Ikkinchi bo’lim. «Biznes-rejaning umumiy xulosasi, asosiy parametrlari va
ko’rsatkichlari» umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo’lib, biznes-rejaning asosiy g’oya
va mazmunining qisqacha ko’rinishidir. U rejani ishlab chiqish jarayonida yaratilib,
aniqlanadi va biznes-rejani tuzgandan keyin yakunlanadi.
Umumlashtiruvchi bo’limda quyidagilar taqdim etiladi: bosh maq-sadning
loyihasi (bitim); ishlab chiqariladigan mahsulot, tuzilayot-gan reja yakunining
qisqacha tavsifi va ularning bir-biridan farqi; qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’llari va
usullari; loyihani amalga oshirish muddatlari; uni amalga oshirish bilan bog’liq sarf-
xarajat-lar; kutilayotgan samara va natija; olingan foydani ishlatish sohasi.
Umumlashgan natijaning ko’rsatkichlari: umumiy yakunlovchi ko’rsatkichlar
(ishlab chiqarish hajmlari, mahsulotning sotilishi, xizmatlarning ko’rsatilishi;
sotishdan tushgan mablag’; shaxsiy va zayom sifatida olingan vositalar (samaradorlik);
maxsus ko’rsatkichlar (sotilayotgan tovar va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati, ularning
o’ziga xos xususiyati, iste’molchilarnint talabi va didini qoniqtirishi; qilingan
xarajatlarning qoplanishi; tavakkalning past darajali-ligi; rejalashtirilayotgan natijani
olish kafolati).
Uchinchi bo’lim. «Тadbirkorning iste’molchiga taqdim qilayotgan mahsulot,
tovar va xizmatlarning tavsifi» deb nomlanib, unda quyidagilar taqdim etiladi:
tadbirkor ishlab chiqargan mahsulotning ko’rsatkichlari yoki uning tavsifi: ta’rifi,
modeli, surati va boshqalar; ishbilarmon ishlab chiqargan tovar iste’molchilari va u
qoniqtirmoqchi bo’lgan iste’mollar (haridorning tovarni sotib olishga qodirligi haqida
bashorat; tovar sotib oluvchi hudud, aholi guruhi, tashkilotlar haqida ma’lumot;
tovarlarni ma’lum vaqt doirasida iste’mol qilishi haqida ma’lumot, tovarga bo’lgan
126
talabga ta’sir yetuvchi omillar); ishlab chiqarilgan tovarning sotish narxini bashorat
qilish.