissertatsiya mavzusi
bo‘yicha ilmiy ishlar holatini tahlili va resurs tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqish
asosida burg‘ilash uskunalarining samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari
keltirilgan.
Skvajina tubini havo bilan tozalab burg‘ilaganda burg‘ilashning mexanik tezligi
suv bilan burg‘ilaganga nisbatan 3-5 marotaba oshadi,
ammo ushbu usul bilan
burg‘ilaganda tog‘ jinsini parchalovchi asbobning yuqori harorat rejimlari bilan bog‘liq
muammolar yuzaga keladi, bu esa tog‘ jinsini parchalovchi asbobning resursi
kamayishi sababli burg‘ilash samaradorligini kamaytiradi. Yuqori harorat rejimlaridan
tashqari, yuritmasining quvvati burg‘ilash nasosining yuritmasining quvvatidan yuqori
bo‘lgan kompressor uskunalarini qo‘llash natijasida yoqilg‘i-energiya sarflarini ortish
muammosi yuzaga keladi.
Ushbu omillarning barchasi skvajinalarni havo bilan tozalab burg‘ilashda
burg‘ilash uskunasining ekspluatatsiya samaradorligiga ta’sir qiladi, buning natijasida
skvajinani burg‘ilash tannarxi oshadi.
Skvajina zaboyini gidravlik tozalash bilan burg‘ilaganda burg‘ilash ishlarining
samaradorligi zaboyda hosil bo‘lgan shlamli rejim hisobiga pasayadi.
Shlamli rejim
paydo bo‘lishi tog‘ jinsini parchalovchi asbobning intensiv yemirilishiga,
burg‘ilashning mexanik tezligini pasayishiga va zaboyda maydalangan tog‘ jinsini
qayta maydalash hisobiga burg‘ilashning energiya sarfini ortishiga olib keladi. Bundan
tashqari, salniklar hosil bo‘lishi va burg‘ilash kolonnalarining qisilib qolishi bilan
bog‘liq bo‘lgan avariya holatlari yuzaga kelishi xavfi ortadi.
Burg‘ilash uskunalarini ishlatish narxini oshiradigan
eng muhim omil - bu
yoqilg‘i-energiya resurslarining sarfini oshishi va ularning yuqori narxidir.
Markazlashtirilgan elektr ta’minoti mavjud bo’lmagan murakkab va olisdagi geologik
hududlarda skvajinalarni burg‘ilashda avtonom elektr ta’minoti tizimlaridan
foydalanish tufayli burg‘ilash ishlarini amalga oshirish sarf harajatlari bir necha
martaga oshadi.
Dissertatsiyaning