• Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat
  • Навоий давлат кончилик институти ва тошкент давлат техника университети илмий даражалар берувчи




    Download 2,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/46
    Sana04.10.2024
    Hajmi2,23 Mb.
    #273416
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
    Bog'liq
    PK2rjjpAYcv35Ki

    Tadqiqotning predmetini
    tog‘ jinsini parchalovchi asboblarni chidamliligini 
    oshirish, burg‘ilashning mexanik tezligini oshirish va yoqilg‘i-energiya sarflarini 
    kamaytirish usullari tashkil etgan. 
    Tadqiqotning usullari.
    Dissertatsiya ishini bajarishda nazariy umumlashtirish, 
    laboratoriya va sanoat ishlab-chiqarish sharoitida eksperimental tadqiq qilish
    shuningdek, tog‘ jinsini parchalovchi asboblarni chidamliligini va burg‘ilashning 
    mexanik tezligini matematik statistika, standart matematik hamda grafik dasturlarni 
    o‘z ichiga olgan holda matematik modellashtirish tadqiqotlarning umumlashgan 
    usullaridan foydalanilgan.
    Tadqiqotning ilmiy yangiligi 
    quyidagilardan iborat:
     
    skvajinalarni havo bilan tozalab burg‘ilashda texnologik, konstruktiv va 
    termofizik omillarning majmuini hisobga olib uch sharoshkali burg‘ilash dolotosining 
    tishi va matritsasini qizish haroratini aniqlash imkonini beruvchi matematik model 
    ishlab chiqilgan;
    tozalovchi havoni ikki bosqichli sovutish qurilmasini qo‘llaganda dolota 
    chidamliligini va burg‘ilashning mexanik tezligini oshirish imkonini beruvchi 
    burg‘ilash rejimining optimal parametrlari asoslangan; 
    skvajina tubida shlam zarrachalari harakatining matematik modeli ishlab 
    chiqilgan bo‘lib, uyurma hosil qilgichning konstruktiv parametrlari isbotlangan;
    dolotoning chidamliligini va burg‘ilashning mexanik tezligini oshirish, hamda 
    burg‘ilash aylantirgichini va nasosning energiya sarflarini kamaytirish imkonini 
    beruvchi uch sharli dolotoning panja qismining va skvajina zaboyida uyurma hosil 
    qilgichning vintli chiziq bo‘ylab egiltiirishning optimal burchaklari aniqlangan;
    skvajinalarni havo bilan tozalab burg‘ilashda burg‘ilash uskunasining issiqligini 
    utilizatsiya qilish moslamasida ejeksiyali soplodan foydalanish ichki yonuv 
    dvigatelining tutun quvurida tutun gazlar oqimiga qarshilikni va sovutish radiatorining 
    ventilyatoriga yuklamalarni kamaytirish hisobiga dvigatel yoqilg‘i sarfini 12 % gacha 
    kamaytirilganligi asoslangan;
    burg‘ilash uskunasining avtonom elektr stantsiyasining ichki yonuv dvigatelidan 
    ajraluvchi issiqlikni foydali utilizatsiya qilish uchun ishlab chiqilgan qurilmada issiqlik 
    oqimini quvvatining va ishlab chiqarilgan elektr energiyasining kattaligi generatorga 
    tushadigan yuklamaga bog‘liqligi aniqlangan. 


    9

    Download 2,23 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




    Download 2,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Навоий давлат кончилик институти ва тошкент давлат техника университети илмий даражалар берувчи

    Download 2,23 Mb.
    Pdf ko'rish