113
xom ashyoni tayyor mahsulot olguncha ketma-ket bosqichlarda qayta
ishlash;
ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanishga asoslangan holda mahsulot
tayyorlash;
xom ashyoni yoppasiga qayta ishlash.
Kombinatsiyalashning izohlangan shakllari ko’p hollarda har xil ishlab
chiqarishlarning
o’zaro
aloqadorligiga
asoslanadi.
Kombinatsiyalashgan
korxonalarda texnologik jarayonlar uzluksiz boradi, bir korxonaning mahsuloti
ko’pincha boshqa korxona yoki ishlab chiqarish uchun chala mahsulot, yoqilg’i yoki
xom ashyo sifatida foydalaniladi. Ishlab chiqarishni zamonaviy talablarga hamda
fan-texnika taraqqiyotining yo’nalishini e’tiborga olgan holda tashkil etish uning
samardorligin oshirishdagi sezilarli omildir.
Korxonada kombinatsiyalashning rivojlanish darajasini aniqlash uchun
quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
korxonalarda umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot hajmidan ishlab
chiqarishni kombinatsiyalash natijasida olingan mahsulot miqdori;
xom ashyo chiqindilardan ajratilgan foydali komponentlar darajasi va
xokazolar.
Korxonalarni kombinatsiyalashuvini xarakterlovchi ko’rsatkichlar:
Kombinatlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi;
Хodimlarning o’rtacha yillik soni;
Asosiy fondlarni o’rtacha yillik qiymati;
Kombinatlarning o’rtacha yillik soni;
Хom ashyo tarkibida foydali elementlarning ulushi, %.