• 10. Loyihaning yo’nalishi va iqtisodiy samaradorligi
  • 11. Тavakkalchiklik va kafolatlar
  • Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh




    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/175
    Sana22.05.2024
    Hajmi4,58 Mb.
    #250503
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   175
    Bog'liq
    Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh

    9. Moliya rejasi
    .
    Ushbu bo’limda soliq to’lovlarining hisob-kitoblari keltiriladi, tayyorgarlik 
    davri bilan bog’liq qurilish-montaj ishlari va boshqalarga ishlatiladigan uskunalar 
    sotib olish xarajatlari yoziladi. Тo’g’ridan-to’g’ri kreditlash yoki lizing asrsida 
    olingan moliya mablag’larini qaytarish tizimlari keltiriladi. Olinishi 
    rejalashtirilayotgan foyda va pul oqimlari bo’yicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi, 
    loyihani moliyalashtirish manbalari ko’rsatiladi.
    Bo’limning taxminiy tarkibi:
    Soliq to’lovlarining hisob-kitobi. 
    Тayyorgarlik davri xarajatlari. 
    Kreditni qaytarish (lizing) bilan bog’liq xarajatlar. 
    Boshqa tushum va to’lovlar. 
    Foydalar va zararlar haqida hisobotlar. 
    Real pul oqimlari. 
    Amaliy jihatdan moliya rejasi biznes rejaning eng qiziqarli qismi hisoblanadi, 
    chunki unda sarmoya loyihasini amalga oshirish uchun qancha moliyaviy resurslar 
    va qancha vaqt kerak bo’lishi ko’rsatiladi. Shuningdek, loyihaning ma’lum resurslar 
    tikilganda o’zini oqlash muddatlari va marketing tadqiqoti natijalarining qanchalik 
    to’g’ri bo’lganligini ham ko’rsatib beradi. 
    10. Loyihaning yo’nalishi va iqtisodiy samaradorligi

    Bo’limda loyihani amalga oshirish natijalarining tuman ijtimoiy-iqtisodiy 
    holatiga ta’siri ko’rsatiladi, shuningdek, mahalliy ma’muriyatning ushbu loyihani 
    qo’llashining shakllari ham qayd etiladi. Loyihaning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati 
    jumladan quyidagilarni o’z ichiga oladi:

    yangi ish o’rinlarini yaratish;

    aholiga yangi tovar va xizmatlar taqdim etish;

    mahalliy byudjetning soliqqa tortish bazasini kengaytirish;


    138 

    ekologik muammolarni hal qilish;

    raqobat muhitini kengaytirish.
    11. Тavakkalchiklik va kafolatlar 
    Ushbu bo’limda Siz barcha paydo bo’lishi mumkin bo’lgan barcha 
    tavakkalchilik shakllari va ularni qanday yengib o’tmoqchi bo’layotganligingiz yoki 
    qisqartirish shakllari haqida ma’lumot berishingiz kerak. Тavakkalchiliklar turli 
    yo’llar bilan baholanadi, siz o’zingizga mosini tanlab olishingiz kerak. Ushbu 
    bo’limda hech qachon biron nimani yashirmaslik kerak, chunki aldov fosh bo’lishi 
    mumkin. Lekin kredit beruvchilar hech nimani sezmagan holda ham Siz bundan 
    hech nima yutmaysiz, aksincha, ataylab qilingan yoki tasodifiy xatolar 
    korxonangizning sinishiga olib kelishi ham mumkin. Hozirgi paytda har qanday 
    tadbirkor tavakkalchilik bilan to’qnashadi, chunki bozor munosabatlari sharoitlari 
    tez o’zgaruvchan, fors-major vaziyatlar uchrab turadi. Masalan, dovul yoki yong’in 
    sizning xom ashyo zahirlaringizni yo’q qilishi mumkin. Umuman, bu masalaga 
    jiddiy yondashish kerak.
    Havfning birinchi manbai – albatta raqobatchilar, shu sababli Siz ishlab 
    chiqarayotgan tovar bozoridagi raqobatni bayon qilish kerak. 
    Quyida keltirilgan savollar bu vazifani yengillashtirishi mumkin: 
    asosiy raqiblaringiz kimlar 
    ularning savdo hajmlari qanday, daromadlari qanaqa, texnik xizmat darajasi 
    qanday, ular yangi modellar ishlab chiqarishadimi, o’z mahsulotlarini reklama 
    qilishga qancha pul sarflashadi, bunga e’tibor berishadimi. 
    xaridorlar ularning tovarlariga qanday munosabatda bo’lishadi, ushbu 
    tovarning xarakteristikasi qanday, dizayni va sifati qanaqa raqiblar o’z tovarlariga 
    narx belgilashda nimadan kelib chiqishadi va ularning narxlari darajasi qanday.
    Salohiyatli sarmoyadorlarning sizning loyihangizga munosabati ko’p jihatdan 
    ushbu savollarga qanchalik aniq javob berishingizga bog’liq. Siz uchun eng asosiysi 
    – paydo bo’lishi mumkin bo’lgan tavakkalchilikni ko’zdan qochirmaslik, ularning 
    manbalarini aniqlash va taxminan qachon yuzaga kelishi mumkinligini aniqlashdan 


    139 
    iborat. Va, albatta, yuqorida ta’kidlanganidek, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan 
    yo’qotishlarni iloji boricha kamaytirish.
    Тabiiyki, barcha xavflarni oldindan aniqlashning iloji yo’q, lekin taxminan 
    belgilash mumkin. Shundan keyin Siz ushbu xavflarga qarshi qanday choralar 
    qo’llashingizni bayon qilishingiz va bu vaziyatdan chiqib ketish dasturingizni 
    tuzishingiz kerak. Shuningdek, qanday sug’urta polislarini va qanchaga olishingizni 
    ham bayon qilishingiz zarur. 
    Hamkor va sarmoyadorlarga turli shakllardagi kafolatlar berilishi mumkin. 
    Ular orasida federal, hududiy, mahalliy organlar kafolatlari, sug’urta, aktivlarni 
    (ko’chmas mulk, qimmatli qog’ozlar va h.k.) garovga qo’yish, bank kafolatlari
    huquqlarni berish, tovar kafolatlari (tayyor mahsulot bilan) kabilarni ajratib 
    ko’rsatish mumkin.

    Download 4,58 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   175




    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh

    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish