Тayanch iboralar:
Kadrlar salohiyati, kadrlar, mehnat resurslari, korxona personalii, ishchi
kuchi, mehnat uchun ijtimoiy sharoitlar, mehnat yuklamasiga ta’sir ko’rsatuvchi
omillar, sanoat-ishlab chiqarish personali, noishlab chiqarish personali, rahbarlar,
xizmatchilar, o’rtacha ro’yxat soni, ko’rsatkichlar, korxona personalining sifat
tavsifi, kasb, malaka, kadrlar siyosati, ish haqi, xodimlar mehnatiga haq to’lash,
nominal ish haqi, real ish haqi, mehnatga ishbay haq to’lash, mehnatga ishbay-
101
mukofotli haq to’lash, mehnatga vaqtbay haq to’lash, vaqtbay-mukofotli haq
to’lash, mehnatga akkord haq to’lash tizimi, tarif stavkasi.
Takrorlash uchun savollar
1. Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonaning kadrlar siyosatini qay
tarzda tasavvur qilasiz?
2. Kadrlar tuzilmasi deganda nima tushuniladi va uni belgilab beruvchi
omillar qanday?
3. Real ish haqi nominal ish haqidan nimasi bilan farq qiladi?
4. Mehnatga haq to’lashning qanday tizim va shakllarini bilasiz?
5. Qaysi hollarda vaqtbay va ishbay haq to’lashdan foydalanish maqsadga
muvofiq hisoblanadi?
6. Kadrlar qo’nimsizligi deganda nimani tushunasiz?
7. Mehnat unumdorligi nima va korxona boshqaruvida qanday ahamiyatga
ega?
8. Tashkilot xodimlariga qo‘shimcha imtiyozlar (ish haqiga nisbatan) tizimini
yaratishning ma'nosi nimada?
9. Jamoaga beriladigan imtiyozlar to‘plamini aniqlashda omillarni hisobga
olish kerak?
10. Sizning fikringizcha, qayerda imtiyozlar ko‘p rivojlangan? – AQSHdami?
Niderlandiya yoki Daniyadami? Nima uchun?
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari
1. Mehnat resurslarini boshqarish nima?
A) Bu chiqimdagi mahsulot birligini kirimdagi mahsulot birligiga nisbati
B) Resurslarni rejalashtirish, xodimlarni to’plash, tanlov, ish haqi va imtiyozlarni
aniqlash, korxonaga moslashtirish, o’qitish, baholash, mansabdan kutarish,
tushirish, rahbar xodimlar tayyorlash.
C) Samaradorlik, ilg’orlik, istiqbollilik, kompelekslilik, tezkorlik, maqbullik,
oddiylik, ilmiylik, ko’p bo’g’inlilik, avtonomlilik, rejalilik, barqarorlik.
102
D) Rag’batlantirish, ma’lumotlanish, ishontirish, majburlash usuli.
|