88
5 - m a v z u . S a n o a t t a r m o q l a r i k o r x o n a l a r i n i n g m e x n a t
r e s u r s l a r i v a m e h n a t h a q i
Darsning maqsadi:
Talabalarda mehnat resurslari va ularning tarkibi
haqidagi
tushunchalarni, mehnat resurslarini boshqarish usullari, korxonada
mehnatga haq to’lash shaklllari kabilarni asosiy tayanch so’z va iboralar hamda
masalalar, muammoli savollar orqali bilim va ko’nikmasini shakllantirishga
ko’maklashishdan iborat.
5.1. Mehnat resurslari va ularning tarkibi haqida tushuncha
Bozor
iqtisodiyoti sharoitida, erkin raqobat va aholining turmush
farovonligini ta'minlashda, zamonaviy korxonalarda boshqaruv faoliyatini samarali
tashkil qilishda xodimlarni samarali boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi eng avvalo iqtisodiy va ijtimoiy
taraqqiyotni ta'minlashni taqozo etadi. Bu vazifalarni hal etish uchun yurtimiz
o‘zining boy tabiiy resurslaridan, mineral manbalaridan hamda fan-texnika va inson
resurslaridan samarali foydalanishi zarur. Chunki jamiyatning eng oliy boyligi
bo‘lgan xalq qudratli salohiyatni o‘zida jamlagan. Bu salohiyatni yuzaga chiqarish
jamiyatimizni rivojlantirish va taraqqiy ettirishning juda kuchli omili bo‘lib xizmat
qiladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarning hozirgi
davrida ishlab chiqarish
omillaridan oqilona foydalanish muammosiga e'tibor kuchaya bormoqda. Shunday
omillar qatoriga insonda mujassamlashgan tuganmas qobiliyatlardan foydalanish va
bu qobiliyatlar orqali korxona va tashkilotlarda boshqaruv tizimlarini rivojlantirish
ahamiyatlidir.
“Hamma narsani kadrlar hal qiladi”
qoidasi iqtisodiy islohotlar amalga
oshirilayotgan hozirgi kunlarda ham o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q. Zamonaviy
korxonalar faoliyatida mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan tashqari kadrlar
ham katta ahamiyatiga ega. Aynan kadrlar ishlab chiqarishni boshqarib, joriy va
istiqboldagi rejalashtirishni amalga oshiradilar hamda ishlab chiqarish vositalarini
foydalanishga kiritadilar. Kadrlarning kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo’lsa,
89
korxonalarning iqtisodiy va ishlab chiqarish ko’rsatkichlari shunchalik yaxshi
bo’ladi.
Korxonaning
“mehnat resurslari”, “kadrlar”, “personal”
tushunchalarini,
garchi ular o’rtasida katta farq bo’lmasada va kadrlar salohiyatini shakllantirish va
ulardan foydalanishda bir xilda qo’llansada, ularni bir-biridan farqlash lozim.
Salohiyat (potensial)
tushunchasining o’zi lotin tilidan olingan bo’lib
(potentia), imkoniyat, kuch-quvvat, yashirish imkoniyat ma’nosini anglatadi. Lug’at
va qo’llanmalarda u mavjud
va harakatga keltirilishi, ma’lum bir maqsadlarga
erishish uchun foydalanish mumkin bo’lgan vosita, zahira, manba deb ko’rsatilgan.
Kadrlar salohiyati
- mehnat resurslarining umumiy soni va jinsi, yoshi,
ma’lumoti, kasbiy ko’nikmalari, korxonaning u yoki bu bo’g’inlarida va
jamoatchilik ishlab chiqarishida qatnashishi bilan ifodalanuvchi mehnat resurslari
yoki imkoniyatlarini ifodalaydi. Kadrlar salohiyati jamiyat
mehnat salohiyatining
tarkibiy qismidir.
Kadrlar korxonada mehnat bilan band bo’lgan hamda korxona shaxsiy
tarkibiga kiruvchi turli kasbiy
malakaviy guruhlardagi xodimlar majmuasidir.
Korxonaning mehnat resurslari uning ishchi kuchini tavsiflaydi.
Korxona personali
doimiy va yollanib ishlovchi, malakali va malakasiz
barcha xodimlardan iborat bo’lgan shaxsiy tarkibni izohlaydi.
Ishlab
chiqarishdagi asosiy
«shaxs»,
iqtisodiyot nazariyasida talqin
qilinishicha,
ishchi kuchi
- insonning mehnat qilishga jismoniy va aqliy qobiliyatlari
hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitlarida mehnat qobiliyati, ishchi kuchini
tovar holiga keltiradi. Biroq bu oddiy tovar emas. Uning boshqa tovarlardan farqi
shundaki, birinchidan, u o’z qiymatidan ortiq bo’lgan qiymat yaratadi, ikkinchidan,
uni jalb qilmasdan biron-bir ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish mumkin
emas, uchinchidan, asoiy fondlar va aylanma mablag’lardan samarali foydalanish
darajasi, xo’jalik yuritish iqtisodiyoti ko’p jihatdan unga bog’liq bo’ladi.
Korxonada kadrlar ishchi, xizmatchi, mutaxassis va rahbarlarga bo’linadi.
Rahbarlarga afzallikni berish lozim. Тadqiqotlar va
amaliyot tajribalari shuni
90
ko’rsatadiki, korxona faoliyatining samaradorligi 70-80 % ga korxona rahbariga
bog’liq bo’ladi.
Korxonalarda ishchi kuchi va umuman kadrlar salohiyatidan samarali
foydalanishga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: xodimlarning moddiy
manfaatdorligi, atrof-muhit, aqliy, jismoniy
va asablar kuchlanishi, boshqarish
usullari va hokazolar. Ayniqsa mehnat uchun ijtimoiy sharoitlar yaratish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Kadrlarning qo’nimsizlik koeffitsiyenti (K
q
) korxonadagi joriy davr
mobaynida ishdan ketgan va haydalgan xodimlar sonini (R
mk
) ro’yxat bo’yicha jami
xodimlarning o’rtacha soniga (R) bo’lish yo’li bilan aniqlanadi, ya’ni: