7. Ishlab chiqarish rejasi




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/175
Sana22.05.2024
Hajmi4,58 Mb.
#250503
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   175
Bog'liq
Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh

 


134 
7. Ishlab chiqarish rejasi.
Bo’limdagi ma’lumotlar sarmoyadorni mahsulotlarni (xizmatlar) yuqoridagi 
bo’limlarda keltirilgan sifat va hajmlarda tayyorlay olish mumkinligiga ishontirishi 
kerak. Shunindek, ushbu bo’limda korxona haqida umumiy ma’lumotlar, 
rejalashtirilayotgan sotuv hajmiga mos keladigan ishlab chiqarish harajatlarining 
hisob kitobi, mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan bevosita (o’zgaruvan) va 
bilvosita harajatlar, mahsulot qiymatining hisob kitobi, joriy ishlab chiqarish 
harajatlari smetasi kabilar ham keltiriladi.
Bo’limning taxminiy tarkibi: 
-
Korxona haqida umumiy ma’lumotlar; 
-
Korxona joylashgan joy tavsifi. Ko’p hollarda korxona joylashgan joy 
mavaffaqiyatga erishishdagi asosiy omillardan biri bo’lib chiqadi. Biznesning 
o’ziga xos tomonlaridan kelib chiqqan holda transport, injenerlik tarmoqlari 
(elektr quvvati, suv, issiqlik, kanalizatsiya, aloqa va boshqa.), resurslar, 
shuningdek, sotuv bozorlariga yaqinlik kabilar ham ko’rsatiladi;
-
Foydalanilayotgan texnologiya va bajaruvchilarning malakasi; 
-
Zarur maydonlar; 
-
Kadrlar bilan ta’minlash. Har qanday ishda, ayniqsa, biznesda “kadrlar hamma 
narsani hal qiladi”, degan prinsip haqiqatga juda yaqin. Qoidaga ko’ra, pullar 
loyihaning o’ziga emas, uni amalga oshiradigan jamoaga beriladi. Shu sababli 
asosiy o’rinlar shaxsan ko’rsatilgani maqsadga muvofiq; 
-
Ishlab chiqarishning ekologiya, atrof muhit va ishlovchilarning havfsizligi 
talablariga javob berishi. Loyihadagi ushbu masalalarning to’g’ri ishlab 
chiqilmaganligi jarima xarajatlarini keltirib chiqarishi va ishlab chiqarishning 
yopib qo’yilishiga olib kelishi mumkin;
-
Ishlab chiqarish hajmi;
-
Hodimlarga ketadigan xarajatlar: Boshqaruv xodimlariga ketadigan xarajatlar 
(direktor, bosh muhandis, ishlab chiqarish boshlig’i, buxgalter, reja bo’limi va 
hokazo), ishlab chiqarish hodimlariga ketadigan xarajatlar (konstruktorlar, 


135 
texnologlar, ta’mirchi ishchilar va hokazo),boshqa xodimlarga ketadigan 
xarajatlar (sotuv bilan shug’ullanuvchilar, omborchilar, qo’riqlash xizmati); 
-
Хom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarga ketadigan xarajatlar: hisob-kitob 
har bir mahsulot yoki xizmat turi bo’yicha amalga oshiriladi;
-
Joriy xarajatlar smetasi: ushbu bo’limda mahsulot yoki xizmatni ishlab 
chiqarishga ketadigan joriy xarajatlar keltiriladi. Ishlab chiqarish xarajatlari yoki 
boshqacha aytganda, to’g’ridan-to’g’ri (o’zgaruvchan, ya’ni ishlab chiqarish 
hajmlariga mos ravishda) va umumiy (doimiy, ya’ni ishlab chiqarish xajmlari 
o’zgarishiga bog’liq emas) xarajatlarga bo’linadi;
-
O’zgaruvchan xarajatlarni hisoblash: 
-
Хom ashyo va materiallar, butlovchi qismlarga ketadigan xarajatlar;
-
Ishlab chiqarish xodimlariga ketadigan xarajatlar; 
-
Yoqilg’i, elektr quvvatiga ketadigan xarajatlar (ba’zi hollarda);
-
Doimiy xarajatlarning hisob-kitobi;
-
Ishlab chiqarish xarajatlari (ijara, uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat 
ko’rsatish, ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan yoqilg’i va energiya 
xarajatlari va hokazo); 
-
Savdo chiqimlari (reklama, mahsulotni ilgari surish bo’yicha tadbirlar, uni 
sotish, o’tkazish xarajatlari);
-
Ma’muriy xarajatlar (ma’muriy hodimlarning mehnat haqi, kommunal 
xizmatlar, aloqa xizmatlari, xizmat safari xarajatlari va hokazo).

Download 4,58 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   175




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish