• Beshinchi bo’lim.
  • Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh




    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet70/175
    Sana22.05.2024
    Hajmi4,58 Mb.
    #250503
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   175
    Bog'liq
    Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh

    Тo’rtinchi bo’lim.
    «Bozor kon’yunkturasi, talab va sotuv hajmi-ning tahlili» 
    bo’limida talabni o’rganish va narxlarni bashorat qilishning davomi bo’lib, bu 
    bo’limda ishlab chiqarishning hajmi va tovarning sotilishini vaqt mobaynida belgilab 
    beriladi. 
    Biznes-rejani tayyorlash jarayonida bozorning tadqiqoti, tahlili va baholanishi 
    bir tomondan, oldindan taxmin qilishga asoslan-sa, ikkinchi tomondan, bo’lajak 
    haridor yoki savdo tashkiloti bilan bo’lgan dastlabki bitimga tayanadi. 
    Loyihalarning o’lchami va muddatiga qarab, turli xil sharoitlar yuzaga keladi. 
    Kichik va qisqa muddatli loyihalar amalga oshiril-ganda mahsulot iste’molchilari 
    doirasini aniqlasa bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, sotuv hajmi haqida xulosa 
    chiqarishga imkon beradi. 
    Bozorga analitik baho berish bilan birga, biznes-reja bozorni marketing va 
    boshqa faoliyat turlari bilan jadallashtirish yo’lla-rini ham belgilab berishi lozim. 
    Ushbu bo’limni ishlab chiqishda boshqa ishbilarmonlar mavjudligini, 
    raqobatchilar borligini, ularning imkoniyati va qobiliyati, shuningdek, narx 
    siyosatini bilish lozim. Bundan tashqari, biznes-rejaga raqobatni hisobga olgan 
    holda tovarning sotilish hajmi kiritiladi. 
    Beshinchi bo’lim.
    «Harakat dasturi va tashkiliy chora-tadbirlar» bo’lib, bu 
    bo’limning mazmuni aksariyat hollarda tadbirkorlik turiga (ishlab chiqarish, tijorat, 
    moliya) bog’liq.
    Ishbilarmonlik harakat dasturi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
    a) marketing harakatlari (reklama, sotish bozorini aniqlash, iste’molchilar bilan 
    aloqa bog’lash, ularning talabini hisobga olish);
    b) mahsulotni ishlab chiqarish;
    c) tovarlarni sotib olish, saqlash, tashish, sotish (asosan, tijorat tadbirkorligiga 
    oid);
    d) tovarni sotish jarayonida va sotgandan keyin haridorga xizmat ko’rsatish. 


    127 
    Тashkiliy tadbirlar dasturiy harakatlarning uzviy qismi bo’lib, biznes-reja 
    bajarilishining boshqaruv uslubini; loyiha boshqaruvining tashkiliy tuzilmalarini; 
    ijro etuvchi harakatlarning muvofiqlashtirish uslubini qamrab oladi. Mehnat haqining 
    maxsus shaklini o’rnatish, rag’batlantirish, kadrlarni tanlab olish, ularni tayyorlash, 
    hisob, nazorat ishlari tashkiliy tadbirlarga kiradi. 

    Download 4,58 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   175




    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh

    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish