114
Boshqaruv jarayoni mazmunining uch jihatini ajratish mumkin: texnikaviy,
ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy.
- Texnikaviy jihatdan bu mahsulot ishlab chiqarish, metall yoki neft ajratib
olishni boshqarish;
- ishlab chiqarishda - bu ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni, ya’ni
bo’linma, sex, korxonalar o’zaro ta’sirini boshqarish;
- iqtisodiy jihatdan ishlab chiqarish, ish kuchi va butun iqtisodiy munosabatlar
tizimiga rahbarlik qilish;
- ijtimoiy jihatdan - bu mehnat jamoasi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish,
insonni tarbiyalashdir.
Boshqaruv jarayoni texnologiyasi boshqaruv
xodimlari tomonidan
bajariladigan operatsiya va amallardan iboratdir.
Shunday qilib, menejment jarayoni rahbar va boshqaruv apparatining
qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun kishilarning birgalikdagi faoliyatini
muvofiqlashtirish bo’yicha maqsadli harakat qilishidir.
U tizimning holatini baholash, uni yaxshilash yo’llarini izlash yoki undagi
salbiy xislatlarni bartaraf qilish bilan bog’liq ishlarni tavsiflaydi.
Muammo
bosqichida tizimning hozirgi holatining uni rivojlantirish maqsadiga nisbatan
mavjud qarama-qarshiliklarini aniqlash ko’zda tutiladi. Qaror qabul qilish bosqichi
rahbarning amalda tashkiliy faoliyatiga o’tishini ifodalab, qaror qabul qilish bilan
boshqariladigan tizimga ta’sir o’tkazila boshlanadi.
Boshqaruv operatsiyasini amalga oshirish usullari - axborot-tahlil va tashkiliy
faoliyatdir. Axborot-tahlil faoliyat axborot yig’ish, saqlash, tarqatish va qayta
ishlash; tahlil, hisob, qarorlar variantlarini ishlashdan iborat; tashkiliy faoliyatga -
tushuntirish,
ishontirish, rag’batlantirish va vazifalarni taqsimlash usullari,
faoliyatni
nazorat qilish, majburlash va hokazolar kiradi. Boshqarish uchun faqat
nimani qanday qilishni hal etish emas, balki tashkil etish, qiziqtirish, ishontirish,
tushuntirish, nazorat qilish ham zarur. Ayni shu operatsiyalar yig’indisidan
rahbarning tashkiliy faoliyati tashkil topadi.
115
Boshqaruv jarayonini tashkil etishda biznes-reja va ta’minot, moliyalashtirish
va biznes-reja; narxni belgilash va kredit berish funksiyalarini bog’lashni
ta’minlash, boshqaruv tizimi ayrim unsurlarini (maqsad-usul, maqsad va kadrlar,
qarorlar va usullar, usullar va tarkib) muvofiqlashtirish,
boshqaruv kadrlarini
tayyorlash, fan-texnika yutuqlarini joriy etishni ta’minlash zarur.
Korxonalarga erkinlik va mustaqillik berilishi bilan hal qilinishi lozim
bo’lgan boshqaruv jarayonini tashkil etish bilan bog’liq muhim muammo rasman
bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan boshqaruv tashkilotlari o’rtasidagi gorizontal
aloqalarni amalga oshirish bo’lib qoldi (masalan, korxona va mahsulot
iste’molchilari, xom ashyo bilan ta’minlovchilar va korxona o’rtasida va h).
Hamma boshqaruvning uzluksiz ishlash jarayoni menejmentdir. Bu
boshqaruv apparatining mehnat jarayonidir. Umumiy holda menejmentni
quyidagicha tavsiflash mumkin: texnologiya nuqtan-nazaridan (qanday bajariladi),
tashkillashtirish (kim tomonidan va qanday tartibda) va mazmunan (aniq nima
qilinadi).
Menejment iqtisodiy
nuqtai-nazaridan - bu, avvalo, hamma iqtisodiy
muammolarni boshqarish tizimi, insonlarni boshqarish, mehnat jamoalari ijtimoiy
talablarini qondirish, insonni tarbiyalash. Menejment jarayoni texnologiyasi esa
boshqaruv apparati xodimlarining bajarayotgan amaliy ishlaridir.
Shunday qilib, menejment jarayoni qo’yilgan
masalaga erishish uchun
boshqaruv apparati rahbari va odamlarning kelishilgan holda hamohang faoliyat
ko’rsatishidir.
Muammolar bosqichida tizimni joriy holatidagi asosiy qarama-qarshiliklar,
tizim ishini yaxshilash uchun nimalar qilish kerakligi aniqlanadi. Yechim bosqichi
rahbarning amaliy ishlarga o’tish faoliyatidir. Qaror qabul qilinishi bilanoq
boshqariluvchi tizimlarga aniq ta’sir ko’rsatiladi, alohida oddiy boshqaruvga oid
harakatlar bajariladi.
Menejment jarayoni uslubi quyidagilar: axborot-analitik va tashkiliy ishlar.
116
Axborot-analitik ishlar quyidagilardan iborat: axborotlar yig’ish, tahlil etish,
axborotni qayta ishlash va uzatish, boshqaruv qarorlari variantlarini ishlab chiqish,
boshqaruv qarorlari variantlariga doir axborotlarni saqlash va boshqalar.
Tashkiliy
ishlar
quyidagilardan
iborat:
tushintirish,
ishontirish,
rag’batlantirish,
topshiriqlarni taqsimlash, ijroni nazorat qilish, ta’sir etish va
boshqalar.
Insonlarni boshqarish nafaqat qarorlar qabul qilish bilan, balki uni bajarilishni
nazorat qilishni ham taqozo etadi. Afsuski, ko’p holatlarda hayotimizda menejment
jarayoni bajarilishi har taraflama tashkil etilmaydi, uni tashkiliy, mazmunan, texnik
tomonlari o’zaro bog’lanmaydi.