• Buyumlar bo’yicha ixtisoslash
  • Qismlar (agregatlar) bo’yicha ixtisoslashish
  • Ishlab chiqarish korxonalarining ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi




    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/175
    Sana22.05.2024
    Hajmi4,58 Mb.
    #250503
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   175
    Bog'liq
    Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh

    6.2. Ishlab chiqarish korxonalarining ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi. 
    Korxonalarni ixtisoslashuvi deb, bir turdagi ishlab chiqarishni o’zida 
    mujassamlashtirgan korxonalar yig’indisiga aytiladi. Korxona ixtisoslashuvining 
    uch shakli mavjud: predmet, detal va texnologik.
    Ishlab chiqarishni tashkil etish va ijtimoiy mehnatning shakli bu ishlab 
    chiqarish korxonasining ixtisoslashuvidir.
    Sanoatda ixtisoslashuvning quyidagi shakllari mavjud:
    Buyumlar bo’yicha ixtisoslash
    . Buning mohiyati shundaki ishlab chiqarish 
    korxonasi tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashadi ya’ni ayrim 
    korxonalarni texnologik jihatdan bir-biriga o’xshash bo’lgan va cheklangan 
    miqdordagi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga moslashtirishdir;
    Qismlar (agregatlar) bo’yicha ixtisoslashish
    -korxonalarni texnologik 
    jihatdan bir-biriga o’xshash bo’lgan cheklangan miqdorda qismlarni ishlab 
    chiqarishdir;
    Тexnologik ixtisoslashish
    -korxonaning ayrim texnologik jarayonlarni 
    bajarishdir. Ayrim hollarda ular alohida korxonalar miqyosida uyg’unlashtiriladi. 
    Korxonalarda 
    ishlab 
    chiqariladigan 
    mahsulot 
    turlarining 
    kengayishi 
    ixtisoslashishning doimo rivojlanishi va mukammallashuvining zarurligini 
    ifodalaydi. Masalan, mashinasozlikda buyumlar bo’yicha ixtisoslashish – ma’lum 
    ishlab chiqarish tarmoqlari yoki ish turlari (paxta terish, yul qurilishi) uchun 
    mashinalar ishlab chiqarishni mujassamlashuvi yunalishida rivojlanmoqda. Bunday 
    ixtisoslashish konstruktorlarga ayrim tarmoqlarda mashinalarning ishlash 
    sharoitlarini chuqurroq o’rganish hamda mukammalroq texnika yaratish imkonini 
    kengaytiradi. Bir korxona miqyosida tugallangan holatda mahsulot ishlab 
    chiqarishni tashkil etilishi unga doimo xizmat qilib, zarur qismlarni yetkazib 
    beruvchi ixtisoslashgan korxonalarni tashkil etilishini taqazo etadi. Chunki barcha 
    xil mahsulot ishlab chiqarishni bir korxonaga to’plash mumkin emas. Shu tufayli 


    110 
    qismlar yoki mahsulotning bo’laklarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy 
    korxonalar tashkil etilgan.
    Korxonalarning texnologik ixtisoslashuviga mashinasozlik zavodlari uchun 
    tayyor qismlar ishlab chiqaruvchi, quyuvchi va temirchi-presslovchi zavodlar, 
    to’qimachilik fabrikalari uchun ip-yigiruv fabrikalari misol bo’la oladi.
    Ixtisoslashgan darajsining asosiy ko’rsatkichlari:

    ixtisoslashgan korxonalarning ishlab chiqargan mahsulotini shu mahsulot 
    turining umumiy hajmidagi salmog’i. Korxonalarning ixtisoslashish darajasining 
    muhim ko’rsatkichlaridan yana biri-bu ishlab chiqaradigan, texnologik jihatdan 
    o’xshash bo’lgan assotimentida buyumlarning gruppalari, turlaridir. Korxona ishlab 
    chiqaradigan mahsulotlarning turlari qancha kam bo’lsa, uning ixtisoslashuv 
    darajasi shuncha yuqori bo’ladi. Korxona tarkibidagi ixtisoslashuvni ta’riflash 
    uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin;

    Dastgohlarning ilg’or turlarini maxsus, avtomatik va boshqa ushbu korxona 
    yoki sex dastgohlarining umumiy miqdoridagi salmog’i.

    Potok liniyalarida o’rnatilgan dastgohlarning salmog’i. Masalan, potok 
    usulida ishlab chiqarishda band bo’lgan metall qirquvchi dastgohlarning hamma 
    asbobuskunalarga nisbati(%).

    Korxona ishlab chiqaradigan turli mahsulotlarda yoki bir shaklga keltirilgan 
    detallar va qismlarning salmog’i.
    Korxonalarni ixtisoslashuvini xarakterlovchi ko’rsatkichlar:

    Ixtisoslash korxonalarning yillik mahsulotdiga ulushi;

    Хodimlarning o’rtacha yillik soni;

    Asosiy fondlarni o’rtacha yillik qiymati;

    Ixtisoslashuv darajasi;

    Ixtisoslashuvning yillik samarasi.
    Korxonalarning kooperatsiyalashuvi - bu malum bir mahsulotlarni ishlab 
    chiqarishda 
    bir 
    necha 
    korxonalarning 
    hamkorlikda 
    ishtirok 
    etishi. 
    Kooperatsiyalashuv 
    tarmoq-territorial 
    tamoyilda 
    amalga 
    oshiriladi. 


    111 
    Kooperativlashtirish korxonalarning qaysi tarmoqqa taaluqliligi nuqtai nazardan 
    tarmoq va tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiyasi shakllangan.
    Sanoatda 
    ixtisoslashishning 
    shakllangan 
    turlariga 
    muvofiq 
    kooperativlashtirishning quyidagi turlari mavjud:


    Download 4,58 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   175




    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish korxonalarining ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi

    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish